TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT CHAT

“MUNIS” World Bank Project

@Munis_Project

Education

MUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB. Website: https://wbgrants.uz

Subscribers683Current channel subscribers
Tracked posts211Indexed post count
Recent reach6,304Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Tag: #munis · 10 posts

当前筛选 #munis清除筛选

Posted Mar 18

#MUNIS 🚜Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti zamonaviy agro-kombayn bilan ta’minlandi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasidagi PRIM granti hisobiga yangi LOVOL RG 130 agro-kombaynini xarid qildi. Ushbu texnika institutning moddiy-texnik bazasini yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va sinovlari bilan bog‘liq dala ishlarini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. LOVOL RG 130 kombayni yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, hosilni turli dala sharoitlarida sifatli yig‘ib olish imkonini beradi. Bu institutga tajriba maydonlaridagi ekinlarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish va ilmiy tadqiqotlarning aniqligini ta’minlashga yordam beradi. PRIM grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday modernizatsiya ishlari ilmiy tashkilotlar infratuzilmasini yangilash bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

347 views

Hashtags

Posted Feb 16

#MUNIS O‘pka kasalliklarini soniyalar ichida aniqlaydigan aqlli tizim Bugungi kunda radiologlar yetishmovchiligi va ish yuklamasining yuqoriligi o‘pka kasalliklarini erta aniqlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. X-Ray AI Expert loyihasi ushbu muammoni hal qilish uchun sun’iy intellekt asosida ko‘krak qafasi rentgen tasvirlarini avtomatik tahlil qilish tizimini taklif etadi. Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ushbu texnologiya chuqur neyron tarmoqlari yordamida 90% dan yuqori diagnostik aniqlikka erishdi. Loyiha doirasida shakllantirilgan klinik ma’lumotlar bazasi va amaliyotga joriy etilgan raqamli platformalar (web-portal, mobil ilova va Telegram bot) shifokorlar uchun ishonchli “ikkinchi fikr” vazifasini bajaradi. Tizim skrining jarayonlarini tezlashtirish va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish orqali o‘pka patologiyalarini erta bosqichda aniqlash hamda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

514 views

Hashtags

Posted Nov 28

#xalqaro_hamkorlik #innovatsion_hududlar #Yoshlar_texnoparklari #MUNIS Innovatsion ekotizim bo‘yicha Vengriya tajribasi o‘rganilmoqda Ayni kunlarda Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari, Respublikamizning innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududlardagi innovatsion rivojlanish shu’balari mudirlari hamda yoshlar texnoparklari rahbarlari Vengriya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xizmat safari innovatsion ekotizimga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

800 views

Hashtags

Posted Nov 27

#MUNIS Sholi chiqindisidan innovatsion biologik ozuqa ishlab chiqarilmoqda O‘zbekistonda sholi qobig‘idan foydalanilgan holda fermentatsiya texnologiyasiga asoslangan tejamkor CBFeed biologik ozuqaviy qo‘shimchasi ishlab chiqarilmoqda. Ushbu texnologiya jahon miqyosida tan olingan bo‘lib, hozirda 30 ta davlatda patentlangan. Loyiha Jahon Bankining “MUNIS” dasturi doirasida 580 ming AQSH dollari, shuningdek, xususiy sektor tomonidan qo‘shimcha 150 ming AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan. Korxonada hozirgi kunda ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 8–10 tonnani tashkil etmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

521 views

Hashtags

Posted Oct 27

#MUNIS Growz fermerlarning sun’iy intellekt asosida ishlovchi yordamchisi! “MUNIS” loyihasi doirasida moliyalashtirilgan mazkur mobil ilova yordamida dala maydonlari holatini tahlil qilish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish yuzasidan tavsiyalar olish, hosildorlikni oshirish, shuningdek, agro-kimyo mahsulotlarini birinchi qo‘ldan xarid qilish mumkin. Startap o‘zining har bir foydalanuvchisi uchun agronomik taqvim, onlayn agronom, real vaqt rejimida ishlovchi maslahatchi vazifasini o‘tashi mumkin. Platformani Google Play va Apple Store orqali yuklab olish imkoniyati mavjud. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

530 views

Hashtags

Posted Oct 13

#InnoWeek_2025 #MUNIS “InnoWeek-2025” – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “MUNIS” loyihalari bilan 3 ta oldi-sotdi shartnoma imzolandi. Haftalik ko‘rgazmasida “MUNIS” loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan 38 ta innovatsion ishlanma, mahsulot va xizmatlar namoyish etildi. “MUNIS” loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan ishlanmalar ko‘rgazmasi davomida umumiy qiymati sal kam 1,4 mlrd so‘m miqdorida jami 3 ta oldi-sotdi shartnoma imzolandi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

574 views

Posted Jun 16

#MUNIS 📢 ICP dasturi ishtirokchilari e’tiboriga! MUNIS Akseleratsiya dasturi va Demo Day uchun arizalar qabul qilinmoqda! Bu (innovasion yondashuv yoki mahsulotga ega bo‘lgan) ishtirokchilar uchun investisiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va mutaxassislardan amaliy yordam olish uchun ajoyib imkoniyatdir. ✅ 3 oylik dastur ✅ Xalqaro mentorlar va shaxsiy trekerlar ✅ Yo‘qori darajadagi Demo Day tadbirida ishtirok etish imkoni 🔗 Ariza yuborish muddati: 2025 yil 17 iyungacha Ariza shakli (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc0fmPz-oyCDE4SprJ92WIEamE1lmPMiRRldVhnfbfwgIndZw/viewform) MUNIS 2da 40 ta tanlangan startapdan biri bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀 Google Docs MUNIS Acceleration program and DemoDay Selection of participants; ICP Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

731 views

Hashtags

Posted May 28

#MUNIS Shahrisabzda “Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va o‘rta biznesni keng qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi Unda “MUNIS loyihasi natijalari va istiqbollari: startap ekotizimi ishtirokchilari bilan ochiq muloqot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

844 views

Hashtags

Posted May 21

#MUNIS O‘zbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik ilmiy izlanishlarni takomillashtirish bo‘yicha bepulo‘quv dasturiga start berildi. Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” o‘quv dasturining saralash bosqichlari boshlandi. 🌐 Batafsil Batafsil ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin. +998933225689 +998951705995 📧:[email protected] Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

802 views

Hashtags

Posted May 20

#MUNIS Growz fermerlarning raqamli yordamchisi Growz sun’iy intellekt asosida fermerlarga tanlangan yer maydonlari bo‘yicha zararkunandalar va kasalliklar yuzasidan ma’lumot taqdim etadi. 🌐Batafsil ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ❗️Platformaga oid statistika: 🟢Yuklab olishlar - 10,000+ 🟢Ro‘yxatdan o‘tgan fermerlar - 2,600+ 🟢Chatbotdagi murojaatlarga javob - 200+ 🟢Agro-ta’minotchilar - 300+ Growz – bu barqaror qishloq xo‘jaligining raqamli kelajagi! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

641 views

Hashtags