TGINSIGHT CHAT
Shahrixon Tumani Yoshlari
@shahrixonyoshlari
Nachrichten und Medien🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Shahrixon tumani boʻlimining rasmiy telegram sahifasi
Aktuelle Beiträge
S. 2 von 85 · 1,014 Beiträge
Gepostet 15. Mai
✔️Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi Akmaljon Tangirqulovning Andijon yoshlariga murojaati Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 15. Mai
🟥🟥 ⚫️"Shijoat va g'ayrat" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi doirasida ishtirokchilar 5-shart orqali AK-74 (Kalashnikov avtomati)ni toʻliq va notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish jarayonini amalga oshirmoqda. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 15. Mai
Andijon yoshlarini koʻring * https://www.instagram.com/reel/DYW6Jtbs5i8/?igsh=MXN4OG1panY3Z2NxNg==
Gepostet 14. Mai
https://www.instagram.com/reel/DYR4fyUsziQ/?igsh=c2VrbXBxeDNnNjQz
Gepostet 14. Mai
#oav_nigohida ✔️ “Yangilanish shiddati" ko'rsatuvining bu galgi sonida Andijonlik yoshlar faoliyatiga nazar solindi 📺TV: “O'zbekiston-24" Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Hashtags
Gepostet 14. Mai
ISTE’DODLI MUALLIFLAR UCHUN TANLOV! Siz iste’dodli shoir, yozuvchi, dramaturg yoki ssenaristmisiz? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi iste’dodli mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib moliyaviy sharoit yaratish maqsadida maxsus tanlov e’lon qiladi. Saralangan ishtirokchilarga 1 yilgacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda haq to‘lanadi. Arizalar 15-apreldan 15-mayga qadar quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi. 👉 Ariza berish Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. @kitobxonlikkengashi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 13. Mai
✔️Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun tashkil etilgan shaxmat musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. ⚫️Musobaqa jarayonlaridan yorqin lavhalar. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 13. Mai
🔺Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi ♟ Bilim va zakovat timsoli bo‘lgan shaxmat sport turi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z nihoyasiga yetdi. ✅ Mazkur nufuzli musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli shaxmatchilar o‘zaro dona surib, aql-zakovati, sabr-toqati hamda mustahkam irodasini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘lib, ishtirokchilarning intellektual salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi. 🏆 Chempionat yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Marhamat tumani jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy diplom, medal, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur musobaqa yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bizning sahifalarimiz: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagam | 🎞Youtube| 🌐Web-sayt
Gepostet 13. Mai
✔️Andijonda yoshlar ovozi yangradi ⚫️Andijonda “ Yoshlar ovozi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda mahalla bosqichlarida 40 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular orasidan saralangan 113 nafar iste’dod egasi viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. ⚫️Ishtirokchilar an’anaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etib, tomoshabinlar va hakamlar hay’atining olqishiga sazovor bo‘ldi. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. ⚫️G'oliblar bilan tanishing! 🟢An’anaviy ijro yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Umarov Ilyosbek (Andijon shahar); 16-22 yosh toifasida Abdumuxtorova Odina (Jalaquduq tumani); 23-30 yosh toifasida Sultonov Sirojiddin (Jalaquduq tumani). 🟢Estrada yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Shokirjonova Rayyona (Andijon shahar); 16-22 yosh toifasida Xolmatov Ahliddin (Marhamat tumani); 23-30 yosh toifasida Jamshidov Kamron (Buloqboshi tumani). 🟢Opera yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Arziboyev Abdulaziz (jalaquduq tumani); 16-22 yosh toifasida Ismoiljonov Sarvar (Andijon shahar); 23-30 yosh toifasida Muxtarova Yulduz (Asaka tumani). 🟢Baxshichilik yo‘nalishi: 16-22 yosh toifasida Jiyanbayeva Salime (Xo‘jaobod tumani); 23-30 yosh toifasida Gulboyev Samandar (Andijon tumani). Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 12. Mai
✔️"Mobilograflar maktabi"ning yangi mavsumi boshlanyapti! ⚫️Kontent yaratishga qiziqasizmi? Telefoningiz orqali sifatli video olish, kadr tanlash, montaj qilish va ijtimoiy tarmoqlar uchun kreativ roliklar tayyorlashni o‘rganmoqchimisiz? Unda aynan siz uchun “Mobilograflar maktabi” loyihasining 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda! ⚫️Darslar 13-maydan 26-mayga qadar Andijon shahridagi Yoshlar markazida malakali mutaxassislar tomonidan intensiv tarzda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etiladi. ⚫️Mashg‘ulotlar ikki smenada bo‘lib o‘tadi: 🟢 1-smena — 10:00 dan 12:00 gacha, 🟢 2-smena — 14:00 dan 16:00 gacha. ⚫️Darslarda ishtirok etishni istagan 18–30 yoshdagi barcha yoshlarni 13-may kuni soat 9:30 da, shuningdek, ikkinchi smena uchun 13:30 da Andijon shahridagi Yoshlar markazida kutamiz. ⚫️Eng muhimi, o‘quv kursi xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. ⚫️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — zamonaviy kasbni tez va sifatli o'rganing! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 11. Mai
✅✅✅✅✅✅ ✔️O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun shaxmat bo‘yicha nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida viloyat chempionati bo'lib o'tadi ⚫️Musobaqada ishtirok etishni istagan barchangizni ushbu nufuzli shaxmat chempionatida faol qatnashishga taklif qilamiz! ⚫️Sana: 2026-yil 13-may (chorshanba kuni) ⚫️Boshlanish vaqti: soat 09:00 ⚫️Joy: Andijon shahri, "Universal" sport majmuasi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube
Gepostet 8. Mai
✔️Xotira — muqaddas, qadrlash — ezgu burch ⚫️9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Bolalar tashkiloti Andijon viloyat bo‘linmasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan kuch tuzilmalari hamkorligida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida Andijon shahrida yoshlar paradi o‘tkazilib, unda oliy ta’lim muassasalari talabalari, harbiy-vatanparvar yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. ⚫️Shuningdek, Navruz Mall savdo markazida madaniy dastur namoyish etilib, unda Vatan ravnaqi, tinchlik va ajdodlar xotirasini ulug‘lashga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari hamda badiiy kompozitsiyalar ijro etildi. Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt tinchligini qadrlash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube