TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite1,580Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

Tag: #lock · 1 Beiträge

当前筛选 #lock清除筛选

Gepostet 28. Aug.

#lock Concurrency'da lock tushunchasining o'rni katta. Bugun shu haqida gaplashamiz. Lock o'zbekchada qulf bo'ladi. Har bir obyekt lock'ga ega. Agar biz bir nechta oqimlar bilan ishlayotgan bo'lsak, murojaatlarni shu lock orqali cheklashimiz mumkin. Tasavvur qiling, obyekt — bir xona. Unga bitta eshikdan kiriladi va bu eshikning qulfi bor. Multithreading'da obyektni lock qilish deyilganda, ana shu xonaga bitta thread kirganidan keyin eshikni qulflash tushuniladi. Thread o'ziga tegishli ishni tugatib bo'lganidan keyin eshikning qulfini ochib(unlock), xonadan chiqib ketadi, navbatdagi thread'ga o'z o'rnini bo'shatadi. Javada lock qilishning ikki xil yo'li bor. Birinchisi — avtomat, synchronized kalit so'zi yordamida. Ikkinchisi — qo'lda. Buning uchun bizga Lock interfeysi va uning merosxo'rlari yordamga keladi. ReentrantLock yordamida biz kodning istalgan joyida obyektni lock qilamiz, try yordamida asosiy ishni bajaramiz va finally'da unlock qilib chiqib ketamiz. Undan tashqari o'qish va yozish uchun ReentrantReadWriteLock'dan foydalanish mumkin. Bu o'z o'rnida 2 xil lock imkoniyatini beradi. Read lock — bir paytning o'zida o'qish uchun xohlagancha oqim murojaat qilishi mumkin, faqatgina yozish imkoniyatini cheklaydi. Write lock — yozish amaliyoti bo'layotgan vaqtda qolgan oqimlarga na yozish, na o'qish imkonini beradi. In shaa Alloh, keyingi maqolada Atomic va Lock'ning bir-biridan farqi haqida gaplashamiz, tezliklarini solishtiramiz. @it_suhbat

1,580 views

Hashtags