TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Alternative | 19+ avatar

TGINSIGHT CHAT

Alternative | 19+

@alternative_idea

Humor and entertainment

Subscribers41Current channel subscribers
Tracked posts51Indexed post count
Recent reach6,812Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 4 of 5 · 51 posts

Posted May 25

Ellarga sochildi elatim, Qashshoqlik, johillik - illatim... Oʻzliging qolgaymi, millatim Yigʻlayman, Yig'layman... Aqllar, ne alplar ketmoqda, Chidolmas pok qalblar ketmoqda, Toʻp-toʻplar, saf-saflar ketmoqda... Yigʻlayman, Yigʻlayman... Qolganlar: «Biz zoʻrmiz...» - deyishar... Qolganlar bir-birin yeyishar... Qolganlar isyonin tiyishar... Yigʻlayman, Yigʻlayman... Bu millat buncha qad bukkan-a... Bu illat qayoqdan tekkan-a?! Koʻzyosh ham sob boʻlmas ekan-a... Yigʻlayman, Yigʻlayman, Yigʻlayman... - Gulchehra Nur

433 views

Posted May 16

454 views

Posted May 12

455 views

Posted May 9

512 views

Posted May 6

Nafas ololmaysan, yoʻlda erkin yurolmaysan, gapirolmaysan. Ha bu erkinlik!

512 views

Posted May 6

Bolalar oʻlib ketaversin. Bu qora xalq yana tugʻaveradi-ku. Piyodalar oʻtish yoʻlakchasida ham urib ketasanlarmi? Bir uyum temir-tersaging bilan qoʻshmozor boʻl. Oʻsha aravang bilan qoʻshilib yonib yoʻq boʻlib ket.

472 views

Posted May 5

Yana bular AES quradi. Bitta konni eplolmagan ongsizlar, Oʻzbekistonning oʻrtasiga yadro "bomba" qoʻyadi. Suringlar.

501 views

Posted May 5

Yangi Oʻzbekiston. Osmonimiz musaffo. Hech qanday xavf yoʻq. Hammasi ajoyib. Odamlar esa oʻlib ketaversin. Rasm Boysundan

555 views

Posted Apr 28

Toʻrtinchi bor qayta oʻqib tugatdim. Insoniyat tarixida bundan buyukroq asar yaratilmagan.

1,030 views

Posted Apr 28

Patning koʻz yoshlari yuragimga tomchilar va undan qon boʻlib chiqayotgandi. - Remark (Uch ogʻayni)

463 views

Posted Apr 16

Platonning – G‘or allegoriyasi Tasavvur qiling, bir guruh odamlar bolalikdan boshlab chuqur bir g‘or ichida yashaydi. Ular oyoq-qo‘llari va bo‘yinlaridan zanjirlangan bo‘lib, faqat oldinga qaray olishadi. Orqalarida katta olov yonib turadi. Bu olov va ular o‘rtasida esa turli narsalarni ko‘tarib yuradigan odamlar bor. Lekin g‘orda yashovchilar faqat devorga tushayotgan soyalarni ko‘rishadi va ularni haqiqiy narsa deb o‘ylashadi. Ular uchun soyalarning dunyosi yagona haqiqatdir. Ular bir umr shunday yashashgan, shuning uchun bu haqiqat ekaniga shubhalari yo‘q. Lekin bir kuni mahbuslardan biri tasodifan ozod bo‘lib qoladi. Avvaliga u orqaga qarab, olovni va uning oldidagi haqiqiy narsalarni ko‘rib, hayratda qoladi. Boshida ko‘zlari qorong‘ulikka o‘rganganligi uchun nur unga og‘riq keltiradi, lekin asta-sekin u haqiqiy narsalarni tushunib yetadi. Keyin u g‘ordan tashqariga chiqadi va quyoshni ko‘radi. Avval boshida u ko‘rolmaydi, chunki yorug‘lik uning ko‘zlarini qamashtiradi. Lekin asta-sekin u dunyoni asl shaklida ko‘ra boshlaydi: haqiqiy daraxtlar, hayvonlar, osmon va quyoshni. Shunda u tushunib yetadi: soyalar yolg‘on bo‘lib, haqiqiy dunyo g‘ordan tashqarida ekan. Bu mahbus o‘zining eski do‘stlari oldiga qaytishni xohlaydi. Ularni ogohlantirish va haqiqatni ko‘rsatish uchun. Ammo u g‘orga qaytganida, ichkaridagi zulmat ko‘zlariga ta’sir qilib, u avvalgidek aniq ko‘ra olmay qoladi. G‘ordagilar esa bundan kulishadi va unga ishonishmaydi. Ular uni ahmoq deb o‘ylashadi va hatto unga qarshi chiqishadi, chunki ular soyalar bilan yashashga o‘rganib qolgan va haqiqat ularga yoqmaydi.

699 views

Posted Apr 6

ТУРКИЙЛАР Қиличин ташлади беклар ниҳоят, босилди тулпорлар, тиғлар сурони, урҳога ўрганган тилларда оят, туркийлар таниди комил худони. Қиличлар занглади… фалокат ҳушёр, туркийлар қувватин берди ерларга. Ҳийлагар дўстлардай яқинлашди ёв комиллик қидирган жасур эрларга. Илвасин йигитлар, бобир йигитлар, саждага бош қўйди ёвга терс қараб, ғулларни кемириб йиғлади итлар, буюк бошни кесди қилич ярақлаб. Туркда бош қолмади… қолмади довлар. хотин-халаж қолди мотам кўтариб, «бизга тик қарама» буюрди ёвлар, ёвларга терс қараб яшади бари. Таланди самовий тулпор уюри, таланди зарлари, зебу забари, терс қараб ўлинг деб ёвлар буюрди, ёвларга терс қараб жон берди бари. Лаҳадга кирдилар ўзларин қарғаб, қолмади арабий, туркий хатлари, туғингиз деди ёв тескари қараб, ёвларга терс қараб туғилди бари. Туғилди, туғилди, туғилди қуллар, қирқида қирилган — имдодга муҳтож, ёвларга терс қараб итлардай ҳурар, бир-бирига душман, бир-биридан кож. Жўмардлар қирилган Туронзаминда дўзахий тажриба палласин кўрдим: эшшак суврати бор қай бир қавмда, қай бирида тўнғиз калласин кўрдим. Бу ҳолдан буваклар бўғилиб ўлар, қул Билол эзилиб йиғлар фалакда… Ўзларин ёндирар борлиқдан тўйган Бадахшон лаълидай асл малаклар. Мўминлар беш бора Аллоҳни эслар саждага бош қўйиб жаллод тошига. Ўгрилиб сал ортга қарайин деса, бошига урарлар, фақат бошига. Борми эр йигитлар, борми эр қизлар, борми гул бағрингда жўмард нолалар, борми бул туфроқда ўзлигин излаб, осмону фалакка етган болалар. Бор бўлса, аларга еткариб қўйинг, бир бошга бир ўлим демаган эрмас, шаҳидлар ўлмайди, бир қараб тўйинг: Ёвга терс қараган мусулмон эмас! Ёвга терс қараган мусулмон эмас! Ёвга терс қараган мусулмон эмас! Ёвга терс қараган мусулмон эмас! Ёвга терс қараган мусулмон эмас! Шавкат Раҳмон

726 views