TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Alternative | 19+ avatar

TGINSIGHT CHAT

Alternative | 19+

@alternative_idea

Humor and entertainment

Subscribers41Current channel subscribers
Tracked posts51Indexed post count
Recent reach1,335Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 5 of 5 · 51 posts

Posted Mar 26

Bolaligimda har yili yozda 6-7 ta kitob sotib olishim uchun ota-onam pul berardi. Borib oʻzim xohlagan kitoblarni olardim, yozgi kanikul davomida oʻsha kitoblarni ermak qilardim. Tez tugatib qoʻysam, amakimni uyida kitoblar boʻlar edi, shularni olib oʻqirdim. Tarixiy kitoblarni togʻam ulashardi. Xullas, shunday qilib yozdan chiqib olardim. Juda boʻlmasa baʼzi kitoblarni qayta oʻqirdim. Kamolot va Yoshlar kutubxonasi ruknida nashr etilgan kitoblarni orqasida, shu ruknga tegishli boshqa kitoblar haqida maʼlumot boʻlar edi, ularni oʻqib oʻzim uchun "wishlist" qilar edim. Oʻsha kitoblarning qadri men uchun rosa baland edi. 8-sinf vaqtim Otam Dostoyevskiyning "Telba" sini Qarshidagi Sharq Ziyokori doʻkonidan 32.000 ga olib bergan edi, 7 yil oʻtdi shundan beri. Haliyam olgan vaqtimdagi xursandchilik esimda. Bugun hisoblab koʻrdim 2025-yil hisobidan 70 tadan koʻproq kitob sotib olibman, oʻqiganim 10 ta ham emas. Koʻnglim ham toʻlmaydi. Butun yil davomida 6-7 ta olgan kitobiga xursand bola boʻlgim keladi, baʼzan.

719 views

Posted Mar 24

616 views

Posted Mar 10

Channel created

views
PreviousPage 5 of 5Next