TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← “MUNIS” World Bank Project
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT POST

Post #583

@Munis_Project

“MUNIS” World Bank Project

Views514Post view count
PostedFeb 1602/16/2026, 09:32 AM
Post content

Post content

#MUNIS O‘pka kasalliklarini soniyalar ichida aniqlaydigan aqlli tizim Bugungi kunda radiologlar yetishmovchiligi va ish yuklamasining yuqoriligi o‘pka kasalliklarini erta aniqlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. X-Ray AI Expert loyihasi ushbu muammoni hal qilish uchun sun’iy intellekt asosida ko‘krak qafasi rentgen tasvirlarini avtomatik tahlil qilish tizimini taklif etadi. Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ushbu texnologiya chuqur neyron tarmoqlari yordamida 90% dan yuqori diagnostik aniqlikka erishdi. Loyiha doirasida shakllantirilgan klinik ma’lumotlar bazasi va amaliyotga joriy etilgan raqamli platformalar (web-portal, mobil ilova va Telegram bot) shifokorlar uchun ishonchli “ikkinchi fikr” vazifasini bajaradi. Tizim skrining jarayonlarini tezlashtirish va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish orqali o‘pka patologiyalarini erta bosqichda aniqlash hamda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn