Post content
Nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalaridan. Madina Po‘latova 19 yoshda. Bu qadar yosh bo‘lishiga qaramay, «INKLYUZIV JAMIYAT» nogironligi bor insonlar jamoat birlashmasida menejer bo‘lib ishlaydi. U turli seminar va treninglar, istirohat bog‘lariga sayohatlarni tashkillashtiradi. Madina — O‘zbekiston Milliy universitetining «Ijtimoiy faoliyat» fakulteti talabasi. U jurnalistika va psixologiyaga qiziqadi, maqolalar yozadi. «Men dunyo bo‘ylab sayohat qilishni, ko‘p narsalarni o‘rganishni va olgan bilimlarimni ishimda qo‘llashni xohlayman, – deydi Madina. Mening kumirim — aktrisa va boshlovchi Dilnoza Kubaeva. Men u bilan uchrashishni juda xohlayman». Orzularing amalga oshishiga ishonamiz, Madina! __ Из историй людей с инвалидностью. Мадине Пулатовой 19 лет. В таком юном возрасте девушка уже работает менеджером в общественном объединении лиц с инвалидностью «ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБЩЕСТВО». Она организует различные семинары и тренинги, а также поездки в парки развлечений. Мадина – студентка факультета «Социальная работа» Национального университета Узбекистана. Она увлекается журналистикой и психологией, пишет статьи. «Хочу путешествовать по миру, многому научиться и применять свои знания в работе», — говорит Мадина. — Мой кумир — актриса и ведущая Дильноза Кубаева. Я очень хочу с ней встретиться». Мы верим, что твои желания сбудутся, Мадина! #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF