TGINSIGHT CHAT
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
@miit_uz
Business and startupsO‘zR Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanali Sahifalarimiz: facebook.com/miit.uz instagram.com/mift.uz twitter.com/MIIT_Uz 100029, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Islom Karimov, 1 Ishonch telefoni: 71-238-50-05 [email protected]
Recent posts
Page 1 of 84 · 1,003 posts
Posted Apr 11
🇺🇿 Joriy yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev Germaniya tashqi savdo palatasining O‘zbekistondagi bosh direktori Malika Akramova hamda Germaniya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik byurosi direktori Noyobjon Ahmadjonov bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yangi nemis kompaniyalarini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 10-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uning doirasida Toshkentda o‘tkaziladigan “Germaniya iqtisodiyoti kunlari” tadbiriga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda o‘zaro ishbilarmonlik aloqalarini yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi. ✍️2025-yil yakunlariga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13,2 foizga o‘sib, 1 427,7 million dollarni tashkil etdi, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi esa 6,4 milliard dollarga yetdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi 221 ta korxona faoliyat yuritmoqda. —— 🇺🇿 10 апреля этого года в Министерстве инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан состоялась встреча заместителя министра Акрама Алиева с Генеральным директором Внешнеторговой палаты Германии в Узбекистане Маликой Акрамовой и директором Бюро Германо-Узбекской экономической кооперации Ноёбжоном Ахмаджоновым. 🟠В ходе переговоров стороны обсудили текущее состояние и перспективы узбекско-германского торгово-экономического и инвестиционного сотрудничества, а также вопросы привлечения новых немецких компаний к реализации совместных проектов в приоритетных отраслях экономики. 🟠Отдельное внимание уделено подготовке 10-го заседания Германо-Узбекского делового совета и проведению в его рамках «Дней германской экономики» в Ташкенте. Подтверждена взаимная заинтересованность в дальнейшем расширении делового взаимодействия. ✍️По итогам 2025 года товарооборот между странами составил 1 427,7 млн долларов с ростом на 13,2%, а объем освоенных инвестиций - 6,4 млрд. В Узбекистане функционирует 221 предприятие с участием немецкого капитала. —— 🇺🇿 On April 10 of this year, Akram Aliev, Deputy Minister of Investment, Industry, and Trade of the Republic of Uzbekistan, met with Malika Akramova, General Director of the German Chambers of Commerce Abroad (AHK) in Uzbekistan, and Noyobjon Akhmadjonov, Director of the Bureau of German-Uzbek Economic Cooperation. 🟠During the meeting, the parties reviewed the current status and future prospects of Uzbek-German trade, economic, and investment cooperation. Discussions also focused on attracting additional German enterprises to implement joint projects within priority economic sectors. 🟠Particular emphasis was placed on the preparations for the 10th meeting of the German-Uzbek Business Council and the upcoming "German Economy Days" in Tashkent. Both sides reaffirmed their commitment to further expanding bilateral business engagement. ✍️By the end of 2025, bilateral trade turnover reached $1,427.7 million, representing a 13.2% increase, while total utilized investments amounted to $6.4 billion. Currently, there are 221 enterprises operating in Uzbekistan with German capital participation. ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X
Posted Apr 9
🇺🇿 ISSV vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev 9-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida tashkil etilgan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etdi. 🟠Ushbu uchrashuvda TDIU talabalari, oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik xodimlari qatnashdilar. Suhbatning asosiy mavzusi professional kamolot va kasbiy rivojlanish masalalariga qaratildi. 🟠Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy moslashuvi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. Akram Aliyev talabalarni investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi muhim islohotlar bilan tanishtirar ekan, chuqur bilim egallashning ahamiyatini alohida ta’kidladi. 🟠Talabalarning tashabbuslariga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘z g‘oyalarini ishonch bilan taqdim etib, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha fikr almashdilar. Barcha ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil va aniq javoblar berildi. 🟠Vazirlik va TDIU o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi bunday tadbirlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjat ilmiy loyihalarni rivojlantirish va doimiy samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli kadrlarni aniqlash hamda oliy ta’lim bilan iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib oldilar. —— 🇺🇿 Замглавы МИПТ Акрам Алиев принял участие в очередной встрече в формате «Руководитель и молодежь», которая состоялась 9 апреля в Ташкентском государственном экономическом университете в рамках инициативы «День молодежи». 🟠В этой беседе приняли участие студенты ТГЭУ, а также сотрудники этого вуза и министерства. Темой обсуждения стало профессиональное становление и развитие. 🟠Участники детально обсудили условия, создаваемые в стране для социальной адаптации молодежи. Акрам Алиев ознакомил студентов с актуальными реформами в сфере инвестиций и внешней торговли, отметив важность базы знаний. 🟠Особое внимание уделили студенческим инициативам. Молодые люди смогли уверенно представить свои идеи и обсудить механизмы их государственной поддержки. На все эти вопросы были даны максимально подробные и четкие ответы. 🟠Прочным фундаментом для таких мероприятий служит подписанный Меморандум о сотрудничестве между министерством и ТГЭУ. Он эффективно способствует развитию научных проектов и постоянному продуктивному общению. 🟠В завершение стороны договорились проводить подобные встречи на регулярной основе для выявления перспективных кадров и надежного укрепления связи высшего образования с реальным сектором экономики. —— 🇺🇿 Akram Aliyev, Deputy Minister of Investment, Industry, and Trade, participated in a "Leader and Youth" session held on April 9 at the Tashkent State University of Economics as part of the "Youth Day" initiative. 🟠The discussion included TSUE students, faculty, and Ministry staff, focusing primarily on professional development and career growth. 🟠Participants examined the national framework established for the social adaptation of youth. Akram Aliyev briefed the students on current reforms in investment and foreign trade, highlighting the critical role of a strong knowledge base. 🟠The meeting placed significant emphasis on student-led initiatives. Participants presented their ideas and discussed available government support mechanisms, receiving comprehensive and precise feedback on all inquiries. 🟠This collaboration is underpinned by a Memorandum of Cooperation between the Ministry and TSUE, which facilitates scientific projects and maintains consistent, productive engagement. 🟠The session concluded with an agreement to hold such meetings regularly to identify high-potential talent and bridge the gap between higher education and the real sector of the economy.
Posted Apr 9
🇺🇿 2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyevning Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 🟠Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Chexiya sherikligini yanada mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy aloqalar va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ✍️ 2025-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Chexiya sarmoyasi ishtirokidagi 44 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkorlik aloqalari kimyo, farmatsevtika va qurilish tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, uskunalar ishlab chiqarish, shuningdek, logistika va IT-xizmatlari kabi sohalarni qamrab olgan. —— 🇺🇿 9 апреля 2026 года в Министерстве инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан состоялась встреча заместителя министра Акрама Алиева с Чрезвычайным и Полномочным Послом Чехии в Республике Узбекистан Любомиром Фребортом. 🟠В ходе переговоров стороны обсудили текущее состояние и перспективы развития узбекско-чешского торгово-экономического и инвестиционного сотрудничества, а также подготовку предстоящих двусторонних мероприятий. Особое внимание было уделено вопросам увеличения взаимного товарооборота, расширения промышленной кооперации и реализации совместных инвестиционных проектов в приоритетных отраслях экономики. 🟠По итогам встречи стороны подтвердили взаимную готовность к дальнейшему укреплению узбекско-чешского партнёрства и реализации достигнутых договорённостей, направленных на расширение торгово-экономических связей и инвестиционного взаимодействия. ✍️В 2025 году товарооборот составил около 200 млн долларов. В Узбекистане действуют 44 предприятия с чешским капиталом. Сотрудничество охватывает химическую, фармацевтическую и строительную отрасли, сельское хозяйство, производство оборудования, а также логистику и ИТ-услуги. —— 🇺🇿On April 9, 2026, Akram Aliyev, Deputy Minister of Investment, Industry, and Trade of the Republic of Uzbekistan, met with Lubomir Frebort, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Czech Republic to Uzbekistan. 🟠During the discussions, the parties reviewed the current state and future prospects of Uzbek-Czech trade, economic, and investment cooperation, as well as preparations for upcoming bilateral events. Particular emphasis was placed on increasing mutual trade turnover, expanding industrial cooperation, and implementing joint investment projects within priority economic sectors. 🟠Following the meeting, both parties reaffirmed their commitment to further strengthening the Uzbek-Czech partnership and executing agreements aimed at broadening trade, economic ties, and investment collaboration. ✍️ In 2025, trade turnover reached approximately 200 million dollars. Currently, 44 enterprises with Czech capital operate in Uzbekistan. Cooperation spans the chemical, pharmaceutical, and construction industries, as well as agriculture, equipment manufacturing, logistics, and IT services.
Posted Apr 9
🇺🇿 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz KudratovYaponiyaning “Sumitomo Corporation” korporatsiyasi rahbari Xadjime Mori hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Abid Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi. ✍️1919-yilda tashkil etilgan Yaponiya korporatsiyasining aktivlari 73 milliard dollarni, ishchilar soni esa 5,1 ming kishini tashkil etadi. “ACWA Power” kompaniyasi 2004-yildan buyon faoliyat yuritib, 18,7 milliard dollarlik aktivlarga va 4 ming nafar xodimga ega. Tomonlar umumiy quvvati 3,5 GVt, qiymati esa 4,2 milliard dollarga teng bo‘lgan beshta yirik loyihani birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladilar. 🟠Muloqot davomida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi tahlil qilindi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini barpo etishda yuksak natijalar berayotgani alohida qayd etildi. Qurilish ishlarini jadallashtirish va quvvatlarni ishga tushirish muddatlarini optimallashtirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqildi. 🟠Xorijiy investorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va har bir bosqichda ularga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorlik bildirildi. Chet el kompaniyalari vakillari, o‘z navbatida, vazirlik tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy amaliy yordam ish samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganini yuqori baholadilar. —— 🇺🇿 9 апреля Министр инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиз Кудратов провел встречу с руководством Sumitomo Corporation (Япония) в лице Хадзиме Мори и ACWA Power (Саудовская Аравия) в лице Абида Малика. ✍️Японская корпорация основана в 1919 году, ее активы составляют 73 млрд долл., а штат - 5,1 тыс. сотрудников. ACWA Power работает с 2004 года с активами 18,7 млрд долл. и 4 тыс. сотрудников. Сторонами подписано соглашение о совместной реализации пяти крупных проектов, общей мощностью 3,5 ГВт и стоимостью - 4,2 млрд долл. 🟠Стороны проанализировали динамику масштабных инвестиционных программ по модернизации энергетической инфраструктуры. Было отмечено, что совместные усилия обеспечивают высокие результаты в строительстве возобновляемых источников энергии. Выработаны конкретные механизмы для активизации строительных работ и оптимизации графиков ввода мощностей в эксплуатацию. 🟠Подчёркнута готовность поддерживать инициативы иностранных инвесторов и оказывать им всестороннюю помощь на каждом этапе. Представители зарубежных компаний, со своей стороны, высоко оценили постоянное содействие министерства, способствующее эффективной работе. —— 🇺🇿 On April 9, the Minister of Investment, Industry, and Trade of the Republic of Uzbekistan, Laziz Kudratov, held a meeting with the leadership of Sumitomo Corporation (Japan), represented by Hajime Mori, and ACWA Power (Saudi Arabia), represented by Abid Malik. ✍️The Japanese corporation, established in 1919, manages assets totaling 73 billion USD and employs 5.1 thousand staff. ACWA Power has been operational since 2004, with assets valued at 18.7 billion USD and a workforce of 4 thousand employees. The parties signed an agreement for the joint implementation of five large-scale projects with a total capacity of 3.5 GW, valued at 4.2 billion USD. 🟠The participants analyzed the momentum of extensive investment programs aimed at modernizing energy infrastructure. It was noted that collective efforts are yielding significant results in the construction of renewable energy sources. Specific mechanisms were established to accelerate construction activities and optimize commissioning schedules for new capacities. 🟠The Ministry emphasized its commitment to supporting foreign investor initiatives and providing comprehensive assistance at every stage. Representatives of the international firms expressed high regard for the Ministry's ongoing cooperation, which facilitates efficient operational performance. ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X
Posted Apr 9
🇺🇿 Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev “TASHGEN B.V.” kompaniyasi direktori va aksiyadori Berkin Imer bilan uchrashdi. ✍️Niderlandiyaning Amsterdam shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “TASHGEN B.V.” kompaniyasi energetika sohasidagi investitsiya xoldingi bo‘lib, kogeneratsiya loyihalari hamda issiqlik ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirishga ixtisoslashgan. 🟠Muzokaralar davomida tomonlar investitsiya va energetika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar. Qo‘shma loyihalarning samaradorligini oshirish va sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Tomonlar O‘zbekiston energetika sektorining barqaror rivojlanishi uchun zamonaviy energiya tejamkor yechimlarni joriy etish muhimligini qayd etdilar. O‘zaro aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. —— 🇺🇿 9 апреля этого года заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Акрам Алиев провёл встречу с директором и акционером компании «TASHGEN B.V.» Беркином Имером. ✍️Компания «TASHGEN B.V.», зарегистрированная в Амстердаме (Нидерланды), является инвестиционным холдингом в сфере энергетики и специализируется на проектах когенерации, а также развитии инфраструктуры теплоснабжения. 🟠В ходе переговоров стороны обсудили текущее состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в инвестиционной и энергетической сферах. Особое внимание было уделено вопросам повышения эффективности совместных проектов, также дальнейшему укреплению партнёрства. 🟠Стороны отметили значимость внедрения современных энергоэффективных решений для устойчивого развития энергетического сектора Узбекистана. Подчёркнута важность расширения взаимодействия, привлечения инвестиций и внедрения передовых технологий. —— 🇺🇿 On April 9, Akram Aliev, Deputy Minister of Investment, Industry, and Trade of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with Berkin Imer, Director and Shareholder of TASHGEN B.V. ✍️Registered in Amsterdam, Netherlands, TASHGEN B.V. is an energy-focused investment holding company specializing in cogeneration projects and the development of heat supply infrastructure. 🟠During the negotiations, the parties reviewed the current state and future prospects of bilateral cooperation within the investment and energy sectors. Particular emphasis was placed on enhancing the efficiency of joint projects and further strengthening the strategic partnership. 🟠The participants highlighted the significance of implementing modern energy-efficient solutions to ensure the sustainable development of Uzbekistan's energy sector. Furthermore, they underscored the importance of expanding collaboration, attracting investment, and integrating advanced technologies. ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X
Posted Apr 9
🇺🇿 8-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Amerikaning “Cove Capital” kompaniyasi texnik direktori YuriSavguira bilan uchrashuv o‘tkazdi. ✍️2015-yilda tashkil etilgan "Cove Capital" xalqaro kompaniyasi muhim minerallar va qimmatbaho metallarni qazib olish hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, o‘z portfelida 127 ta loyihani qamrab oladi. 🟠 Xorijiy tomon O‘zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhitni yuqori baholab, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra mamlakatimiz hududlaridagi istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga tayyor ekanligini bildirdi. 🟠 Muzokaralar chog‘ida tomonlar ushbu tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan aniq qadamlarni muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, tog‘-kon sanoati va geologiya sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirishga qaratilgan qo‘shma harakatlar belgilab olindi. —— 🇺🇿 8 апреля заместитель министра инвестиций, промышленности и торговли Акрам Алиев провел встречу с техническим директором американской компании «Cove Capital» Юрием Савгуирой. ✍️ «Cove Capital» - созданная в 2015 году международная компания, специализирующаяся на добыче и переработке критических минералов и драгоценных металлов с портфелем из 127 проектов. 🟠Иностранная сторона высоко оценила созданный в Узбекистане инвестиционный климат и выразила готовность к освоению перспективных месторождений в регионах страны по результатам проведенных исследований. 🟠В ходе переговоров стороны обсудили конкретные шаги по реализации инициатив. По итогам встречи намечены совместные действия по активизации сотрудничества и запуску новых проектов в горнодобывающей отрасли и геологии. —— 🇺🇿 On April 8, Akram Aliyev, Deputy Minister of Investment, Industry and Trade, held a meeting with Yuri Savguira, Technical Director of the US-based Cove Capital. ✍️ Established in 2015, Cove Capital is a multinational corporation specializing in the extraction and processing of critical minerals and precious metals, boasting a robust portfolio of 127 projects. 🟠 The foreign delegation commended Uzbekistan's favorable investment climate and expressed a firm readiness to develop prospective deposits across the country's regions, following the results of their preliminary research. 🟠 During the negotiations, the parties deliberated on actionable steps to execute these initiatives. Concluding the meeting, joint measures were outlined to accelerate cooperation and launch new ventures within the mining and geological sectors. ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X
Posted Apr 7
🇺🇿 7-aprel kuni Toshkentda mahalliy mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqishga qaratilgan «100 ta mahsulot akseleratori» dasturining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda ISSV vaziri oʻrinbosari Ilzat Kasimov ishtirok etdi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmoniga muvofiq hayotga tatbiq etilmoqda. 60 ta kompaniya tomonidan 83 million dollarlik shartnomalar imzolangan «Eksport akseleratori» dasturining muvaffaqiyatiga tayangan holda, ushbu yangi loyiha milliy brendlarning xorijda mustahkam oʻrin egallashini taʼminlaydi. 🟠Chinastone Industrial Service Group kompaniyasi ushbu tashabbusning strategik hamkoridir. Ishtirokchilarga mahsulot tahlili va xalqaro sertifikatlashdan tortib, logistika hamda tovarlarni jahon standartlariga moslashtirishgacha boʻlgan keng qamrovli koʻmak koʻrsatiladi. Xitoy, Yevropa va AQSH bozorlarida mahsulotlarni ilgari surish maqsadida raqamlashtirish hamda JINGDONG va Alibaba kabi marketpleyslarga chiqishga alohida eʼtibor qaratilgan. 🟠Dastur doirasida Chinastone Industrial Service Group vitse-prezidenti Ting Vu, Silikon vodiysidagi AQSH-Xitoy Savdo palatasi prezidenti Merian Cheyni va Italiyaning Zest Innovation kompaniyasi hamkori Roberto Manifiko kabi nufuzli maʼruzachilar jam boʻlishdi. Shuningdek, tadbirda JINGDONG hamda Alibaba kompaniyalarining Oʻzbekistondagi rasmiy vakillari qatnashdilar. B2B formatidagi uchrashuvlarda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xitoylik investorlar va logistika mutaxassislari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. —— 🇺🇿 7 апреля в Ташкенте прошло официальное открытие Программы «Акселератор 100 продуктов» для вывода отечественных товаров на мировые рынки. В открытии принял участие заместитель главы МИПТ Ильзат Касимов. Проект реализуется согласно Указу Президента Республики Узбекистан № ПФ-16 от 30 января 2025 года. Опираясь на успех программы «Экспортный акселератор», где 60 компаний уже заключили контракты на 83 миллиона долларов, новый проект обеспечит долгосрочное закрепление национальных брендов за рубежом. 🟠Стратегическим партнером инициативы выступила компания Chinastone Industrial Service Group. Участникам предлагается комплексная поддержка: от анализа продукции и международной сертификации до логистики и адаптации товаров под мировые стандарты. Особый акцент сделан на цифровизации и выходе на маркетплейсы JINGDONG и Alibaba для продвижения в Китае, Европе и США. 🟠Деловая программа объединила авторитетных спикеров, включая вице-президента Chinastone Industrial Service Group Тинг Ву, президента Торговой палаты США-Китай в Кремниевой долине Мэриан Чейни и партнера итальянской Zest Innovation Роберто Манифико. Также участвовали представители JINGDONG и официальные представители Alibaba в Узбекистане. В рамках B2B встреч узбекские производители обсудили с китайскими инвесторами и логистами возможности для развития международного партнерства. —— 🇺🇿 On April 7, Tashkent hosted the official launch of the "100 Products Accelerator" Program, designed to facilitate the entry of domestic goods into global markets. The opening ceremony was attended by Ilzat Kasimov, Deputy Minister of MIIT. This initiative is implemented in accordance with Decree No. PD-16 of the President of the Republic of Uzbekistan, dated January 30, 2025. Building upon the success of the "Export Accelerator" program-under which 60 companies secured contracts totaling $83 million - the new project aims to establish a long-term presence for national brands in international markets. 🟠Chinastone Industrial Service Group is the strategic partner of this initiative. Participants will receive comprehensive support, ranging from product analysis and international certification to logistics and the adaptation of goods to global standards. The program places significant emphasis on digitalization and expansion into major marketplaces such as JINGDONG and Alibaba to promote Uzbek products across China, Europe, and the United States. ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X
Posted Apr 6
🌐TIIF Open 2026 🟠Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) doirasida TIIF Open - 15-iyun kuni soat 08:00 dan 12:00 gachaOlimpiya shaharchasi kortlarida bo‘lib o‘tadigan tennis turnirigataklif qilamiz. 🟠Ushbu tadbir TIIF Active Series turkumiga kiradi va forumning rasmiy dasturini to‘ldirgan holda, strategiya hamda aniqlikni qadrlaydigan nufuzli mehmonlar uchun ochiq muloqot maydoniga aylanadi. 🟠Turnir erkaklar o‘rtasidagi yakkalik va juftlik (shu jumladan, aralash juftliklar) musobaqalari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlar olimpiya tizimi bo‘yicha yoki guruh bosqichi va pley-offdan iborat kombinatsiyalangan formatda tashkil etiladi. 🟠TIIF Active Series doirasidagi barcha tadbirlar barqaror rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, havoga chiqariladigan chiqindilar hajminii kamaytirish va energiya samaradorligini ta’minlash tamoyillari asosida o‘tkaziladi. Bu yondashuv O‘zbekistonning "yashil" iqtisodiyotga o‘tish va iqlimga yo‘naltirilgan investitsiyalarni rivojlantirish borasidagi strategik maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. 🟠TIIF Open - bu shunchaki sport musobaqasi emas, balki ishonchga asoslangan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyatdir. Turnirda ishtirok etish hamda homiylik va hamkorlik masalalari bo‘yicha ham [email protected] yoki www.tiif.online orqali murojaat qilish mumkin. —— 🇺🇿TIIF Open 2026 🟠Объявляем о проведении TIIF Open - теннисного турнира, который пройдет в рамках TIIF 2026 15 июня с 08:00 до 12:00 на кортах Олимпийского городка. Мероприятие входит в серию TIIF Active Series и предоставляет руководителям компаний и инвесторам платформу для соревнований и неформального общения. 🟠Соревнования пройдут в мужском одиночном и парном разрядах. Предусмотрена олимпийская система на выбывание либо комбинированный формат с групповым этапом и последующим выходом в плей-офф. 🟠Весь цикл TIIF Active Series организован в рамках концепции устойчивого развития, включая экологически ответственную логистику и энергоэффективность. Такой подход подчеркивает приверженность Узбекистана «зеленому» переходу, развитию возобновляемой энергетики и климатически ориентированным инвестициям. 🟠TIIF Open воплощает дух открытости Узбекистана, превращая теннисный корт в место для укрепления доверия и долгосрочных партнерств. По вопросам участия в турнире, а также по аспектам спонсорства и партнерства можно обращаться по адресу [email protected] или через сайт www.tiif.online. —— 🇺🇿 TIIF Open 2026 🟠We are pleased to announcethe TIIF Open, a premier tennis tournament scheduled for June 15, from 08:00 to 12:00, at the Olympic Village courts on the sides of TIIF 2026. As a key component of the TIIF Active Series, this event offers senior executives and institutional investors an exclusive environment to connect and engage in high-level dialogue. 🟠The competition features men’s singles and doubles categories, including mixed pairs. The tournament will follow either a single-elimination bracket or a hybrid format featuring a group stage followed by a knockout phase. 🟠In alignment with Uzbekistan’s strategic green transition, all TIIF Active Series events operate under a strict sustainability framework. This commitment encompasses energy-efficient venue management and carbon-conscious logistics, reflecting the nation's increasing focus on climate-aligned investment mechanisms and renewable energy. 🟠The TIIF Open serves as a sophisticated extension of the Forum’s evolution into a comprehensive platform for investment dialogue. For enquiries regarding tournament participation, sponsorship, and partnership opportunities, please contact [email protected] or visit www.tiif.online.
Posted Apr 6
🇺🇿O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi 🟠O‘zbekiston iqtisodiy islohotlar yo‘lida ulkan qadam tashlab, 60,3 ball bilan jahon reytingida 86-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu ijobiy natija tufayli mamlakatimiz rasman iqtisodiyoti "o‘rtacha erkin" (moderately free) bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi. 🟠Respublikamizning joriy ko‘rsatkichi dunyo bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan 59,9 balldan oshib ketdi. Ayniqsa, bozorlarning ochiqligi yo‘nalishida yuksak natijalar qayd etildi: savdo erkinligi 80,6 ball, investitsiyalar erkinligi esa 70,0 ball bilan baholanib, xalqaro ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. 🟠Reytingdagi ushbu o‘sish 2023-2025 yillardagi real iqtisodiy raqamlar bilan ham isbotlanmoqda. O‘tgan davrda tashqi savdo aylanmasi 27,8 foizga, eksport 36 foizga, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi esa hayratlanarli darajada - 109,3 foizga o‘sdi. Batafsil —— 🇺🇿Узбекистан улучшил позиции в Индексе экономической свободы 🟠Узбекистан продемонстрировал значительный прогресс, набрав 60,3 балла и поднявшись на 86-е место в мировом рейтинге. Это позволило стране официально войти в категорию стран с умеренно свободной экономикой (moderately free). 🟠Текущий показатель республики уже превышает среднемировой уровень, который составляет 59,9 балла. Наиболее сильные результаты зафиксированы в сфере открытости рынков: свобода торговли оценена в 80,6 балла, а свобода инвестиций - в 70,0 баллов, что существенно выше средних значений по миру. 🟠Успехи в рейтингах подкрепляются реальными экономическими показателями за 2023–2025 годы. Внешнеторговый оборот страны вырос на 27,8%, экспорт увеличился на 36,0%, а объем иностранных инвестиций и кредитов в основной капитал показал впечатляющий рост на 109,3%. Подробнее —— 🇺🇿 Uzbekistan Improved Its Position in the Index of Economic Freedom 🟠Uzbekistan has demonstrated substantial progress by scoring 60.3 points and ascending to 86th place in the global rankings. This advancement has officially placed the nation within the "moderately free" economic category. 🟠The country's current score now surpasses the global average of 59.9 points. The strongest performances were recorded in market openness: Trade Freedom reached 80.6 points and Investment Freedom hit 70.0 points, both of which significantly exceed international averages. 🟠These ranking improvements are substantiated by robust economic performance from 2023 to 2025. Foreign trade turnover expanded by 27.8%, exports rose by 36.0%, and the volume of foreign investment and loans into fixed capital saw an impressive surge of 109.3%. More ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X
Posted Apr 6
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni hamda berilgan topshiriqlarga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan «100 mahsulot akseleratori» dasturi amalga oshirilmoqda. 🟠Mazkur dastur doirasida uning rasmiy ochilish marosimi tashkil etilmoqda. ⚫️Sana: 2026-yil 7-aprel ⚫️Vaqt: 10:00 ⚫️Manzil: Toshkent shahri, “Intercontinental” mehmonxonasi 🟠Tadbir doirasida: - dastur imkoniyatlari va ishtirok etish shartlari taqdim etiladi; - eksportni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi; - xalqaro ekspertlar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida chiqishlar tashkil etiladi; - yirik xorijiy kompaniyalar, jumladan elektron tijorat platformalari vakillari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi. 🟠Shuningdek, dastur doirasida mahsulotlarni Xitoy, Yevropa, AQSh va boshqa xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlari yaratiladi. 🟠Mazkur tadbirda ishtirok etish orqali tadbirkorlar tashqi bozorlarga chiqish, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish hamda dasturning keyingi bosqichlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🟠Barcha tadbirkorlar ishtirok etishga taklif etiladi. ⚫️Aloqa uchun: U. Axrorov (+998 91 817 22 23) —— 🇺🇿 В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан № УП–16 от 30 января 2025 года и соответствующими поручениями, Министерство инвестиций, промышленности и торговли реализует программу «Акселератор 100 продуктов». 🟠В рамках данной программы организуется её официальная церемония открытия. ⚫️Дата: 7 апреля 2026 года ⚫️Время: 10:00 ⚫️Адрес: г. Ташкент, отель «Intercontinental» 🟠В программе мероприятия: - презентация возможностей программы и условий участия; - подробная информация о механизмах поддержки экспорта; - выступления международных экспертов и успешных предпринимателей; - B2B встречи с представителями крупных иностранных компаний, включая платформы электронной коммерции. 🟠Также в рамках программы создаются возможности для вывода продукции на рынки Китая, Европы, США и другие международные рынки. 🟠Участие в мероприятии позволит предпринимателям выйти на внешние рынки, установить прямые контакты с зарубежными партнерами и получить доступ к последующим этапам программы. 🟠Приглашаем всех предпринимателей к участию. ⚫️Контакты: У. Ахроров (+998 91 817 22 23) —— 🇺🇿 In accordance with Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. UP–16 dated January 30, 2025, and subsequent directives, the Ministry of Investments, Industry and Trade is implementing the "100 Products Accelerator" program. 🟠The official launch ceremony of this program is scheduled as follows. ⚫️Date: April 7, 2026 ⚫️Time: 10:00 AM ⚫️Venue: Intercontinental Hotel, Tashkent 🟠The event agenda includes: - Presentation of program opportunities and participation requirements; - Detailed information on export support mechanisms; - Keynote addresses by international experts and successful entrepreneurs; - B2B networking sessions with representatives of major foreign companies and e-commerce platforms. 🟠Furthermore, the program facilitates the expansion of products into China, Europe, the USA, and other global markets. By participating in this event, entrepreneurs will gain opportunities to access international markets, establish direct relations with foreign partners, and qualify for subsequent stages of the program. All interested entrepreneurs are cordially invited to attend. ⚫️Contact: Mr. U. Akhrorov (+998 91 817 22 23)
Posted Apr 5
🇺🇿Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ustuvor ahamiyatga ega loyihalarning amalga oshirilish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. 🟠Vazirlik rahbari xorijiy sarmoya ishtirokidagi qator korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirib, hududda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 🟠Tashrif yakunida erishilgan joriy ko‘rsatkichlar muhokama qilinib, viloyatning investitsiyaviy salohiyatini yanada yuksaltirish bo‘yichaistiqboldagi muhim vazifalar belgilab olindi. —— 🇺🇿Министр инвестиций, промышленности и торговли Лазиз Кудратов посетил Джизакскую область для ознакомления с ходом реализации приоритетных проектов. 🟠Глава МИПТ изучил работу ряда предприятий с участием иностранного капитала, уделив внимание внедрению современных технологий и созданию новых мощностей в регионе. 🟠Визит завершился обсуждением текущих показателей и определением приоритетных задач по дальнейшему развитию инвестиционного потенциала области. —— 🇺🇿Minister of Investment, Industry, and Trade Laziz Kudratov visited the Jizzakh region to review the progress of priority projects. 🟠The Head of MIIT examined the operations of several enterprises involving foreign investment, focusing on the implementation of advanced technologies and the expansion of production capacities within the region. 🟠The visit concluded with a discussion of current performance metrics and the identification of strategic objectivesto further enhance the investment potential of the region.
Posted Apr 3
🇺🇿🤝 3-aprel kuni ISSV vaziri Laziz Kudratov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashiga (GCC) a’zo mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda ularning xalqaro hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad investorlarning mahalliy bozordagi faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalarni tezkorlik bilan hal etishdan iborat bo‘ldi. 🟠Muloqotda ACWA Power, Masdar, Vision Invest, DataVolt, Saudi Tabreed, TAQA WS, Metito Utilities kabi yirik korporatsiyalar vakillari ishtirok etishdi. 🟠Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishning dolzarb jihatlarini batafsil ko‘rib chiqib, soliq imtiyozlari va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Joriy loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida tartibga solish muhitini optimallashtirish yo‘llari belgilab olindi. 🟠Bundan tashqari, uchrashuvda texnik va transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Suhbat davomida shaharsozlik qoidalari va yangi quvvatlarni yagona tarmoqqa integratsiya qilish shartlari ko‘rib chiqildi, bu esa poytaxt va hududlarda investitsiyaviy tashabbuslarning barqaror amalga oshirilishiga xizmat qiladi. 🟠Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirilib, investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi. —— 🇺🇿🤝 3 апреля глава МИПТ Лазиз Кудратов провел встречу с руководителями ведущих компаний из стран Совета сотрудничества арабских государств Залива (GCC), а также их международными партнерами. Ключевой задачей мероприятия стало оперативное решение вопросов, возникающих у инвесторов в процессе деятельности на местном рынке. 🟠В диалоге участвовали представители крупнейших корпораций, включая ACWA Power, Masdar, Vision Invest, DataVolt, Saudi Tabreed, TAQA WS, Metito Utilities и др. 🟠Стороны детально рассмотрели актуальные вопросы реализации совместных инициатив, уделив особое внимание мерам налогового стимулирования и совершенствованию механизмов государственно-частного партнерства. Проанализированы финансово-экономические параметры текущих проектов и наметили пути оптимизации регуляторной среды для обеспечения их эффективного исполнения. 🟠Помимо этого, стороны затронули актуальные вопросы развития технической и транспортной инфраструктуры. В ходе обсуждения были рассмотрены градостроительные регламенты и условия интеграции новых мощностей в единую сеть, что позволит обеспечить стабильную реализацию инвестиционных инициатив в столице и регионах. 🟠По итогам встречи были сформированы рабочие группы и намечены шаги по внесению изменений в законодательство для улучшения инвестиционного климата. —— 🇺🇿🤝 On April 3, the Head of MIIT, Laziz Kudratov, held a meeting with executives from leading companies within the Gulf Cooperation Council (GCC) and their international partners. The primary objective of the event was to promptly address challenges encountered by investors operating in the local market. 🟠The dialogue included representatives from major corporations such as ACWA Power, Masdar, Vision Invest, DataVolt, Saudi Tabreed, TAQA WS, Metito Utilities, and others. 🟠The parties conducted an in-depth review of joint initiatives, focusing specifically on tax incentives and the enhancement of PPP mechanisms. Participants analyzed the financial and economic parameters of ongoing projects and outlined strategies to optimize the regulatory environment for effective execution. 🟠Additionally, the discussion covered the development of technical and transport infrastructure. The meeting addressed urban planning regulations and the integration of new capacities into the national grid to ensure the stable implementation of investment projects across the capital and regional areas. 🟠Following the meeting, working groups were established and specific measures were identified to propose legislative amendments aimed at improving the investment climate. ◽️Facebook◽️Instagram◽️LinkedIn◽️X