Aktuelle Beiträge
S. 32 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 19. Dez.
O'ylab qarasam har oy kamida bitta kitob olish chellenjini qilyabman ekan.Endi e'tibor beribman o'zim ham)
Gepostet 17. Dez.
Uchinchi shedevrni ham tugatdim. Requiem for a dream - Orzular bilan vidolashuv. Film bekorga bunday nomlanmagan chunki filmda zararli narsalarga tobora bog'lanib qolib o'zlari yetishga qancha harakat qilmasin o'z orzularidan shunchalar uzoqlashib borayotgan…
Gepostet 15. Dez.
Севги-муҳаббат мавзусида гўзал асарларни яратган ижодкорлар, аслида ҳаётда ҳам шунақа гўзал туйғуларни бошидан кечирган дегани эмас. Бу худди, бирор фандан сени ўқитган ўқитувчини, нега ўқитадиган даражада зўр бўлса, ўзи олим бўлмаган деб ўйлашдек соддаликдир.
Gepostet 15. Dez.
Tushdan so'ng beelektrlik sabab besh soat uxlagandim endi esa uxlolmayabman.Qanday rasvo qanday ajoyib(
Gepostet 14. Dez.
Yana bilmadim.Balkim noto'g'ri fikrdir yoki boshqadir. Biror narsani gapirsa populist. O'sha narsani yozsa yozuvchi. Ha mayli nima bo'lsa ham dushanbaga kirib keldik)
Gepostet 14. Dez.
Kech kirganda miyaga kelgan fikrlardan. Mutolaa qiluvchi har qanday yozuvchilarimiz populist bo'lsachi deb o'ylab qoldim.Chunki nima deb yozishsa ham barisi to'g'ri kelaveradi)
Gepostet 14. Dez.
Insonni sevishdan ortiq san’atkorona ish yoʻq. Vinsent van Gog.
Gepostet 14. Dez.
Kitoblardagi eng yoqmaydigan narsalardan biri imloviy xatolar.Ilm-Ziyo-Zakovat nashriyoti tomonidan bosib chiqarilgan amerika fojiasi asarida asablarimni eng ko'p buzgan narsa shu bo'lyabdi hozirgacha. Keraksiz joylarda butun so'zlar chiziqlar orqali ikkiga ajratilinib ketilgan, so'zlardagi imloviy xatolar umuman olib qaraganda asarga nisbatan bu qadar xurmatsizlikni endi ko'rishim. Yana bir narsa aytib o'tish joiz.Ingliz tilidagi W harfidan boshlanuvchi ismlarni bilvosita UI qilib o'zgartirib bosib chiqarishlarini qoralayman.Kitobni boshida bitta ogohlantirish berib W harfi bilan ismni davom ettirishsa maqbul emasmikan o'zi.Originallikni buzish nega kerak xayronman.
Gepostet 14. Dez.
Bosqinchiliklarni Fath deb romantizatsiya qiluvchilar bilan gaplashadigan gapim yo'q.
Gepostet 12. Dez.
O'ylab qarasam 2025-yil unchalik yomon bo'lmadi yakunga esa tahminan 19 kun qoldi.Karantindan so'ng kirib kelgan kulrang davrdagi ilk ajoyib yillarimdan biri bo'ldi desam ham adashmagan bo'laman. .
Gepostet 12. Dez.
Inson yetilgani sayin avvallari fikrining o'zi uchun to'la turgan qismlari negadir sekinlik bilan bo'shay boshlaydi.Bu bo'shliqlarni to'ldirsakda baribir nimadir kamdek tuyulaveradi.Muammo shundaki bo'shliqni to'ldiruvchi aynan nimaligi noma'lum.
Gepostet 12. Dez.
Қўшнини болалари кўз олдимда дастурхонни теккислаб ташлаганини кўриб, ичимда: болани еганини гапирмайдию, лекин, бля бола бунчалик емайдиямда" деяпман.