TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #kibr · 1 Beiträge
Gepostet 11. Feb.
#ilm#kibr Insonda agar o'z-o'zini boshqara olish qobiliyati bo'lmasa, xattoki u olayotgan ilmi ham zarariga ishlashi mumkin. Juda ko'pchilikda nimanidir o'rgangani sari o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Bu yerdagi nozik masala - ishonch kibrga aylanib ketib qolmasligi. Sen: "Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh bo'lsayu, unga o'z mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur", degin.(Kahf, 109) Inson tasavvurida siyoh ilmni qayd qilish vositasi hisoblanadi. Siyoh bilan yozilgan narsalar haqiqiy ilm hisoblanadi. Dengiz esa Qur'on nozil qilingan paytdagi insonlar tasavvuridagi eng cheksiz, eng barakali borliq. Xususan, ilmga nisbatan ishlatilganda, bu tasavvur mutlaq ko'plikni, bepoyonlikni anglatadi. Oyatdan maqsad, dunyodagi barcha dengizlar siyoh qilib olinib, ularga yana shuncha dengiz siyohi qo'shilsa-da, Alloh taoloning kalimalari yozilsa, o'shancha ko'p siyoh ham tugab qoladi, ammo Allohning kalimalari(ilmi) aslo tugamaydi. Qo'lingizga bitta ruchka olib bilganlaringizni to'xtamasdan yozing, bitta ruchkani tugata olamizmi??? 100 gr siyohni yozib tugatish uchun nimalarni bilish kerak?! Ilmimiz kibrga yetaklamasin, ilm Allohniki, Vallohu a'lam deyishni ham o'rganaylik, kibr qilish bizgamas. Ilmning haqiqiy Egasi bizni qalbimizni ko'rib turganini unutmaylik :) @it_suhbat