HUDUDLARDA ICHIMLIK SUVI TIZIMI BO'YICHA NAZORAT TADBIRLARI
📍Xonqa tumanida Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inshpeksiyasi tashabbusi bilan mas`ul tashkilotlar hamkorligida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarni oldini olish maqsadida reyd tadbiri o‘tkazildi.
#Reyd_2026
🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook
Bir mahallada 30tadan ortiq noqoqnuniy qurilishlar aniqlandi
📍Qo‘shko‘pir tumanida qurilish sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, aholining ko’p qavatli uylarda yashash muhitini tartibga solish maqsadida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir Qo‘shko‘pir tumani “Chamanzor” mahallasi “Sh. Rashidov” ko‘chasida joylashgan 5-, 6-, 7- va 8-sonli ko‘p kvartirali turar joy binolarini qamrab oldi.
👮 Reyd davomida ushbu ko‘p kvartirali uylarga tutash bo‘lgan yer uchastkalarida olib borilgan qurilish ishlari o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida 30 tadan ortiq tutash yer uchastkalarida mulkdorlar tomonidan tegishli ruxsatnoma va tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz noqonuniy qurilmalar barpo etilganligi aniqlandi. Ushbu holatlar amaldagi shaharsozlik va yer qonunchiligi talablariga zid.
❕ Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan mulkdorlarga belgilangan tartibda majburiy ko‘rsatmalar berilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda hududni avvalgi holatga keltirish talabi qo‘yildi. Mazkur ko‘rsatmalarning belgilangan muddatlarda bajarilishi Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
#Reyd_2026#Uy_joy
🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook
20 ta holatda toʻsiq konstruksiyalar buzilgan, yertoʻlalarning sanitariya holatini yaxshilash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan
👮♀️ Bilamiz-ki, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Koʻp qavatli uylarni saqlash va boshqarish yoʻnalishida ham davlat nazorati olib boriladi.
✔️Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Urganch shahri markazida joylashgan koʻp xonadonli uylarning texnik xolatini oʻrganish yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Dastlabki organishlarda “Koʻhna-qalʻa” mahallasi “P.Maxmud” koʻchasida joylashgan 38, 40, 42-koʻp qavatli uylarning 1-qavatida joylashgan xonadonlarning texnik holatini Oʻrganish natijasida, xonadon mulkdorlari tomonidan tutash yer uchastkasiga 20 ta qurilmalar qurib olinib, toʻsiq konstruksiyalar buzilganligi aniqlandi. Mulkdorlarga bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi.
✍️Qolaversa shahar hududida joylashgan boshqaruv servis kompaniyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ham oʻrganildi. “Xorazm shinam uylar” BSK xizmat ko‘rsatuvchi “Baxtli oila” koʻchasida joylashgan 18/1, 18/2, 18/3-uylarning kirish yoʻlaklari, elektroshitlar, lift uskunalari va yertoʻlalarning sanitariya holatlarini yaxshilash bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar ijrosi ko‘zdan kechirildi. 18/1-uyning yertoʻla qismidagi qattiq maishiy chiqindilarni tozalab, sanitariya holatini yaxsilash bo‘yicha majburiy koʻrsatma berildi.
🌡️Shuningdek “Xorazm issiqlik ta’minoti” MCHJ faoliyati ham o‘rganildi.
#Reyd_2026#Uy_joy
😎Telegram😎Instagram▶️Youtube

🔘Noqonuniy qurilmalarga chora ko‘riladi
🌆 Ko‘p qavatli uylarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish shunchaki qonun buzilishi emas, balki, shu uyda yashovchilarning hayotiga xavf ham tug‘diradi. Umumiy foydalanish qismidagi qurilmalar esa mulkdorlar huquqiga tahdid deyish mumkin.
✔️ Shu sababdan, joriy yil boshidan Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi rahbari tomonidan alohida dastur tasdiqlanib, viloyat hududidagi ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash hamda qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha reyd tadbirlari boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida: O‘tgan 2025-yilda viloyat hududida ko’p qavatli uylar va ularga tutash hududga noqoqnuniy qurilmalar qurish bo‘yicha 324 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, ularning barchasiga bartaraf etish yuzasidan majburiy yozma koʻrsatmalar berilgan. 119 ta holatda huquqbuzarliklar ixtiyoriy bartaraf etilib, 155 ta holat boʻyicha sudlarga daʼvo arizalar kiritilgan.
#Reyd_2026#Uy_joy
🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram
Xonqadagi reydda buyurtmachi tashkilotning texnik, loyiha tashkilotining mualliflik hamda pudratchi tashkilotning ichki nazoratchilariga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko’rsatmalar berildi
✔️ Xonqa tuman tibbiyot birlashmasini kompleks qayta qurish obyektidagi reyd tadbiri davomida kamchiliklar, nuqsonlar va loyiha talabi buzilishlari aniqlandi. Ya’ni o’z vaqtida joyida yozilishi majburiy bo’lgan yopiq ishlar dalolatnomalari va ijro texnik hujjatlari to’liq yuritilmagan. Texnika xavfsizligi yuzasidan lift shaxtasi hamda evakuatsion tizim tashqi eshiklari vaqtinchalik himoya to’siq bilan ta’minlanmagan. Qurilish obyekti 1-blok, 3-4 qavatlarida o’rnatilishi kerak bo'lgan deraza joyi o’lchamlari loyiha talabi bo’yicha barailmaganligi aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishliligicha qurilish nazoratchilariga yozma ko’rsatmalar berilib, joyida buzdirish ishlari bajarildi. Yuqridagilardan tashqari qurilish obyekti 3 blok 2 -qavat yo’laklaridan xonaga kirish qismi eshik usti to’sinlari loyiha boyicha quyma temir-betondan ko’rsatilgan bo’lsada, amalda metall konstruksiyadan bajarilgan. Bu bo’yicha buyurtmachi tashkilotning texnik nazoratchisi, loyiha tashkilotining mualliflik nazoratchisi hamda pudratchi tashkilotning ichki nazoratchilariga bartaraf qilish yuzasidan yozma ko’rsatmalar berildi!
#Qurilish_montaj#Reyd_2026
🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram
QURILISH OBYEKTLARIDA NAZORAT TADBIRLARI
👮♀️Qurilish jarayonidagi davlat nazorati -bu shunchaki oddiy jarayon emas. Bunda xodimlarning xavfsizligi, obyektning sifatli qurilishi, qurilish matertiallarining belgilangan talablar asosida ishlab chiqarilishigacha eʻtibor qaratiladi. Ushbu yoʻnalishda davlat nazoratini yanada kuchaytirish, kamchiliklarning oldini olish borasida Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
#Reyd_2026#Qurilish_montaj#Xonqa
🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram
Xivada ichimlik suvi tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holatlari aniqlandi
💧Ichimlik va oqava suv tarmoqlarri yo’nalishidagi reyd tadbirlari davomida, Xiva shahar “Gulshan 2” mahallasida aholining ichimlik suvidan toʻgʻri va oqilona foydalanish holatlari oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida 2 nafar istemolchi tomonidan markaziy ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanib, shartnoma tuzmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichimlik suvidan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
✔️ Holat yuzasidan shu yerning o‘zida ququqbuzarlarga nisbatan MJTKning 163-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
#Reyd_2026#Ichimlik_suvi#Oqava_suv
😎Telegram😎Instagram▶️Youtube