Post content
Toshkent Fotosuratlar uyida Zamin xalqaro jamoat fondi va UNICEF tashabbusi bilan boshlangan TO‘SIQLAR axborot kompaniyasi doirasida badiiy ko‘rgazma ochildi. Ushbu kompaniyaning asosiy g’oyasi shundan iboratki, nogironligi bo’lgan insonlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha huquqlarga asoslangan va yoshiga mos bo’lgan ijtimoiy xizmatlar ular hayotidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi. Postdagi fotosuratlar nogironligi bor insonlar tomonidan olingan. Ko‘rgazma 10-dekabrga qadar davom etadi. Ish vaqti: har kuni 10:00 dan – 17:00 gacha (dushanba va 8 dekabrdan tashqari). Manzil: Istiqbol ko’chasi, 4 (Mirobod tumani), diqqatga sazovor joyi: Amir Temur maydoni, Kurantlar. Kirish bepul. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF