TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Less is More avatar

TGINSIGHT CHAT

Less is More

@lessismore_20

Design

Instagram: https://www.instagram.com/lessismore_20 Murojaat: @usmondesigner

Abonnenten38Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge41Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite2,589Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 4 von 4 · 41 Beiträge

Gepostet 26. Okt.

Nega unday? Masalan sizga do'stingizdan instagram orqali live qilayotgani haqida xabarnoma(notification) keldi. Uni ochib ko'rasiz va faqat uni ko'rish bilan cheklanmaysiz. Qolganlarni ham qo'ygan postlari bilan qiziqib tanishib chiqqaningizda vaqt allamahal bo'lgan bo'ladi. Bu UX(user experience) jihatidan noto`g`gri bo`lsa ham dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan ajoyib hiyla usuli. Xabarnomangizni o`chirib qo'ying, sizni buyuk ishlar kutmoqda, vaqtingizni foydali ishlarga sarflang va ishingizdagi samaradorligini oshiring. Instagram | Telegram

374 views

Gepostet 26. Okt.

#foydali Xabarnomalar(notifications) biz uchun foydalimi? Texnologiyalar asrida insonlar mobil qurilmalarga qaram bo`lib qolmoqdalar. Ko'proq vaqtlarini shu qurilmalarga o`rnatilgan ilovalar bilan o'tkazishga sarflashmoqda. Buning sababi ilovalardan kelayotgan xabarnomalar(notifications)mi ? O'ylashimiz mumkin ilovalardan kelayotgan xabarnomalar(notifications) bizga qulaylik yaratayotgandek yoki xabarlarni eslatib turgandek ko'rinadi. Ammo unday emas, sizni ko'proq ilovadan foydalanishga majbur qiluvchi va vaqtingizni o'g'irlovchi (time killer) vositasi hisoblanadi. Instagram | Telegram

345 views

Hashtags

Gepostet 26. Okt.

#lessismore 🖐🏻 Assalomu alaykum! Bugun bekatlarga joylashtirilgan "Avto maktab" to'g'risidagi banner ustida ishladik. Dizayndagi asosiy muammo e'tibor beradigan bo'lsak matnlar tartibsiz va mantiqsiz joylashtirilgani. Keraksiz so'zlarni olib tashlash va tartibga solish lozim. Chunki bular foydalanuvchiga ma'lumot yetkazish vazifasini bajaradi. 1. Keraksiz elementlarni olib tashlab; 2. Shriftlarni muhimlilik darajsasiga qarab ierxiyasini tuzib; foydalanuvchi uchun qulayroq bo`lgan dizayn tayyorlashga harakat qildik. Shuni unutmang dizayn tayyorlayotganizda kamroq so'zlar ishlating lekin ko'proq ma'no bersin! Sizlar ham bizga dizaynlashtirishga muhtoj san'at asarlarini jo'nating 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram

1,560 views

Hashtags

Gepostet 26. Okt.

✋🏻 Assalomu alaykum! Less is more - bu yosh dizaynerlar rivojlanishi uchun ochilgan kanal. Dizayn - insonlar uchun go‘zallik, qulaylik umuman olganda yoqimlilik baxsh etuvchi san'at. Inson tabiatan go‘zallikka intilgani sabab bu soha uzoq o'tmishdan doimiy rivojlanib kelgan. E'tibor beradigan bo‘lsak internet tarmoqlarida, ko‘cha-ko‘yda bannerlarda, atrofimizdagi dizaynlarda ko‘plab vizual yoqimsizlik, ranglar nomutanosibligi, nisbatlar buzilishi umuman olganda qo‘pol dizayn xatolariga ko'zimiz tushadi. Ichim tirnaladi. Va, eng yomoni odamlar shu tasvirlarni ko‘rishga majbur. Mutahasislar kamligi, talab yuqoriligi ortidan sifatsiz dizaynlar ko‘payib ketgan. Shunday dizaynlarni to‘g‘rilash, yoki taklif berish maqsadida ushbu loyihani yo‘lga qo'ymoqchimiz. Bu yosh dizaynerlarimiz uchun ham mahorat darsi bo‘ladi. Sizlar ham bizga dizaynlashtirishga muhtoj san'at asarlarini jo‘natishingiz mumkin. Ularning ham ustida ishlab ko‘ramiz. Instagram | Telegram

310 views

Gepostet 14. Okt.

Channel created

views
ZurückS. 4 von 4Weiter