TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Jamik - Independent Designer avatar

TGINSIGHT CHAT

Jamik - Independent Designer

@jamik_notes

Design

Mustaqil UX/UI Dizayner. O'zim foydali deb bilganlarim va tajribalarim haqida yozaman. Twitter - https://x.com/itsjamik DM - @itsjamik

Abonnenten119Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge438Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite1,276Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 37 von 37 · 438 Beiträge

Gepostet 4. Apr.

Gil Huybretch men tanigan eng zo'r dizaynerlar biri. Uni editorial yo'nalishidagi ishlari juda yoqadi. Yaqinda u kurs tayyorladi va men sotib oldim (399 EUR kurs sotib olish bu hayotimda eng qimmatga tushgan educational resource:) ) O'tgan kuni studentlar guruhida men kurs asosida yaratgan framer shablonini (Oybek bilan birga) guruhda share qilgandim va bu yerda Gil'ning feedbacki. Rostini aytsam bu menga yaxshi emotsiya berdi. Shablon uchun link - https://masontaylor.framer.website/

213 views

Gepostet 4. Apr.

Open AI yangi Image Generation ishga tushirganidan keyin ko'plar bu orqali yaxshi daromad qilishni boshlashdi 💸 https://x.com/t31kx/status/1908094506035228939

208 views

Gepostet 3. Apr.

Korporativ ishda jamoa bilan to'g'ri komunikatsiya qilish juda muhim. Ayniqsa siz uydan ishlasangiz jamoadoshlaringiz siz ayni vaqtda nima bilan band ekaningizdan xabardor bo'lishlari tushunmovchiliklarni oldini oladi. GovDash kompaniyasida biz komunikatsiya uchun Slack'dan foydalanamiz. Har bir department uchun alohida kanallar yaratilgan. Misol uchun Engineering, Marketing, Design va h.k. Men agar bugun biror sabab tufayli ishlay olmasam slack'da status qo'yishim kifoya. Boshqalar birdan bilishadi men bugun offline ekanimni. Task trackingda Lineardan foydalanamiz, haligacham yaxshi o'rganib ololmadim bu dasturni mohiyatini 😅️️️️️️ DataGaze'da ClickUp'dan foydalanamiz va bu nisbatan ancha sodda va tushunishga oson. Ha aytgancha, Twitterda ko'rib qoldim, Linear kompaniyasining asoschisi oldin dizayner bo'lgan ekan 😄

230 views

Gepostet 3. Apr.

Работай не ради выживания, а ради кайфа. Men har doim o'zim uchun ishtiyoqli ishlarni qilib ko'rishga uringanman va hozir eng sevimli ishlarimni qilaman. Men tajribamdan to'liq foydala olishim uchun ishga mehr bilan yondoshishim o'zim uchun juda muhim. Ya'ni bir kompaniyada faqatgina maosh yaxshi to'lashganlari uchun ishlashdan ko'ra kichik bir jamoada sevimli loyiha ustida ishtiyoq bilan ishlash afzal deb bilaman. Bu uchun yillar vaqt ketdi, chunki har doim ham bunday shansga erishish oson bo'lmagan. Yuqoridagi gaplarimga misol sifatida men qanday qilib bepul shablonlar yaratish orqali birinchi passiv daromadimni ishlab topganimni aytmoqchiman. 2020 - yilda HTML/CSS asosida bir nechta juda sodda shablonlar yaratdim va Twitter, PH va boshqa yana bir nechta tarmoqlarda ularni ulashdim. Shablonlar bepul edi va bilasizmi, men yaratgan o'sha sodda shablonlar oy davomida 400 dan ortiq nusxalandi. Oluvchilar Donate sifatida $10 - $15 qoldirib ketishardi yuklash vaqtida va men bir necha oy davomida o'rtacha $200 - $350 daromad oldim. Bu mening internetdagi birinchi passiv daromadlarim edi. Bu ishga shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketdimki, bu orqali Adam Wathan (Tailwind CSS asoschisi) kabi mashxur developerlardan xabarlar oldim. Ular men shablonlarni bepul ulashayotganimni qadrlashlarini aytishganda men uchun jarayon yana ham qiziqarli bo'lardi. Shunday qilib 8 oydan keyin men 6ta shablondan iborat kichik saytimni sotish bo'yicha birinchi taklifni olganimda o'ylab o'tirmasdan sotdim (bu shoshqoloqlik bo'ldi 🙂 ). Bu yerda nima men uchun bunchalik qiziq bo'ldi? - Karantin vaqtida ham uyda ish bilan band bo'ldim; - Menga hech kimga topshiriq bermadi, men o'zim istagan tematikalar bo'yicha web-sayt shablonlari yaratdim; - O'zim uchun qiziq bo'lgan ko'p narsalar, jumladan marketingni o'rganib sinab ko'ra oldim; - Har hafta juma kuni Gumroad platformasidan donation orqali yig'ilgan pullarni olib turardim (Bu hammaga yoqsa kerak - Havodan pul topishdek 🙂 ); - Birinchi marta o'zim qurgan loyihamni sotdim. Mana o'sha shablonlar, hozir tekshirsam bir shablon 300 martadan ortiq sotilgan (mendan loyihani sotib olishgandan keyin barcha shablonlarni pullik qilishdi). Keyinroq hozirgi kunda qanday qilib Framer uchun shablonlar yaratayotganim haqida ham yozaman ✌️

290 views

Gepostet 3. Apr.

Salom barchaga! Bu Jamshid - Mustaqil UX/UI Dizayneri. Hozirgi kunda parallel ravishda O'zbekistonning Datagaze va AQSHning GovDash kompaniyalarida mahsulot dizayneri sifatida ishlamoqdaman. Bundan avval Moneff, EasyPanel, SQB Bankida UI Dizayner sifatida ishlaganman va Billr kabi bir nechta SaaS sohasidagi start-uplarga mahsulotlari dizaynini yaxshilashda yordam berganman. Ushbu kanalda Freelance hayoti, ish tajribasi va foydali deb bilganlarim haqida yozib boraman. Ko'p paytlarda Twitter tarmog'idagi dizayn va no-code sohasidagi qaynoq yangiliklar, o'zgarishlar haqida o'zbek tilida shaxsiy fikrimni boshqa o'zim kabi soha vakillari bilan ulashgim keladi va shuning uchun ham ushbu kanalni ochishga qaror qildim.

335 views

Gepostet 3. Apr.

Channel created

views
12•••10•••20•••30•••353637
ZurückS. 37 von 37Weiter