TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon Tumani Yoshlari

@shahrixonyoshlari

Nachrichten und Medien

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Shahrixon tumani boʻlimining rasmiy telegram sahifasi

Abonnenten863Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,014Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite5,487Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 57 von 85 · 1,014 Beiträge

Gepostet 26. Mai

#xushxabar 🎤Andijonda "Yoshlar ovozi" tanlovi yakunlandi 🎼 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Yoshlar ovozi" tanlovining Andijon viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning mahalla, sektor, tuman, shahar bosqichlarida saralangan yoshlar qatnashib, anʼanaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yoʻnalishlarida oʻz isteʼdodlarini yana bir bor namoyon etdilar. 🥇Quvonarlisi Viloyat bosqichining 16-21 yosh toifasida Estrada yoʻnalishida Shahrixonlik yosh Ikromov Boburjon Ixtiyorjon oʻgʻli gʻolib boʻlib tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 🇺🇿Yoshlar ishlari Shahrixon tumani jamoasi Boburjonni ushbu gʻalaba bilan muborakbod etadi. 😎@ShahrixonYoshlari

282 views

Hashtags

Gepostet 25. Mai

❤️‍🔥Samarqandda para triatlon bo'yicha Jahon kubogi o'tkazildi 😄 Kuni kecha Samarqand shahrida para triatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazildi. E’tiborlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan Shahrixon tumani Mullaboy MFYda yashovchi Kamola Axmadxonova shohsupadan joy oldi. 🥉 Ayollar o‘rtasida PTS 5 klassida startga chiqqan Kamola Axmadxonova bronza medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 🇺🇿Yoshlari ishlari Shahrixon tumani boʻlimi Kamola Axmadxonovani ushbu gʻalaba bilan muborakbod etadi. 😎@ShahrixonYoshlari

1,340 views

Gepostet 25. Mai

ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН! Азиз шаҳрихонликлар! ✅Бугун,2025 йил 25 май куни Шаҳрихон тумани Маслаҳаттепа маҳалласида жойлашган 32-мактабда ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ўтказиш мақсадида гала концерт бўлиб ўтади. ✅Гала концертда ҳалқимиз суйган таниқли санъаткорлар иштирок этади. ✅Барчангизни юлдузли кечага таклиф этамиз. ✅Бошланиш вақти: 18:00 👉🏻Тадбирга кириш бепул. ————— Шаҳрихон тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

282 views

Gepostet 24. Mai

🎓“Talabalar festivali” yakunlandi, lekin taassurotlar hanuz yuraklarda! 🎓🎓So‘nggi kunlarda siz bilan birga yurtimiz bo‘ylab talaba va yoshlar hayotining eng yirik hamda jonli lahzalarini yozdik: – innovatsion startaplar, – intellektual bellashuvlar, – madaniy ko‘ngilochar dasturlar, – xorijiy mehmonlar bilan uchrashuvlar, – va, albatta, minglab talaba yoshlar ishtiroki. Endi esa festivalning eng yorqin onlari barchasini bir videoda jamladik. Tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing! #TalabalarFestivali Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

286 views

Gepostet 24. Mai

🔔Maktablarda so'nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi 🔔 Bugun respublikamizning barcha maktablarida so'nggi qo’ng’iroq sadolari jarangladi. Xususan, Shahrixon tumanida joylashgan 57-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining bitiruvchi sinf o’quvchilari ham bugungi tadbirning asosiy qahramonlari bo'ldilar. 🎓 Bitiruvchi o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi o'qib eshittirildi. Shuningdek, o'quv yili davomida faol va tashabbuskor bo'lgan, tartibli xulqi-odobi bilan na'muna ko'rsatgan bir qator o'quvchilar va maktab muallimlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 😎@ShahrixonYoshlari

366 views

Gepostet 24. Mai

🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o’g’il-qizlarga tabrigi. #PrezidentTabrigi#Bitiruvchi2025 Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

265 views

Gepostet 23. Mai

👋Aziz yoshlar, qadrli bitiruvchilar! 🔔 "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirini unutilmas va betakror o'tkazishni istaysizmi? Kechani yorqin yulduzlar bilan yanada fayzli qilishga tayyormisiz? ✨ Unda 24-may kuni soat 18:00da Andijon shahridagi "Navruz Mall" savdo ko'ngilochar markazida Siz bilan uchrashamiz. Bu yerda Siz uchun unutilmas "Bitiruv kechasi" hozirlangan. 💫 Kechamiz yulduzlari: Massa, Abrobey, DJ Zoff va DJ Zacke! 💫"Bitiruvchi-2025" shousiga shoshiling! Do'stlaringizni ham taklif qiling! O'z bayramingizni zavq bilan bezang! 💯Shou MUTLAQO BEPUL!!! izning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

300 views

Gepostet 23. Mai

👨‍🌾Dehqonchilik ham san’at 🟢 O’zga yurtda o’z yurtingning tuprog’i oltin ekanini his qilasan. Ayniqsa bu tuproq sen uchun haqiqiy daromad manbai ekanini anglaganingda, maqsadlaringga yetish uchun o’z Vataning eng munosib joyligini tushunib yetasan. 🟢Qo’rg’ontepalik qahramonimiz - Xusniddin Jalilov ham yillar davomida xorijda ishlab kelgan. Yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan uyga qaythach prezidentimizning PQ-153-sonli qarori asosida 15 sotix yer olib, dehqonchilik qilishni boshlagan yigit bugun o’z mehnati ortidan yerdan yaxshigina daromad qilishni uddalamoqda. 🟢 “Dehqonchilik ham san’at, unga ham ilm va o’rganish kerak. Yerga mehr bersangiz, yer Sizga daromad beradi,”- deydi qahramonimiz. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

291 views

Gepostet 22. Mai

👀Tez fursatlarda … Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

291 views

Gepostet 22. Mai

📚 Kitob biznesidan foyda qoladimi? 🤩 "Qizlar akademiyasi"da oʻqib daromadga chiqqan qiz televideniyedagilarni hayratda qoldiribdi. Andijonlik "noodatiy tadbirkor" Nasibaxon Ibrohimova bilan suhbatning to'liq videosi quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. 👇👇👇👇👇 Videoga havola 🤩 Natijalarga "Qizlar akademiyasi" bilan erishing: Google Play | App Store Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

317 views

Gepostet 22. Mai

💫Harakatlar natijasiz qolmaydi ✨ Har bir yutuq ortida ulkan mehnat va mashaqqat bor. Ammo mehnatlar samarasini ko'rgach, inson ushbu mashaqqat uni faqat kuchli bo'lishga undaganini tushunib yetadi. ✨ Mehnatlari mevasini 14 yillik urinishlardan so'ng ko'rgan andijonlik Moxinurdan maqsad sari qo'yilgan qadamlar haqida eshitamiz. Yo'qotishlar, sinovlar va qat'iyat bilan erishilgan davlat mukofotining qadri va bu mukofot sohibasining qadriyatlari bugun barcha qizga o'rnak va ibrat bo'la oladi. Moxinur Sotvoldiyeva - "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

287 views

Gepostet 22. Mai

💫Ertalabki harakat – bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik uchun ham foydali odat. ✨ Har kuni ertalab badantarbiya qilish yoki piyoda yurishga odatlanish – sogʻlom turmush tarzining muhim qismidir. Bu oddiy ko‘rinadigan mashg‘ulotlar inson salomatligiga katta foyda keltiradi: ✅ Tana chiniqadi, immunitet kuchayadi. ✅ Kayfiyat ko‘tariladi, stress kamayadi. ✅ Yurak-qon tomir tizimi mustahkamlanadi. ✅ Energiya va ishchanlik ortadi. Yoshlar ishlari Shahrixon tumani bo’limi va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ham ish kunini "Sog'lom hayot uchun!" shiori ostida ertalabki yurish va badantarbiya bilan boshladilar. 😎@ShahrixonYoshlari

1,180 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••555657585960•••65•••70•••75•••80•••8485