TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #sql · 5 Beiträge
Gepostet 26. Sept.
#SQL#PostgreSQL Window functions haqida eshitganmisiz? Quyidagi documentation bilan tanishib chiqing. https://www.postgresql.org/docs/current/tutorial-window.html https://www.postgresql.org/docs/current/functions-window.html Amaliyot uchun product-price-at-a-given-date masalasini window function ishlatib yechib ko'ring. @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 5. Nov.
#SQL select u.name, count(1) as auths from users u left join user_authorities t on u.id = t.user_id where t.id is not null group by u.name having count(1) > 1 order by auths limit 10 Yuqoridagi rasmda DQL(Data Query Language) dagi har bir qismning amalga oshirilish ketma-ketligi aks ettirilgan. @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 15. Juli
#SQL#priority SQL dan xabari bor, biror so'rov yozib ko'rgan har birimiz so'rovning yozilish tartibi qandayligini bilamiz. Ya'ni, select [ustunlar] from [jadval] where [shartlar] group by [ustunlar] having [shartlar] order by [ustunlar] limit [son] Lekin, hech o'ylab ko'rganmisiz, kompyuter buni qay tartibda ishga tushiradi, ya'ni qaysi biri birinchi ishlaydi, qaysi biri oxiri? Shu haqida gaplashamiz. 1. FROM Biz yozgan so'rovning birinchi bo'lib analiz qilinadigan qismi bu from dan keyingi ma'lumot manbasi hisoblanadi. Biz olishimiz kerak bo'lgan so'rov qayerdan olinishligi aniqlanadi. 2. WHERE Ikkinchi bo'lib, biz ma'lumot olayotgan manbadan qaysi satrlar olinishligini aniqlash uchun shartlar tekshiriladi, ya'ni filtrlanadi. 3. GROUP BY Uchinchi bo'lib, agar bizda group by ishlatilgan bo'lsa, o'sha ustundagi qiymatlar bo'yicha satrlar guruhlarga bo'lib chiqiladi. 4. HAVING To'rtinchi navbatda, guruhlangan ma'lumotlar ustida agregat funksiyalar ishlatilib, guruhlar filtr qilinadi. 5. SELECT Filtrlardan o'tgan, guruhlangan satrlardan aynan qaysi ustunlari kerakligi belgilanadi. 6. ORDER BY Olingan barcha ma'lumotlar aytilgan ustunlarning qiymati bo'yicha o'sish yoki kamayish tartibida saralanadi. 7. LIMIT Saralangan ma'lumotlardan nechtasi kerakligi aniqlanib, so'rovga javob qaytadi Shu uchun ham select da as qilib berilgan ustun nomlari orqali group by, having larni ishlata olmaymiz, lekin order by da ishlatishimiz mumkin :) Mana shunday tartibda biz yozgan so'rovlar amalga oshiriladi. Biror ishning aslida qanday ishlayotganligini bilishga qiziqqaningiz sari, bu qiziqish sizni har sohada tortib ketaveradi, xatto hayotda ham. Oqibatda, har bir narsaning mohiyatini, sababini, ma'nosini tushuna oladigan va tushunishga qiziqadigan odamga aylanasiz. Sayoz bilimlardan qochib, chuqurroq o'rganishni boshlaysiz. @it_suhbat
Gepostet 4. Juni
#leetcode #sql Boshlanishiga qizib olish uchun easy'lardan boshlaymiz. SQL ga oid masala ekan: rearrange-products-table
Gepostet 12. Mai
#sql DDL(Data Definition Language) — ma'lumotlar bazasi strukturasini ifodalash. CREATE, DROP, ALTER, TRUNCATE DML(Data Manipulation Language) — ma'lumotlarni boshqarish. INSERT, UPDATE, DELETE DCL(Data Control Language) — ma'lumotlarga ruxsatlarni boshqarish(Authorization). GRANT, REVOKE TCL(Transaction Control Language) — tranzaksiyalarni boshqarish. COMMIT, ROLLBACK, SAVEPOINT DQL(Data Query Language) — ma'lumotlarni olish. SELECT @it_suhbat
Hashtags