TGINSIGHT CHAT
Less is More
@lessismore_20
DesignInstagram: https://www.instagram.com/lessismore_20 Murojaat: @usmondesigner
Aktuelle Beiträge
S. 3 von 4 · 41 Beiträge
Gepostet 1. Dez.
#lessismore#UI#UX Menga o'sha kungi Jamshid aka chiqishlari yoqdi. Ko'p muammolarni yoritib berdi. Meetup'dan keyin gaplashdik. Yechilmagan UX muammolar, o'rnida yechildi. Jamshid akaga rahmat aytib qolamiz. Quyidagi havolada o'sha kungi presentation'ni ham ko'rishingiz mumkin. Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 1. Dez.
#DesignersClub#JonBermasangJanonaQayda Kechagi yig'ilish (Designers Club)da ko'p tanishlarni, ustozlarni, hali tanishga ulgurmagan hamkasblarni ko'rdim. Ba'zi dizaynerlar bilan tanishdim, katta-katta ishlarni qilib qo'yib chekka chekkada yurishorardikan. Spikerlar ham juda qimmatli maslahatlar berishdi (shogirtlarimga ko'p narsalarni tushuntirishimga hojat qolmadi). Sahnada aytilganlar ichida eng ko'p qaytarilgani — "O'zizga bosim bermaguningizcha biror natijaga erisholmaysiz!" Mutloq qo`shilaman. Odam comfort zonasidan chiqishni xohlamasa, yuqoriga ham chiqolmaydi. Instagram | Telegram
Gepostet 27. Nov.
#lessismore#foydali#barakatopgur Redfox dizayn studiyasi asoschisi Rahimjon Gaziyevning mana shu maqolasini oʻqib chiqishni maslahat beraman! Hisoblab chiqdim oʻqish uchun oʻrtacha 15 daqiqa vaqtingiz ketadi. Har kuni ertalab ish boshlashdan oldin oʻqib chiqing. Bir marta oʻqish bilan maqolaning mazmun mohiyatiga yetish qiyin. Maqola kechroq kanalga joyladik. Sabab faqatgina bir marta oʻqigan yoki hali oʻqimaganlarning yodiga solish maqsadida. Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 17. Nov.
Less is More pinned a video
Gepostet 17. Nov.
#SMD Shunchaki dizayn! 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 17. Nov.
#lessismore#smd#foydali 🖐🏻 Assalomu alaykum! Grafik dizayn kursi uchun tayyorlangan online darslikni SMM dizaynini koʻrgandim. Achinarli holat, postda dizayn yoʻq edi. Matnlar biram tartibsiz joylangan, ranglar bir-birini qoʻllab quvvatlamaydi, balans buzilgan va h.k. Marketing jihatidan ham, dizayn jihatidan ham jamoa bilan biroz oʻzgartirish kiritdik. Natijasini koʻrib turibsiz😊! Oʻzingizda mehnat qilish uchun yetarlicha sfera hosil qila olgan boʻlsangiz, Benny videolarini koʻrib dizayn sohasidagi qarashlaringizni va bilimlaringizni oshirshingizni maslahat beramiz! 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 15. Nov.
Less is more — Kamroq bu koʻproq... Dizaynda detallar qancha kam bo‘lsa undan shuncha ko'p foyda olsa bo‘ladi! Anchadan beri tushuntirishga harakat qilmoqchi boʻlganlarim, tushuntirishga qiynalganlarim, ichimdagilarim shu videoda koʻrsatilibdi. Dizaynlashtirishga muhtojlik sababi ham aynan shu videoda koʻrsatilgan. Bu videoni marketologlar koʻrishini tavsiya qilaman, odamlarga qanday yoqishni oʻraganishadi. Dizaynerlar koʻrib, yoqimlilik baxsh etishni oʻrganishlari mumkin. "UI/UX"chilar koʻrishini tavsiya qilaman, insonlarga qulaylikni bera olishni oʻrganishlari uchun. "Muammo nimadir kamligida emas, muammo, ko'paytirishda!" Videoni ko'rish: https://www.youtube.com/watch?v=vKHUwgHn_jM Instagram | Telegram
Gepostet 13. Nov.
