Post content
TO‘SIQLAR nomli kommunikatsion kampaniya doirasida tashkil etilgan badiiy fotoko‘rgazma o‘z faoliyatini 10-dekabrgacha davom ettiradi. Tomoshabinlar e'tiboriga o‘z orzulariga ishonadigan nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalari taqdim etilgan. Barcha badiiy fotosuratlar ularning orzulari aksidir. Ko‘rgazmada professional fotosuratchilar ishlari bilan ham tanishish mumkin. Ularning har biri o‘z tarixiga ega bo‘lib, to‘siqlarni yengib o‘tish va maqsadga erishish yo‘lini aks ettiradi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan insonlarning mualliflik fotosuratlari ham ko‘rgazmadan o‘rin olgan. Mazkur havaskor fotosuratchilarning ish namunalari "Nigoh" nomli turkumni tashkil etadi. "Biz turlimiz. Biz tengmiz" shiorini yana bir bor yodga soladigan ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurishga barchangizni taklif etamiz. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF