TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← “MUNIS” World Bank Project
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT POST

Post #584

@Munis_Project

“MUNIS” World Bank Project

Views347Post view count
PostedMar 1803/18/2026, 05:05 PM
Post content

Post content

#MUNIS 🚜Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti zamonaviy agro-kombayn bilan ta’minlandi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasidagi PRIM granti hisobiga yangi LOVOL RG 130 agro-kombaynini xarid qildi. Ushbu texnika institutning moddiy-texnik bazasini yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va sinovlari bilan bog‘liq dala ishlarini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. LOVOL RG 130 kombayni yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, hosilni turli dala sharoitlarida sifatli yig‘ib olish imkonini beradi. Bu institutga tajriba maydonlaridagi ekinlarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish va ilmiy tadqiqotlarning aniqligini ta’minlashga yordam beradi. PRIM grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday modernizatsiya ishlari ilmiy tashkilotlar infratuzilmasini yangilash bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn