#cplusplus
Pyrite64 is an open-source visual editor and engine for creating 3D games that run on real Nintendo 64 consoles or accurate emulators. It uses community libraries like Libdragon and tiny3d instead of proprietary Nintendo SDKs, avoiding legal complications. The tool features automatic toolchain installation, Blender model importing, HDR and bloom rendering, and a node-graph editor for scripting. You benefit by building authentic N64 games without wrestling with outdated 1990s development tools—the integrated environment handles compilers, dependencies, and asset management automatically, letting you focus on game creation rather than technical setup.
https://github.com/HailToDodongo/pyrite64
Hozir Yer orbitasida 27 000 dan ortiq sun’iy, odam tomonidan yaratilgan jismlar aylanarkan. Wayfinder orqali shularni real vaqtda kuzatsa bo’ladi. Wayfinder - Privateer kompaniyasiga tegishli va bu kompaniyaning asoschilaridan biri - Stiv Voznyak. Kompaniya insoniyatga fazodan to’g’ri foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan.
E’tiborlisi, Starlink sun’iy yo’ldoshlari O’zbekiston ustidan ham o’tyapti va bu degani, agar davlat imkon bersa, Starlink orqali internetga chiqish imkoniyati mavjud.
Va boshqa qiziq fakt: Starlink yo’ldoshlari sekundiga 7,6 km tezlik bilan harakat qilyapti (bu minutiga 456 km, soatiga 27 360 km!). Saytda har bir jismning tezligini ko’rsa bo’ladi.
https://www.privateer.com
Eslatib o’taman, Yerning Quyosh atrofidagi orbital tezligi - soatiga 107 000 km (yoki sekundiga deyarli 30 km). Yuqoridagi sayt yuklanguncha hammamiz fazoda 30-60 kmga surilib bo’lamiz.
@farhodjon#fazo#kosmos
Elon Maskning SpaceX kompaniyasi ikkita astronavtni Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) uchiryapti. 2011-yildan beri astronavtlar XFSga Rossiyaning “Soyuz” kemalarida uchishgan. Endi SpaceX kompaniyasining Crew Dragon nomli fazo kemalari yordamida ham uchish yoʻlga qoʻyilyapti. Bugungi parvoz muvaffaqiyatli boʻlishiga juda katta umid qilamiz.
YouTubeʼdagi jonli efir:
https://youtu.be/rjb9FdVdX5I
Bu fazoni oʻrganishdagi juda muhim qadam. Shu paytgacha fazoni oʻrganish, asosan, turli davlatlarning maqsadlariga siyosat va harbiy ehtiyojdan kelib chiqib qoʻshilgan. SpaceX esa aniq maqsadga ega boʻlgan xususiy kompaniya: Marsni kolonizatsiya qilish. Elon Maskka ham ishonsa boʻladi; katta maqsadlar qoʻyib ularni amalga oshiradigan, butun insoniyat kelajagiga hissa qoʻsha oladigan odam.
Bundan tashqari, bu va boshqa xususiy kompaniyalar fazoni isloh qilishni asta-sekin arzonlashtirib boryapti: katta yukni orbitaga olib chiqish, yukni orbitaga olib chiqishdagi birinchi bosqichni qayta yerga (platformaga) qoʻndirish kabi.
Xullas, bu SpaceX uchun kichik qadam, lekin butun insoniyat uchun katta sakrash.
#fazo#kosmos