TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite1,970Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

Tag: #priority · 1 Beiträge

当前筛选 #priority清除筛选

Gepostet 15. Juli

#SQL#priority SQL dan xabari bor, biror so'rov yozib ko'rgan har birimiz so'rovning yozilish tartibi qandayligini bilamiz. Ya'ni, select [ustunlar] from [jadval] where [shartlar] group by [ustunlar] having [shartlar] order by [ustunlar] limit [son] Lekin, hech o'ylab ko'rganmisiz, kompyuter buni qay tartibda ishga tushiradi, ya'ni qaysi biri birinchi ishlaydi, qaysi biri oxiri? Shu haqida gaplashamiz. 1. FROM Biz yozgan so'rovning birinchi bo'lib analiz qilinadigan qismi bu from dan keyingi ma'lumot manbasi hisoblanadi. Biz olishimiz kerak bo'lgan so'rov qayerdan olinishligi aniqlanadi. 2. WHERE Ikkinchi bo'lib, biz ma'lumot olayotgan manbadan qaysi satrlar olinishligini aniqlash uchun shartlar tekshiriladi, ya'ni filtrlanadi. 3. GROUP BY Uchinchi bo'lib, agar bizda group by ishlatilgan bo'lsa, o'sha ustundagi qiymatlar bo'yicha satrlar guruhlarga bo'lib chiqiladi. 4. HAVING To'rtinchi navbatda, guruhlangan ma'lumotlar ustida agregat funksiyalar ishlatilib, guruhlar filtr qilinadi. 5. SELECT Filtrlardan o'tgan, guruhlangan satrlardan aynan qaysi ustunlari kerakligi belgilanadi. 6. ORDER BY Olingan barcha ma'lumotlar aytilgan ustunlarning qiymati bo'yicha o'sish yoki kamayish tartibida saralanadi. 7. LIMIT Saralangan ma'lumotlardan nechtasi kerakligi aniqlanib, so'rovga javob qaytadi Shu uchun ham select da as qilib berilgan ustun nomlari orqali group by, having larni ishlata olmaymiz, lekin order by da ishlatishimiz mumkin :) Mana shunday tartibda biz yozgan so'rovlar amalga oshiriladi. Biror ishning aslida qanday ishlayotganligini bilishga qiziqqaningiz sari, bu qiziqish sizni har sohada tortib ketaveradi, xatto hayotda ham. Oqibatda, har bir narsaning mohiyatini, sababini, ma'nosini tushuna oladigan va tushunishga qiziqadigan odamga aylanasiz. Sayoz bilimlardan qochib, chuqurroq o'rganishni boshlaysiz. @it_suhbat

1,970 views