TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
Technologies⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Recent posts
Tag: #sony · 5 posts
Posted Apr 27
📱📱Xperia qaytmoqda! 📱 Insayderlar yangi Sony Xperia 1 VIII smartfonining renderlarini e’lon qildi. Ular CAD fayllar asosida tayyorlangan, ya’ni dizayn deyarli aniq. 📸 Eng katta o‘zgarish — kamera blokida: endi u kvadrat shaklga o‘tadi. Bu esa ichiga kattaroq teleobyektiv sensori joylashishi bilan izohlanmoqda. ℹ️ Smartfon dizaynida yana bir tanish jihat saqlanib qoladi — ekran yuqori va pastida qalin ramkalar qoladi, bu Xperia’ning o‘ziga xos uslubi hisoblanadi. 📅 Yangi modelni may oyida rasman taqdim etish rejalashtirilgan. ➡️#sony#xperia | Birinchi IT-Blog
Posted Sep 12
📱📱 tirik! U oʻrta byudjetli Xperia 10 VII smartfonini taqdim etdi ℹ️ Yangi model Google Pixel yoki iPhone Air’ni eslatuvchi zamonaviy dizaynga ega. 📸 Korpusida alohida kamera tugmasi mavjud, old tomonida esa stereo dinamiklar joylashgan. 🔋 Ishlab chiqaruvchining aytishicha, smartfon bir marta zaryad bilan ikki kungacha ishlashi mumkin. 💾 Shuningdek, 3,5 mm quloqchin ulagichi va 2 TB gacha boʻlgan microSD-kartalarni qoʻllab-quvvatlaydi. ⚙️ Asosiy xususiyatlari: • Displey: 6,1" 2340×1080 OLED, 120 Hz • Chipset: Snapdragon 6 Gen 3 • Kameralar: 50 MP + 13 MP keng burchak + 8 MP selfi • Xotira: 8+128 GB • Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6e, Bluetooth 5.4 • Namlikdan himoya: IP68 • Batareya va zaryadlash: 5000 mA·soat 💵 Narxi: 450 yevrodan boshlab. ➡️#sony | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Aug 2
🎮 PlayStation 6 va portativ PS6 Canis konsollari haqida taxminiy xususiyatlar paydo bo'ldi 🎮PlayStation 6: - Protsessor: AMD Ryzen Zen 6, 8 yadro, 3 nm texnologiya - Grafik chip: RDNA 5 arxitekturasi asosidagi 40–48 hisoblash bloklari, chastotasi 3 GHz yoki undan yuqori (30+ TFLOPS) - Operativ xotira: GDDR7 - Energiya sarfi: 160 W - PS5 va PS4 o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlaydi - Chiqarilishi: 2027-yil oxiri yoki 2028-yil boshida - Narx: PS5 Pro’dan arzonroq, ammo ikki baravar qudratli bo‘lishi aytilmoqda 🎮 Portativ PS6 Canis: - Protsessor: AMD Ryzen Zen 6c, 4 yadro, 3 nm - Grafik chip: RDNA 5 arxitekturasi asosidagi 12–20 hisoblash bloklari, 2 GHz gacha - Operativ xotira: GDDR5X - Energiya sarfi: 15 W - PS5 va PS4 o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlaydi 📱 Bu ma’lumotlar YouTube’dagi Moore's Law Is Dead kanalidagi video orqali oshkor qilingan va hali rasmiy tasdiqlanmagan. ➡️#sony#ps | Birinchi raqamli IT-Blog
Posted May 30
📱📱 nihoyat o‘zining smartfon ishlab chiqarishini to‘xtatdi. 🇯🇵 Yaponiya nashri SumahoDigest xabariga ko‘ra, Sony rasmiy saytida endilikda kompaniya o‘z zavodlarida ishlab chiqaradigan mahsulotlar ro‘yxatidan “smartfonlar” bo‘limini butunlay olib tashlangan. ⚠️ Ammo bu Sony bozorni tark etmoqda degani emas. Shunchaki, endi barcha Xperia modellari (shu jumladan flagmanlar ham) uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadi. Bu kompaniyalar ilgari o‘rta narx toifasidagi Sony smartfonlarini ishlab chiqargan edi. 🎨 Sony esa endi faqat qurilmalar dizayni va texnik tavsifi uchun javobgar bo‘ladi. ➡️#sony | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted May 10
📱📱 Xperia 1 VII: yangi flagman, kuchli kamera va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash ℹ️ Sony kompaniyasi 2025-yil 15-may kuni Xperia 1 VII smartfonini taqdim etadi. Rasmiy taqdimotdan oldin, marketing materiallari va rasmiy renderlar internetga sizib chiqdi. Ushbu yangi model avvalgi Xperia 1 VI dizaynini saqlab qolgan bo‘lsa-da, texnik jihatdan sezilarli yangilanishlarga ega. 📸 Kamera tizimi - Asosiy kamera: 48 MP, optik tasvir barqarorlashtirish (OIS) bilan. - Ultra keng burchakli kamera: 12 MP, avvalgi modelga nisbatan 2,1 baravar katta sensor bilan. - Periskop telefoto kamera: 12 MP, 70–200 mm optik zum bilan. 🔓 Sony Alpha kameralaridan ilhomlangan ushbu tizim, "Lock Focus" va "Autoframing" kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, makro rejimda yuqori sifatli suratga olish imkoniyati mavjud. 🔧 Texnik xususiyatlar - Protsessor: Snapdragon 8 Elite. - Operativ xotira: 12 yoki 16 GB. - Ichki xotira: 256 yoki 512 GB. - Displey: 6,5 dyuymli OLED, 4K pikselli, 120 Hz yangilanish tezligi bilan. - Batareya: 5 000 mAh, 30 W tez zaryadlash va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. - Audio: Hi-Res Audio, LDAC, DSEE Ultimate, old tomonlama stereo dinamiklar. - Boshqa: 3,5 mm audio jack, microSD slot, yon tomonda barmoq izi skaneri va kamera tugmasi. 💰 Xperia 1 VII'ning boshlang‘ich narxi taxminan $1,399 bo‘lishi kutilmoqda. Avval Yevropada iyul oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 👉#sony | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags