TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali avatar

TGINSIGHT CHAT

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

@htoshgaz

Business and startups

"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!

Subscribers1,790Current channel subscribers
Tracked posts1,006Indexed post count
Recent reach6,782Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 84 · 1,006 posts

Posted Apr 23

Hududlarda gaz ta’minoti yaxshilanmoqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani kichik sanoat zonasida gaz ta’minoti yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z bordi. “Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

247 views

Posted Apr 23

Hurmatli iste’molchilar! Ta’mirlash ishlari tufayli 24-aprel kuni Mirzo Ulug'bek va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Mirzo Ulug'bek tumani (soat 14:00 dan 18:00 gacha) — “Oliy Himmat” MFY. Sergeli tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — “Xonobodtepa” MFY. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi. “Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

1,330 views

Posted Apr 23

#rahbar_va_yoshlar Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M.Yakubov ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Jamiyat mutasaddilari, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida gaz taʼminoti tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️YouTube |📷Instagram |📱X |🌐hududgaz.uz

252 views

Posted Apr 23

“Hududgaz Poytaxt” GTF mutaxassislari tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi Toshkent shahrida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” doirasida tashkil etilgan tadbirda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari faol ishtirok etdi. “Sogʻlom psixologik-ijtimoiy ish muhitini taʼminlaylik” mavzusidagi seminar hamda “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” respublika koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida filial mutaxassislari yuqori natijalarni namoyon etib, 1-oʻrinni egalladi. Mazkur natija mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar, shuningdek, xodimlarning yuqori malakasi va masʼuliyatining yana bir yorqin ifodasi boʻldi.

558 views

Posted Apr 23

Rahbar va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M.Yakubov ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Jamiyat mutasaddilari, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida gaz taʼminoti tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning kasbiy rivoji, ularni sohada bandligini taʼminlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olish imkoniga ega boʻlib, sohadagi mavjud muammolar, ish sharoitlari, kasbiy oʻsish imkoniyatlari hamda yangi tashabbuslar yuzasidan oʻz fikr va takliflarini bildirdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, yoshlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatlashish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydon vazifasini oʻtadi. Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga chet tillarini oʻrganish uchun vaucherlar topshirildi. Batafsil 💬Facebook |👉Telegram |▶️YouTube |📷Instagram |📱X |🌐hududgaz.uz

273 views

Posted Apr 23

📄 Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish pasporti tasdiqlandi Hukumat qarori (171-son, 15.04.2026-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. 📝 Qarorga muvofiq, kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish pasporti tasdiqlandi. 💰 Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi. 📌 Ma’lumot uchun: 2025 yil 16 sentyabrdagi PQ–286-son qarorda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini YIDXP (my.gov.uz) orqali joriy etish belgilangan. 💬Facebook |👉Telegram |▶️YouTube |📷Instagram |📱X |🌐hududgaz.uz

271 views

Posted Apr 23

Chilonzor tumani "Doʻmbirobod" MFYdagi oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida "Doʻmbirobod", "Katta Doʻmbirobod" va "Tirsakobod" MFYlaridagi ayrim isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

284 views

Posted Apr 22

Osten ultratovushli gaz hisoblagich klapanini ochish bo‘yicha video yo‘riqnoma Ushbu videoda OSTEN INFINITY ultratovushli gaz hisoblagichlarining yopilgan klapanini mustaqil va xavfsiz ochish jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.

923 views

Posted Apr 22

😊😊😊😊😊 ⚡️“RAHBAR VA YOSHLAR” 📍Bu safargi uchrashuv manzili — Toshkent viloyati, Zangiota tumani. “Hududgazta’minot” AJ tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanadi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib boriladi. 💠Faol va tashabbuskor yoshlar, sizni ushbu uchrashuvda kutamiz! 💬Facebook |👉Telegram |▶️YouTube |📷Instagram |📱X |🌐hududgaz.uz

382 views

Posted Apr 21

Hurmatli iste’molchilar! Ta’mirlash ishlari tufayli 22-aprel kuni Mirzo Ulug'bek va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Mirzo Ulug'bek tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “Asaka” MFY. Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Iyk Ota” MFY. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi. “Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati

1,370 views

Posted Apr 21

Ona zamin bag‘ridan chiqqan bu ne’mat, Qadriga yetishlik oliy bir himmat. Har bir quvurda bor hayot tomiri, Gazimiz borligi – yurtning boyligi. Tejab ishlataylik ushbu ne’matni, Bordir unda kelajak avlodning haqqi. Shukronalik ila, isrof qilmaylik, Farovonlik sari qadam tashlaylik 💬Facebook | 👉Telegram | ▶️YouTube | 📷Instagram |📱X | 🌐hududgaz.uz

361 views

Posted Apr 20

😊😊😊😊😊 🔥Tabiiy gaz zaxiralari abadiy emas Energiya resusrlaridan tejamkor foydalanaylik! 💬Facebook |👉Telegram |▶️YouTube |📷Instagram |📱X |🌐hududgaz.uz

531 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PreviousPage 1 of 84Next