#lessismore#webdesign#redesign 🖐🏻 Assalomu alaykum! Web dizayn - O‘zbekiston bozorida rivojlanib kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Bu soha bo‘yicha tajribali dizaynerlar kamligi sababli dizaynlashtirishga muhtoj dizaynlar juda ko'p, misol uchun: yirik kapitalli, nomdor bo'lgan "Ipak yo‘li banki" ning web saytidagi kredit olish bo‘limiga e'tibor qaratsak! Asosiy xatoliklar: 1. Yashil doira nima vazifa bajarishini tushunish qiyin, chunki, har bir element nima vazifa bajara olishini mijoz tushinishi kerak; 2. Yaxshiroq kontrastni vujudga keltirish uchun matn vazni bilan ishlash kerak. 3. Qancha muddatga? Qancha miqdorgacha? Savollar paydo boʻlganda bu oyna orqali javob topish qiyin. Yechim: 1. Yashil doirani o'z joyidan qoʻzgʻaztib qoʻyish kerak. Chapga yoki oʻnga surish orqali oʻzgartirish mumkinligni bildirish maqsadida; 2. Matn vazinlari toʻgʻrilandi. 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 11. Nov.
#lessismore#flayer#redesign 🖐🏻 Assalomu alaykum! Bugun ish bilan Ipak yoʻli bankiga borgandim. Eʻtiborsizlik tufayli marketolog ishi yoʻqqa chiqarilgan. Dizaynlashtirishga muhtoj flayerlarni koʻrib ular ustida ishlab koʻrishga qaror qildim! Asosiy xatoliklar: 1.Dizaynning bosh mavzu komissiya 0% ekanligi unitib qoʻyilgan, aslida eng muhim va e'toborli qismi aynan shu edi; 2.Matnlar tartiblanmagan, nomutanosib. Yechim: 1. Asosiy urg'uni 0% ga qaratdik; 2. Orqa fonni to'qroq qildik, mijoz uchun visual ko'rinishini oshirish maqsadida; 3. Matnlar muhimlilik darajasiga qarab typescale ishlab chiqildi. 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 28. Okt.
#foydali Dasturdan foydalanish uchun qisqacha qo'llanma! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 28. Okt.
#maqola " Oʻ " harfini qachon toʻgʻri yozamiz? 🖐🏻 Assalomu alaykum! Shu kunlarda juda koʻplab bannerlar, reklamalar, SMM postlar va dizayndagi matn qismida "oʻ" harfini notoʻgʻri yozilganini koʻrdim. Bu haqida uzoq yozishni istamadim. Yozish boʻyicha maslahatlarimni ulashmoqchiman. "Oʻ" harfini ʻ (okina) belgisini qanday yozsa boʻladi? 1. Alt+0145 klaviatura tugmalari kombinatsiyalari orqali (bitta belgi uchun besh tugma bosish noqulay); 2. Oʻzbek-lotin tipografik dasturini oʻrnatish orqali. P.S.: bu dasturni yaratgan Farhod Chinberdiyevga rahmat! Dasturni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin! 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags
Gepostet 26. Okt.
#lessismore Bugungi ishimizda Abad.uz saytini mahsulotlar bo'limini dizaynlashtirdik. Asosiy muammolar: 1. Card elementlari bir-biriga juda ham yaqin. 2. Rasmlar kattalashib ketgan; 3. Ortiqcha oraliq masofalarga ega; 4. Matnlar tartiblanmagan. Yechim: 1. Ajralib turishi uchun alohida cardlarga bo`lindi; 2. Matnlarni bir tomonga tekislandi; 3. Rasmlar markaz qilib joylandi. Professional yondashmadik, lekin qilgan kichik o`zgarishimiz ham qanday holatga olib kelgani ko`rdingiz. Sizlar ham bizga dizaynlashtirishga muhtoj "san'at asarlarini" jo'nating 🖊 Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz! Instagram | Telegram
Hashtags