#Nazorat
⚡️ Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida firibgarlar guruhi ishlayotgan "kiberbunker" fosh etildi(video)
Poytaxtning Chilonzor tumanida tashkil etilgan firibgarlar call-markazi – “kiberbunker”da 16 nafar operator faoliyat yuritib, internetda soxta onlayn do‘konlar tashkil qilganlar va yuzlab fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Agar Siz yoki yaqinlaringiz “Alhikma Ilm”, “Aksiya Tech Shoop” yoki “Grandbook” MCHJ faoliyati bilan bog‘liq firibgarlik holatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent viloyati IIBBning +998717622135. +998717622024 raqamlari orqali murojaat qilishingiz so‘raymiz. Davomi
Batafsil👉https://IIBB/Dolzar7
| Telegram | Youtube | Сайт | Instagram |
#Nazorat
⚡️ Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida firibgarlar guruhi ishlayotgan "kiberbunker" fosh etildi
Poytaxtning Chilonzor tumanida tashkil etilgan firibgarlar call-markazi – “kiberbunker”da 16 nafar operator faoliyat yuritib, internetda soxta onlayn do‘konlar tashkil qilganlar va yuzlab fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Agar Siz yoki yaqinlaringiz “Alhikma Ilm”, “Aksiya Tech Shoop” yoki “Grandbook” MCHJ faoliyati bilan bog‘liq firibgarlik holatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent viloyati IIBBning +998717622135. +998717622024 raqamlari orqali murojaat qilishingiz so‘raymiz.
#nazorat
Elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelgan korxonaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi
O‘zenergoinspeksiya tomonidan Navoiy viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Navbahor tumanida joylashgan “N. A.” MChJning elektr qurilmalarida reaktiv quvvatni kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
1️⃣Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasiga ko‘ra,28,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiyaqo‘llanildi.
Telegram |Instagram|Facebook |Youtube
#nazorat
Elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelgan korxonaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi
O‘zenergoinspeksiya tomonidan Surxondaryo viloyati oʻtkazilgan nazorat tadbirida “D. M.” xususiy korxonasining elektr qurilmalarida reaktiv quvvatni kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasiga ko‘ra,iqtisodiy sanksiyaqo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish – isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Telegram |Instagram|Facebook |Youtube
#nazorat
Elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelgan korxonaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi
O‘zenergoinspeksiya tomonidan Navoiy viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Navbahor tumanida joylashgan “N. A.” MChJning elektr qurilmalarida reaktiv quvvatni kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
1️⃣Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasiga ko‘ra,28,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiyaqo‘llanildi.
Telegram |Instagram|Facebook |Youtube
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
✅Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Urganch tumani “Oq ariklar” mahallasida barpo qilinayotgan “Al-Xorazmiy” massivida buyurtmachi “Urganch ta`mirlash” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan 5 qavatli koʻp xonadonli turar-joy binosi qurilishida amalga oshirilayotgan qurilish montaj ishlari sifati, tasdiqlangan ishchi loyiha talablariga rioya qilinishi borasida o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchilik va nuqsonlar yuzasidan hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko‘satmalar berildi. Shuningdek binoning yerto‘la qismiga tushish zinapoyalari tasdiqlangan loyiha asosida bajarilmaganligi uchun demontaj qilish ishlari olib borildi.
#Nazorat
🕊 Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
#Ekopartiya
#Sariosiyo_tumani
#Nazorat
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – deputatlar nazoratida
Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasi Sariosiyo tuaman Kengashi raisi T. Mamadaminova va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan saxovat, shukronalik ramzi bo‘lgan muborak Ramazon oyi munosabati bilan ichki bozorlarda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy mahsulotlar narxlarini nazoratdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Sariosiyo tumani dehqon (oziq-ovqat) bozori hududini obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi hamda tuman markazida manzilli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Alisher Navoiy mahallasida yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.
#jarayon#nazorat
Bosh prokuror o‘rinbosari S. Samadov, “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi M. Xodjayev hamda boshqa mas’ul mutasaddilardan iborat ishchi guruh Namangan shahrining “Ravnaq” mahallasida qish mavsumiga shaylik holatini o‘rgandi.
Ishchi guruh a’zolari 34-umumta’lim maktabi hamda bir qator xonadonlarda bo‘lib, isitish tizimlarining texnik holati, issiqlik ta’minotidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan profilaktik choralarning amaliy ijrosini o‘rgandi.
Mutasaddilar tomonidan maktab binosi va xonadonlarda qo‘llanilayotgan isitish qurilmalarining holati, ularning xavfsiz ishlashi hamda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish darajasi ko‘rib chiqildi. Aholi bilan suhbatlar davomida tabiiy gazdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, qishda uzluksiz ta’minotni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar berildi.
O‘rganishlar chog‘ida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
💬Facebook |
👉Telegram |
▶️YouTube |
📷Instagram |📱X |
🌐hududgaz.uz
#nazorat tadbiri
#o'rganish
🏛 Madaniy meros — kelajak asosi: Olmaliq shahar “O‘lkashunoslik” muzeyi faoliyati o‘rganildi
Tariximizni o‘rganish va ajdodlarimizdan qolgan nodir osori-atiqalarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Ermatovna Qosimova hamda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova bilan shahrimizdagi “O‘lkashunoslik” muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Muzey binosining bugungi holati va eksponatlar uchun yaratilgan sharoitlar;
✅ Tarixiy buyumlar va nodir osori-atiqalarni saqlash tartibi hamda xavfsizligi;
✅ Muzey fondini boyitish va yosh avlodni tariximizga qiziqtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
Deputat Q. Qosimova muzeydagi har bir eksponat xalqimizning boy o‘tmishidan so‘zlashini ta’kidlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni o‘z zimmasiga oldi. Xususan, muzeyning moddiy-texnik holatini yaxshilash, eksponatlarni saqlash sharoitlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va ularni tegishli tartibda o‘rganib chiqishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib belgiladi.
"Muzey — bu shunchaki bino emas, balki tariximizning tirik sahifasidir. Bu yerdagi har bir buyumni munosib saqlash va targ‘ib qilish madaniy strategiyamizning muhim qismidir," — deb ta’kidladi deputat.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha muzey faoliyatini takomillashtirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Bizni kuzatishda davom eting
✅Telegram| ✅Facebook
#NAVOIY_VILOYATI
#NAZORAT
⚡Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi asfalt-beton ishlab chiqarish zavodlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🗺O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, xomashyo sifati hamda tayyor mahsulotning laboratoriya nazorati holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, zavodlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ham ko‘zdan kechirildi.
Ishchi-xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda kelgusida ishlab chiqariladigan asfalt-beton mahsulotlarining sifatini qat’iy nazorat qilish, qurilayotgan va ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘llarining belgilangan standart va texnik talablarga to‘liq javob berishini ta’minlash hamda yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishiga erishish zarurligi alohida ta’kidlandi.
✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐Website |▪️Instagram
#Transport#Qadaǵalaw#Nókis
️ Nókis qalasındaǵı avtobuslarda tosıqsız ortalıq úyrenildi!
️Ózbekstan Mayıplar associaciyası Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq bólimi, Sociallıq inspekciyanıń Qaraqalpaqstan Respublikası basqarması hám Transport qadaǵalaw inspekciyası Avtomobil hám suw transportında qadaǵalaw Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq inspektorları qatnasıwında Nókis qalasında gezektegi reyd ilajları ótkerildi.
➤ Monitoring dawamında 24A-sanlı "Arqa - Batıs avtovokzal - Bereketli jel kóshesi" hám 7A-sanlı "Nókis qalalıq sawda kompleksi - Arqa - Batıs avtovokzal" avtobus jónelisleri qamtıp alındı:
Úyreniw dawamında ayırım aydawshılardıń mayıplıǵı bolǵan jolawshılarǵa itibarsızlıǵı, toqtaw belgilerine itibar bermewi hám mayıplıq arbasınan paydalanıwshı jolawshılarǵa panduslardı túsirip beriw boyınsha kónlikpeleri jetispeytuǵını baqlandı.
Jámietlik avtobuslarda málimleme monitorlarınıń sazlıǵı, aydawshılardıń bándirgi qaǵıydalarına ámel etiwi hám jolawshılarǵa kórsetilgen ámeliy járdem jaǵdayları unamlı bahalandı.Anıqlanǵan hár bir jaǵday boyınsha aydawshılar menen profilaktikalıq sáwbet ótkerildi.
——————————-
#Transport#Nazorat#Nukus
Nukus shahridagi avtobuslarda to‘siqsiz muhit o‘rganildi!
O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi, Ijtimoiy inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspektorlari ishtirokida Nukus shahrida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
➤ Monitoring davomida 24A-sonli "Shimol - G‘arb avtovokzal - Barakatli yel ko‘chasi" va 7A-sonli "Nukus shahar savdo majmuasi - Shimoliy - G‘arb avtovokzal" avtobus yo‘nalishlari qamrab olindi:
O‘rganish davomida ayrim haydovchilarning nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga e’tiborsizligi, to‘xtash belgilariga e’tibor bermasligi va nogironlik aravachasidan foydalanuvchi yo‘lovchilarga panduslarni tushirib berish bo‘yicha ko‘nikmalari yetishmasligi kuzatildi.
Jamoat avtobuslarida axborot monitorlarining sozligi, haydovchilarning bekat qoidalariga rioya qilishi va yo‘lovchilarga ko‘rsatilgan amaliy yordam holatlari ijobiy baholandi.Aniqlangan har bir holat bo‘yicha haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
#Yogingarchilik
#SuvToshishiningOldiniOlish
#TezkorChoralar
#TumanHokimligi
#Nazorat
#Obodonlashtirish
#Xavfsizlik
🌧 So‘nggi kunlarda shahrimizda kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar tufayli ko‘chalar va avtomobil yo‘llarida suv to‘planish holatlarining oldini olish maqsadida tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman hokimi o‘rinbosari K. Hamrayev tomonidan hududdagi yo‘llar holati o‘rganilib, suv toshishining oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan nazorat ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddi xizmatlar tomonidan suv oqimini ta’minlash, drenaj tizimlarini tozalash va zarur texnikalar jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi