TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Аниме,Музыка, Аниме эдиты

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @StickerEdit · Post #5721 · Apr 29

Аниме: #БлюЛок Тип: #Авы

Results

9 similar posts found

Search: #uy_joy

当前筛选 #uy_joy清除筛选

Bir mahallada 30tadan ortiq noqoqnuniy qurilishlar aniqlandi 📍Qo‘shko‘pir tumanida qurilish sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, aholining ko’p qavatli uylarda yashash muhitini tartibga solish maqsadida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir Qo‘shko‘pir tumani “Chamanzor” mahallasi “Sh. Rashidov” ko‘chasida joylashgan 5-, 6-, 7- va 8-sonli ko‘p kvartirali turar joy binolarini qamrab oldi. 👮 Reyd davomida ushbu ko‘p kvartirali uylarga tutash bo‘lgan yer uchastkalarida olib borilgan qurilish ishlari o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida 30 tadan ortiq tutash yer uchastkalarida mulkdorlar tomonidan tegishli ruxsatnoma va tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz noqonuniy qurilmalar barpo etilganligi aniqlandi. Ushbu holatlar amaldagi shaharsozlik va yer qonunchiligi talablariga zid. ❕ Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan mulkdorlarga belgilangan tartibda majburiy ko‘rsatmalar berilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda hududni avvalgi holatga keltirish talabi qo‘yildi. Mazkur ko‘rsatmalarning belgilangan muddatlarda bajarilishi Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi. #Reyd_2026#Uy_joy 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook

20 ta holatda toʻsiq konstruksiyalar buzilgan, yertoʻlalarning sanitariya holatini yaxshilash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan 👮‍♀️ Bilamiz-ki, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Koʻp qavatli uylarni saqlash va boshqarish yoʻnalishida ham davlat nazorati olib boriladi. ✔️Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Urganch shahri markazida joylashgan koʻp xonadonli uylarning texnik xolatini oʻrganish yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Dastlabki organishlarda “Koʻhna-qalʻa” mahallasi “P.Maxmud” koʻchasida joylashgan 38, 40, 42-koʻp qavatli uylarning 1-qavatida joylashgan xonadonlarning texnik holatini Oʻrganish natijasida, xonadon mulkdorlari tomonidan tutash yer uchastkasiga 20 ta qurilmalar qurib olinib, toʻsiq konstruksiyalar buzilganligi aniqlandi. Mulkdorlarga bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi. ✍️Qolaversa shahar hududida joylashgan boshqaruv servis kompaniyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ham oʻrganildi. “Xorazm shinam uylar” BSK xizmat ko‘rsatuvchi “Baxtli oila” koʻchasida joylashgan 18/1, 18/2, 18/3-uylarning kirish yoʻlaklari, elektroshitlar, lift uskunalari va yertoʻlalarning sanitariya holatlarini yaxshilash bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar ijrosi ko‘zdan kechirildi. 18/1-uyning yertoʻla qismidagi qattiq maishiy chiqindilarni tozalab, sanitariya holatini yaxsilash bo‘yicha majburiy koʻrsatma berildi. 🌡️Shuningdek “Xorazm issiqlik ta’minoti” MCHJ faoliyati ham o‘rganildi. #Reyd_2026#Uy_joy 😎Telegram😎Instagram▶️Youtube

20 ta holatda toʻsiq konstruksiyalar buzilgan, yertoʻlalarning sanitariya holatini yaxshilash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan 👮‍♀️ Bilamiz-ki, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Koʻp qavatli uylarni saqlash va boshqarish yoʻnalishida ham davlat nazorati olib boriladi. ✔️Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Urganch shahri markazida joylashgan koʻp xonadonli uylarning texnik xolatini oʻrganish yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Dastlabki organishlarda “Koʻhna-qalʻa” mahallasi “P.Maxmud” koʻchasida joylashgan 38, 40, 42-koʻp qavatli uylarning 1-qavatida joylashgan xonadonlarning texnik holatini Oʻrganish natijasida, xonadon mulkdorlari tomonidan tutash yer uchastkasiga 20 ta qurilmalar qurib olinib, toʻsiq konstruksiyalar buzilganligi aniqlandi. Mulkdorlarga bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi. ✍️Qolaversa shahar hududida joylashgan boshqaruv servis kompaniyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ham oʻrganildi. “Xorazm shinam uylar” BSK xizmat ko‘rsatuvchi “Baxtli oila” koʻchasida joylashgan 18/1, 18/2, 18/3-uylarning kirish yoʻlaklari, elektroshitlar, lift uskunalari va yertoʻlalarning sanitariya holatlarini yaxshilash bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar ijrosi ko‘zdan kechirildi. 18/1-uyning yertoʻla qismidagi qattiq maishiy chiqindilarni tozalab, sanitariya holatini yaxsilash bo‘yicha majburiy koʻrsatma berildi. 🌡️Shuningdek “Xorazm issiqlik ta’minoti” MCHJ faoliyati ham o‘rganildi. #Reyd_2026#Uy_joy 😎Telegram😎Instagram▶️Youtube

🔘Noqonuniy qurilmalarga chora ko‘riladi 🌆 Ko‘p qavatli uylarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish shunchaki qonun buzilishi emas, balki, shu uyda yashovchilarning hayotiga xavf ham tug‘diradi. Umumiy foydalanish qismidagi qurilmalar esa mulkdorlar huquqiga tahdid deyish mumkin. ✔️ Shu sababdan, joriy yil boshidan Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi rahbari tomonidan alohida dastur tasdiqlanib, viloyat hududidagi ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash hamda qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha reyd tadbirlari boshlandi. Ma’lumot o‘rnida: O‘tgan 2025-yilda viloyat hududida ko’p qavatli uylar va ularga tutash hududga noqoqnuniy qurilmalar qurish bo‘yicha 324 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, ularning barchasiga bartaraf etish yuzasidan majburiy yozma koʻrsatmalar berilgan. 119 ta holatda huquqbuzarliklar ixtiyoriy bartaraf etilib, 155 ta holat boʻyicha sudlarga daʼvo arizalar kiritilgan. #Reyd_2026#Uy_joy 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram

Tungi reyd - Mavsumga tayyorgarlikning kamchiliklarini bartaraf qilishga xizmat qiladi 👔Bugungi kunda Xorazm viloyatida 40ta BSK faoliyat yuritmoqda. Boshqarish kompaniyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi, 24/7 rejimdagi dispetcherlik faoliyatini o’rganish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. 📍 Bu galgi o’rganishlar Urganch shahridagi “Mirzobek komfort” va "Urganch Hamid Anabibi" BSKlarida o’tkazildi. Bunda “Toza bog'” mahallasi “Obodlik” koʻchasida joylashgan 4 qavatli 30-27-sonli koʻp kvartirali uyning tutash hududlarida hamda yer toʻla qismi sanitariya talablariga javob bermasligi, kirish yoʻlaklarida elektr yoritkich chiroqlari ishlamayotganligi, elektr taqsimlovchi shitlar ochiq va qarovsiz holatga tashlab qoʻyilganligi aniqlandi. “Gurlan” koʻchasida joylashgan 4 qavatli 31-sonli koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismi ham sanitariya talablariga javob bermasligi, kirish yoʻlaklarida elektr yoritkich chiroqlari ishlamayotganligi elektr taqsimlovchi shitlar ochiq va qarovsiz holatga tashlab qoʻyilganligi kuzatildi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan “Mirzobek komfort” va "Urganch Hamid Anabibi" BSK rahbarlariga nisbatan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha koʻrsatmalar berildi. #Tungi_reyd_2026#Uy_joy 😎Telegram😎Instagram▶️Youtube

Tuproqqal’a tumani: Ko‘p qavatli uyning yer to‘la qismida yonuvchan va portlash xavfi mavjud modda va materiallar saqlanayotganligi aniqlandi 👮‍♀️ Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan Tuproqqal’a tumanidagi “Obod” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Obod city” BSKning faoliyati o‘rganildi. 46 tadan ortiq uylarga xizmat ko‘rsatayotgan BSKning moddiy-texnik bazasi yetarli darajada tashkil etilmagan. Ayrim uylarga kirish yoʻlaklarida obodonlashtirish ishlari bajarilmagan va bolalar maydonchalari ham ta’mirtalab holatda. Monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv servis kompaniyasi va mulkdorlarga tegishli majburiy ko‘rsatmalar berildi. ❌O'rganish tadbirlari davomida bir nechta ko‘p qavatli uy mulkdorlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer to'la qismida yonuvchan va portlash xavfi mavjud modda va materiallar saqlanayotganligi aniqlandi. ❕Shu joyning o'zida huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda majburiy ko‘rsatmalar berilib, shu joyning o'zida bartaraf qilindi.Bundan tashqari mulkdorlar tomonidan xuquqbuzarlik holatlari sodir etmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. #JARAYON#UY_JOY#MONITORING 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook

Koʻp qavatli uylarni saqlash va boshqarish yoʻnalishida nazorat tadbirlari 👮‍♀️ Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan doimiy tarzda koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, seysmik mustahkamligi va zilzilabardoshligini monitoring qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 1⃣Xususan joriy yilning I choragida viloyatdagi mavjud 1 ming 959 ta koʻp kvartirali uylardan 1 207 tasining texnik holati oʻrganib chiqildi. 195 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularning barchasiga bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar berildi. 72 ta holatda huquqbuzarlarga nisbatan 1 308,1 mln.soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan. Shu bilan birga, berilgan majburiy koʻrsatmalarga asosan 53 ta huquqbuzarliklar huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi, 70 ta holat boʻyicha sudlarga daʼvo arizalar kiritilgan. 2⃣ Koʻp kvartirali uylarga texnik xizmat koʻrsatuvchi 40 ta boshqarish organlaridan 21 marotaba boshqarish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat va profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, boshqarish organlarida boshqaruv qoidalariga rioya etilmaganligi aniqlanib, mansabdor shaxslarga nisbatan 30,9 mln. soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan. 3⃣Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF 144-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyatdagi mavjud 1 ming 959 ta koʻp kvartirali uylardan 533 tasining texnik holati vizual oʻrganildi. Oʻtkazilgan monitoring jarayonlarida 6 ta uylarda instrumental texnik tekshiruv o‘tkazilishi belgilandi. #JARAYON#UY_JOY#TAHLIL 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook

#JARAYON “Siz tergan raqam xizmat haqqi to‘lanmagani uchun o‘chirilgan” – Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi BSKlarining dispecherlik xizmati ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi 👮‍♀️Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi 4 ta BSKlarining faoliyati o‘rganildi. 150dan ortiq uylarga xizmat ko‘rsatayotgan BSKlarning moddiy-texnik bazasi yetarli darajada tashkil etilmagani ayrim uylarga kirish yoʻlaklarida tungi yoritgich chiroqlari ishlamayotganligi, elektr taqsimlovchi shitlar ochiq va qarovsiz holatga tashlab qoʻyilganligi aniqlandi. 24/7 soat mobaynida faoliyat ko‘rsatishi kerak bo‘lgan avariya-dispecherlik xizmati ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. 📃Mas’ullarga tungi navbatchilik davomida, BSK binolarining ochiq holatda boʻlishi hamda tezkor murojaatlarni qabul qilish va bartaraf etish imkoniyatlari yaratilishi yuzasidan koʻrsatmalar berildi. #Tungi_reyd_2026#Uy_joy#Kommunal_soha 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram