TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GitHub Trends

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @githubtrending · Post #15421 · Jan 18

#python#audio#deeplearning#minicpm#python#pytorch#speech#speech_synthesis#text_to_speech#tts#tts_model#voice_cloning VoxCPM is a free, open-source TTS tool that turns text into realistic speech without tokens, creating expressive audio that matches context and clones voices perfectly from just 3-10 seconds of sample. Download VoxCPM1.5 (800M params) from Hugging Face, install via pip, and use simple Python or CLI commands for fast synthesis (RTF 0.15 on RTX 4090) or fine-tuning your own voices. You benefit by easily making natural audiobooks, podcasts, clones, or apps with pro-quality sound—saving time and costs on voice work. https://github.com/OpenBMB/VoxCPM

Results

31 similar posts found

Search: #koinot

当前筛选 #koinot清除筛选
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14987 · 05/04/2026, 07:23 PM

🚀NASA “Artemida-2” missiyasida 12 mingdan ortiq fotosuratni e’lon qildi 🧑‍🚀 Astronavtlar parvoz davomida Yer, Oy, koinot va “Orion” kemasining ichki qismlarini suratga olgan. 📸 Qiziq jihati — suratlar Nikon Z9, Nikon D5 va hatto iPhone 17 Pro Max orqali olingan. 🛰Har bir rasm bilan birga to‘liq ma’lumot va metadata ham joylangan. 📏 Missiya davomida ekipaj 406,7 ming km masofaga uzoqlashib, inson uchun yangi rekord o‘rnatgan. ➡️#koinot | Birinchi IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14425 · 10/10/2025, 03:06 PM

🛰Kosmosdan olingan videolarda XKS (Xalqaro kosmik stansiya) juda sokin ko‘rinadi. 🧑‍🚀 Ammo u harakatlanayotgan haqiqiy tezlik — soniyasiga 7,66 kilometr — faqat Yer yuzasi bilan solishtirilganda ayon bo‘ladi. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14294 · 09/08/2025, 01:03 PM

🚀 11-sentabr kuni «Progress MS-32» Qozog'istonning Bayqo‘niridan XKSga uchadi ℹ️ Bortga qariyb 3 tonna oziq-ovqat, yoqilg‘i hamda ekipaj va tadqiqotlar uchun zarur zaxiralarni yetkazadi. «Zvezda» moduliga qo‘nishi 13-sentabr kuni Sharqiy vaqt bilan 13:27 ga belgilangan. Kema stansiyada qariyb olti oy qoladi va chiqindilarni olib ketadi. Bu «Progress»ning XKSga yuborilgan 96-missiyasidir.9-sentabr kuni avvalgi «Progress MS-21» stansiyadan ajratiladi. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14238 · 08/18/2025, 04:23 AM

☀️ Quyoshda gigant “koronal teshik” tez sur’atlar bilan kengaymoqda! ℹ️ So'nggi bir sutkada quyoshning Yerga qaragan qismida joylashgan katta teshik 50 % ga kattalashdi. Ushbu mintaqadan kelayotgan quyosh shamoli 800–900 km/s tezlikka yetishi kutilmoqda. Bu odatdagidan 2–2,5 marta yuqori bo‘lib, yaqin kunlarda geofizik muhitga o‘zgarish olib kelishi mumkin. 🚨 Nima bo‘lishi mumkin: - Geomagnit bo‘ronlar, ya’ni G1 darajasidan yuqoriroq kuchga ega bo‘lishi ehtimoli. - Avvalo shamol energiyasi kuchayishi bilan sun'iy yo‘ldoshlar, radioaloqa, navigatsiya tizimlariga ta’sir bo‘lishi mumkin. 🌍 Biroq hozircha yaqin damlarda Yerning magnitosferasi nisbatan barqaror qolishi aytilmoqda. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14159 · 07/17/2025, 05:07 AM

🛰Astrofotograf Oy, Quyosh va boshqa yulduzlar fonida XKS ning o'tib ketishini tutib, tasvirga oldi ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14114 · 06/25/2025, 03:55 AM

🚀 Yerdan tashqariga kvant kompyuteri olib chiqildi! 🛰 2025-yil 23‑iyunda SpaceX Transporter‑14 raketasi yordamida Falcon 9 orqali orbitaga fotonsiz kvant kompyuter olib chiqildi — bu birinchi real kvant hisoblash tizimi bo‘lib, u taxminan 550 km balandlikda joylashadi. 🧪 Qurilma shoebox o‘lchamida, nemis Airbus DLR laboratoriyasida to‘g‘ridan‑to‘g‘ri 11 kunda yig‘ildi va radiatsiya, harorat o‘zgarishi hamda vibratsiyalarga bardosh berishi uchun mo‘ljallangan. ⚙️ Endi ma'lumotni orbitada tahlil qilish mumkin — bu Yerga yuborishda kechikishni ancha qisqartiradi. Bu tadbir kvant texnologiyalarini kosmosda ishlatishda inqilob bo‘lib, orbitadagi sun’iy intellekt, xavfsiz aloqa hamda ilmiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14033 · 05/11/2025, 04:09 AM

🛰 Kosmos-482: 53 yillik orbitadan so‘ng Yerga qaytdi ℹ️ 1972-yildaSovet Ittifoqi tomonidan Venera sayyorasini o‘rganish maqsadida uchirilgan Kosmos-482 kosmik apparati 2025-yil 10-may kuni Yer atmosferasiga nazoratsiz tarzda kirib, Hind okeaniga tushdi. Diametri ~1 metr bo'lgan apparat titan qobiqdan iborat bo'lib, yuqori harorat va bosimga chidamli. 🌎 Apparatning asosiy qismlari 1970-yillarda Yerga qaytgan bo‘lsa-da, qo‘nish moduli orbitada qolgan edi. Bu modul 53 yil davomida Yer atrofida aylanishda davom etdi. 🌊2025-yil 10-may kuni Toshkent vaqti bilan 11:24 Indoneziya yaqinidagi Hind okeani, Jakarta shahridan g‘arbda, taxminan 560 km masofaga quladi. Apparatning mustahkam tuzilishi sababli, uning ba'zi qismlari atmosferadan o‘tishda butunligicha saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. ⚠️ Mutaxassislar ushbu hodisa odamlar yoki infratuzilmalarga jiddiy tahdid solmaganini ta'kidladilar. Kosmos-482'ning tushishi kosmik chiqindilar muammosiga yana bir bor e'tibor qaratdi. 👉#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13958 · 04/24/2025, 02:02 PM

🚀 NASA “Hubble” teleskopining 35 yilligi munosabati bilan to‘rtta yangi suratni e’lon qildi 📅 Teleskop 1990-yil 24-aprelda ishga tushirilgan. - Mars surati, unda sayyoraning shimoliy qutb muz qoplamasi yaqqol ko‘rinadi. - Gul shaklidagi “Rozetka” tumanligi — chang bilan to‘ldirilgan qorong‘i bulutlar bilan qoplangan. - NGC 2899 tumanligi, kapalak qanotlariga o‘xshash shaklga ega. - NGC 5335 spiral galaktikasi, markazida o‘ziga xos ko‘prik (bar) bilan ajralib turadi. 🎥#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13533 · 12/28/2024, 09:00 AM

🛰 NASA kosmik zondi uzoq muddatli uzilishdan so‘ng Yer bilan aloqani tikladi ℹ️ Buning sababi zondning texnik nosozlikka uchragani bo‘lib, mutaxassislar uni masofadan turib qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. 🌌 Ushbu qurilma samoviy jismlarni kuzatish, jumladan, asteroidlar va boshqa fazoviy obyektlar xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Zond Yerdan millionlab kilometr uzoqlikda, Quyosh tizimi hududida o‘z parvozini davom ettirmoqda. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13525 · 12/25/2024, 05:39 AM

🛰Xalqaro kosmik stansiya (MKS) faoliyatini to‘xtatish muddati bo‘yicha NASA va "Roscosmos" o‘zaro kelishuvga erishdi. Kutilishicha, stansiya 2030-yilgacha ishlashda davom etadi. ⚙️ Uzoq hamkorlikdan so‘ng, ESA, JAXA kabi agentliklar ham MKS'ning yopilishi haqida xabardor qilindi. Bundan so‘ng, orbitada yangi loyihalar va boshqa stansiyalar rejalashtirilishi mumkin. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13485 · 12/07/2024, 07:59 AM

🔭 Hubble teleskopi kvasarning eng sifatli suratini oldi ✨Hubble kosmik teleskopi olimlarga 3C 273 kvasarini misli ko‘rilmagan aniqlikda kuzatish imkonini berdi. Bu kvasar 2,5 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va Quyoshdan ham yorqinroq nur sochadi. 🚀 Yangi tasvirlar kvasar markazidan chiqayotgan 300 000 yorug‘lik yili uzunlikdagi plazma oqimini ko‘rsatadi. Ushbu oqim deyarli yorug‘lik tezligida harakatlanadi. ℹ️ Olimlar kvasar atrofida turli o‘lchamdagi dog‘lar va L shaklidagi tuzilmalarni aniqlashdi. Bu tuzilmalar kvasar yaqinidagi kichik galaktikalar bo‘lishi mumkin. 📖 Ushbu kashfiyot kvasarlarning shakllanishi va rivojlanishini chuqurroq tushunishga yordam beradi. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13432 · 11/23/2024, 07:01 AM

🚀 Blue Origin: koinotga to'qqizinchi partiya sayyohlar yuborildi ℹ️ Blue Origin kompaniyasi New Shepard kemasida to‘qqizinchi marta kosmik turistlarni suborbital parvozga olib chiqdi. Ekipajda olti kishi bo‘lib, ulardan ikkitasi — Mark va SharonHagle — 2022-yil mart oyida ham parvoz qilgan edi. 🌟 Ushbu parvozda Emili Kalandreli — muallif va teleko‘rsatuv boshlovchisi — kosmosga uchgan 100-ayol bo‘ldi. 🛰 Bu missiya yangi kapsula va tezlatkich yordamida amalga oshirildi, kelajakdagi parvozlar uchun sinov sifatida. Raketa Texasdagi Launch Site One maydonchasidan uchirilib, taxminan 10 daqiqadan so‘ng muvaffaqiyatli qo‘ndi. ➡️#koinot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

PreviousPage 1 of 3Next