TGINSIGHT CHAT
Less is More
@lessismore_20
DesignInstagram: https://www.instagram.com/lessismore_20 Murojaat: @usmondesigner
Aktuelle Beiträge
S. 2 von 4 · 41 Beiträge
Gepostet 26. Apr.
⚡️ Aktual kasblar va biznesni boshlash! ✅ Aktual sohalar haqida kengroq ma'lumot olishni, bu sohalarda qanday qilib biznes boshlash haqida ma'lumot olmoqchimi bo'lsangiz, sizni 27 - aprel kuni Institutimizda bo'lib o'tadagan uchrashuvga taklif qilamiz! 😎 Uchrashuvda spiker sifatida Software engineering, Graphic design, Digital marketing sohalarida tajriba to'plagan va o'z bizneslarini yo'lga qo'ygan freelancer va developerlar ishtirok etadilar. Uchrashuv kuni: 27-aprel Vaqti: 15:00 Joyi: Yeoju technical institute in Tashkent | 612 - auditorium
Gepostet 2. Apr.
Bunga sabablarni aytsam: 1. Noto'g'ri maqsad. O'rganuvchi dizaynerlar tezroq daromad topishni asosiy maqsad qilib olyapti. 2. Boshqa jamoaga qo'shilish. Boshqa soha vakillari jamoasiga yosh dizaynerlarni taklif qilishyapti. To'g'ri yo'lni topdim deganda o'tlab ketib qolyapti. 3. Online video darsliklar. 30 ta vidoeni ko'rib o'zlarini "expert" hisoblayotgan yosh va qari dizaynerlar. Bunday videolardan foyda yo'q. O'zbekiston sharoitida tajribali dizayner video kurs sotmaydi (bunday dizaynerlarning ishlar ko'p bo'ladi). Vaqtingizni ilm olishga sarflang! Daromad o'zi keladi. Jamoaga tajribali dizayner olib ularga yosh dizaynerlarni shogird qilib beraylik. Video kurs ko'rib o'rganib dizaynerman deyishni to'xtatib, yaxshi ustoz topaylik, ko'proq amaliyot va kuzataylik! O'zbekiston bozori bo'sh, deyarli raqobat 0 ga teng! 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Gepostet 2. Apr.
#lessismore#smm#dizayn 🖐🏻Assalomu alaykum! Shogirdimizdan birini ishini joyladik. Avvalgi va yangi holatdagi dizayn muallifi ham o'zlari. Buni qildirishimizga sabab: shogird tushib 1 oy o'rganib, o'qish qolib ketishini sabab qilib, 2 oy kelmadi. Shuncha vaqtdan so'ng yuqoridagi birinchi ishni olib kelib bizga ko'rsatdi va bunday ishlar qilayotganidan xursand edi. Lekin bir hafta to'g'ri yo'lga solingandan so'ng yangi holatdagi dizaynni tayyorladi. Aytmoqchimani ko'plab o'quvchilar toollarni o'rganib, bir ish qilgan odam bo'lib o'zini dizayner his qiladi, ilm talab qilmay qo'yadi. Dizayn bozoridagi clonning dizaynlar ortib boradi. Sifatli maqtashga arzigulik dizaynlar juda ham kam. Bu holat yaxshilanmayapdi va rivojlanish juda ham past.
Hashtags
Gepostet 14. März
⚡️Veb dizayn | UI/UX kursiga qabul! 🖱 Siz mobil, desktop va veb ilovalarning interfeysini yaratishga, user uchun qulayroq va yoqimliroq holatga keltirishga qiziqasizmi? Unda ushbu kursimiz aynan siz uchun! 🔥 Kursda siz userlar uchun visual ko'rinishlar, ularning vazifalari, ergonomikasi, ranglar kombinatsiyasi haqida batafsil o'rganasiz. Veb dizaynerlar uchun zarur bo'lgan Figma, InVision va Adobe XD dasturlari chuqur o'rgatiladi. 😎 Darslarni tajribali dizayner "Less is More" dizayn studiyasi asoschisi, art direktori Temur Usmonov olib boradi! ✅ Birinchi yozilgan 10 ta o'quvchi uchun kursga 20% lik chegirma taqdim qilinadi! Kursga shoshiling. Kursga yozilish +998993739909 Instagram • Facebook • Telegram
Gepostet 6. März
Yangi kasbni o‘rganayotgan yoshlarda doim bitta muammo bor: xato qilishdan qo‘rqishadi. Velosiped haydashni o‘rganganimizda bir-ikki yiqilib, oyoqlarimiz, qo‘llarimiz shilinib o‘rganganlarimiz yodimizdan ko‘tariladi. Ko‘rib turgan rasmda dunyoga mashhur bo‘lgan Tesla kompaniyasi mashinasining UI qismida qilingan xatolik ko‘rsatilgan(bo‘sh maydonlar vazifa bajarmayapti). Bu orqali hamma ham xato qilishi mumkinligi va bunday xatoliklar yana shunday xatoliklar qilmaslik uchun ekanligini tushunishimiz kerak. O‘xshamayapti, Bo‘lmayapti, Qilolmas ekanman, Tushunmadim kabi bahonalarni yig‘ishtiring! Va o‘z ustingizda ko‘proq ishlab mehnat qiling! @lessismore_20
Gepostet 4. März
#lessismore#suhbat Assalomu alaykum! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabiga tashrifim menda ajoyib taassurotlar qoldirdi. U yerga dizayner sifatida tashrif buyurdim. U yerdagi yoshlarni ilmga chanqoqligi meni ajablantirdi. Chunki uzoq vaqtlardan beri bunaqa yoshlarni uchratmayotgandim. 6-sinf o‘quvchisi Java Script dasturlash tillida o‘yin yaratmoqda, 7-sinf o‘quvchisi har kunlik darslaridan 4 soat vaqt ajratib veb dizayn sohasini o'rganmoqda. Bularni eshitish men uchun motivatsiya. Bular vaqtni qadriga hozirdan yetishmoqda bu kelajakda o'z mevasini beradi degan umiddaman. Taklif uchun ustozimiz Qudrat Abdurahimovga ham rahmat aytaman. "Har kunlik mehnat qilishingiz siz uchun motivatsiya bo'lsin chunki asta-sekinlik bilan natijasini ko‘ra boshlaysiz" Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 10. Feb.
#lessismore#qadoq#dizayn 🖐🏻 Assalomu alaykum! Bugun jamoamiz bilan boshqa yo'nalishda ham ish qilib ko'rdik. "ROSH" frozen (o'z restoraniga ham ega)tomonidan ishlab chiqarilayotgan yarim tayyor mahsulotlar uchun qadoq dizaynni dizaynlashtirdik. Mahsulot ta'mi va sifati yuqori darajada. Qadoq dizayni buni aksini ko'rsatmoqda. Iste'molchi uchun aniq va tushunarli bo'lgan dizayn yaratishga harakat qildik. Tez kunlarda "Rosh frozen" mahsulotlarini yangi qadoqda ko'rsangiz ajab emas. Asosiy urg'uni: 1)mahsulot nomiga; 2)ranglar orqali qanday go'sht mahsulotidan tayyorlanganiga; 3)tayyorlanish usullarini yoritib berishga qaratdik. 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 18. Jan.
🚕My taxi 2021 Qariyb 6 yildan beri bozorda o'z faoliyatini yurg'izib, Yandex kelgandan keyin birozgina ko'rimsiz bo'lib qolgan My taxi rebranding o'tkazibdi. Mijozlarga ishonchi uchun tashakkur bildirib, yangi shior bilan ham chiqibdi. "Yangi dizayn, yangi rejalar va maqsadlar. Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bu yilgi ustuvor vazifadir". ⠀ #MyTaxi#Ребрендинг
Hashtags
Gepostet 5. Jan.
Jamshid aka Kun.uz ga interview beribdilar. Qulay o'rnashib ko'rishni maslahat beraman. *Suhbatda minglab ko'katlar haqida gap ketgan🙂💸 https://youtu.be/l1ndjwNvRmI?t=4
Gepostet 21. Dez.
#lessismore#flayer#foydali 🖐🏻 Assalomu alaykum! "Stroy Mart" katta biznes markaz uchun flayer dizayn qilishgan ekan. Biroz bo‘lsa ham mijoz uchun qulay qilishga va o'zini kuchini ko'rsata oladigan ish bo'lishiga harakat qildik. Asosiy xatolik: 1.Nega bunday rang tanlashgan xayronman; 2. Ma'lumotlar takrorlanishi ko‘payib ketgan; 3. Muhimlik darajasidagi kontentlar aniq ko'rinmay qolgan. 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 7. Dez.
#lessismore#foydali 🖐🏻 Assalomu alaykum! Yaxshi dizayn nima uchun kerak? Yaxshi dizaynni foydasi bormi? degan savollarni ko‘p uchratamiz. Ko‘plab mijozlar bu qanchalik muhim ekanligini bilmasalar ham kerak! Shu sababli ham bozorimiz didsiz dizayner va mijozlar tufayli "dizaynlashtirishga" muhtoj ishlar bilan to‘lgan. Qisqasi Oskar mukofotini olgan "Parazitlar" filmidan kichik lavhani ko‘rishingizni tavsiya beraman. 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 4. Dez.
#lessismore#smd#foydali 🖐🏻 Assalomu alaykum! Bugun yosh shogirtim tomonidan qilingan "dizaynlashtirilgan" ishni koʻrsatmoqchiman. Mavzu sifatida Ipak yoʻli bankining flyer dizaynni olgan edik. Asosiy xatoliklar: 1. Har doimgidek muammo matnlar tartibsiz(keldi-ketdi boʻlib yotibdi); 2. UX yaxshi ishlab chiqilmagan; 3. Rasmni ham oʻzgartirdik, mavzuni kengroq ochib berish maqsadida. 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags