TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT CHAT

Limit Of Humanity

@limitofhumanity

Politik

Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?

Abonnenten36Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge666Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite503Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 20 von 56 · 666 Beiträge

Gepostet 14. Feb.

)

43 views

Gepostet 14. Feb.

Bu mahal o'simliklar ekotizimini buzilishidan dastlab yirik o'txo'rlar keyinchalik go'shtxo'rlar birin ketin halok bo'la boshlashgan.Yirik jonzotlar halok bo'lishidan so'ng faqatgina ploretariat(aslida bu o'rta ishchi sinfni ifodalaydi lekin hozir o'rtacha kattalikdagi moslashuvchan jonzotlarni ifodalatyabman),kichik jonzotlar, ayrim qushlar va suvdagi amfibiya jonzotlar omon qolgan(menimcha).Hozirgacha tirik qolib yashab kelayotgan jonzotlarni asosini okean va suv muhitidagilar(timsoh) hamda qushlar, tez ko'payuvchilar va hozirgi parrandalarni misol tariqasida keltirish mumkin.

43 views

Gepostet 14. Feb.

Extimol ko'pchilik dinozavrlarni aynan bitta asteroid portlashi/urilishi yo'q qilib yuborgan deb hisoblasa kerak.Ha balkim bu episentrda bo'lishi mumkindir lekin butunlay yer yuzida dinozavrlarni yo'q bo'lib ketishiga sababchi aslida to'liq bu emas. Gap shundaki yerga urilgan asteroid yer yuzidagi geotizimni buzilishini keltirib chiqargan.Lavraziya(shimoliy amerika) materikidagi Yukatanga tushgan zarba ta'sirida atmosferani bir necha soatlar ichida tutunlar qoplab olgan va fotosintez to'xtab meksika ko'rfazidagi to'lqinlar mavjlanib boshqa qit'alarga ham sunami tarzida zarar yetkazgan(bunisi nazariya).Parallel ravishda sobiq Gondvana materigidan endi ayrilgan Hindiston(bu paytda afrikadan ajralib chiqqan orol)da Dekan vulqon otilishi sabab harorat oshib magma aerazollari havoga ko'tarilib atmosferani to'sishga o'z xissasini qo'shgan.

37 views

Gepostet 13. Feb.

So'nggi bir necha oyda bir odat shakllantirdim.Charchab uyga qaytgan kunlarim kechgi ovqatdan so'ng YouTubeda ko'nglim tusagan klip/taronani tomosha qiladigan bo'libman.Avvallari shunchaki playlist bo'yicha musiqalarni tinglardim va bu bir tarafdan bosh og'rig'ini…

39 views

Gepostet 13. Feb.

So'nggi bir necha oyda bir odat shakllantirdim.Charchab uyga qaytgan kunlarim kechgi ovqatdan so'ng YouTubeda ko'nglim tusagan klip/taronani tomosha qiladigan bo'libman.Avvallari shunchaki playlist bo'yicha musiqalarni tinglardim va bu bir tarafdan bosh og'rig'ini keltirib chiqarardi.Lekin YouTubeda unaqamas ekan, bir necha soat random extimol playlistdagi taronani tinglab tomosha qilish har qanday miyadagi og'irlikni bo'shatishga qodir ekanligini bildim.Ba'zi narsalar shunchaki qiziqish sabab ham miyaga yengillik bera olarkan menimcha... Bu narsa aslida juda primitiv narsa xuddikim kashf qilingan amerikani qaytadan kashf qilishdek gap.Shunchaki men buni endi o'rgandim va shu orqali o'zimni yanada baxtli xis qilyabman)

44 views

Gepostet 13. Feb.

Insonda circadian rythm/biologik soat degan narsa bor.Bu hammada yuz beradi lekin har xil vaqtda har xil vaziyatda.Kimlardadir nimqorong'ulikda bo'lsa kimlardadir boshqa holatda. Odatda bu ritmik takrorlanish menda har kuni kechgi soat 8-9 atroflarida yuz beradi.Bu mahal inson organizmida melatonin cho'qqiga chiqib kortizol kamayadi va uyquchanlik boshlanadi.Agarda shu holatda odam uyquga ketsa miriqib uxlashi mumkin lekin aksincha bu fazani o'tkazib yuborsa yana o'zining uyqusiz zadrot fazasiga qaytib qoladi.

42 views

Gepostet 13. Feb.

Devil: I am a fan of humans.

41 views

Gepostet 13. Feb.

Miyam shu qadar sokinlikka moslashganki hattoki film ko'ryotganimda ham har qanday shovqin qulog'imga kirsa fikran tizimlashtirayotgan g'oyalarimni rasvosi chiqishi mumkin.

46 views

Gepostet 12. Feb.

Gohida o'ylab qolaman.Insonga tiriklik chog'ida berilgan eng oliy jazo fikr va xotiramikan deb(

47 views

Gepostet 12. Feb.

Gohida o'ylab qolaman.Insonga tiriklik chog'ida berilgan eng oliy jazo fikr va xotiramikan deb(

41 views

Gepostet 12. Feb.

Overthinkingga berilib shu paytgacha qilgan xatolarim, gapirgan noto'g'ri gaplarimni eslab BLY* deb o'tirgan joyim... Rasmda marhum Bobbi Fisher (Robert Fischer)

42 views

Gepostet 12. Feb.

Metodistik va pedagogik talant hammada ham mavjud emas. Ammo bunday iste’dod egalarining g‘oyaviy sinishi ayanchli holat. Afsuski, bizda ko‘plab masalalar gohida moddiy manfaat bilan o‘lchanadi. Kasb tanlashda ham, universitetga kirishda ham, hatto tug‘ilish jarayonidayoq manfaat ko‘zlanishi mumkin. Ba’zi insonlar o‘z iste’dodini topolmay umr o‘tkazadi. Ammo o‘z yo‘lida talantga ega bo‘lganlarning ham yetarlicha qadrlanmasligi g‘oyaviy nurashni, kasbdan bezishni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Ayanchli jihati shundaki, talant materiya kabi:bordan yo‘q bo‘lmaydi, yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Biroq iste'dodni yetarli darajada baholanmasliki sabab kasbga nisbatan muhabbatdan tug‘ilgan nafratdan individlar o‘ziga yoqqan yo‘ldan butunlay voz kechadi. Aslida hamma ham jiddiy e’tirof talab qilmaydi.Ba’zan shunchaki mehnatni qadrlab, ko‘ngildan chiqqan bir og‘iz rahmat aytishning o‘zi kifoya bo'lishi mumkin...

38 views
12•••5•••10•••15•••1819202122•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5556