TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Reen al kanallisto
Abdusattor avatar

TGINSIGHT CHAT

Abdusattor

@abdusattor

Psychology

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal ✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot Maqsad Club: @maqsadobuna

Abonantoj6.3万Nunaj abonantoj
Spuritaj afiŝoj180Nombro da indeksitaj afiŝoj
Lasttempa atingado688,300Sumo de lastatempaj vidoj
Lastaj afiŝoj

Lastaj afiŝoj

Paĝo 2 el 15 · 180 afiŝoj

Publikigita 12 Mar

Siz bor-yo‘g‘i 15 daqiqa Reels ko‘rmoqchi bo‘ldingiz, lekin qarasangiz oradan 2 soat o‘tib ketadi. Tanish holatmi? Bu holat miyaning boshqaruv tizimi "so‘nib" borayotganining belgisi. Yaqinda o‘tkazilgan EEG (miya to‘lqinlarini o‘lchash) tadqiqotlari qisqa videolarga bog‘lanib qolish miyaning tormoz tizmini qanday o’zgartirayotganini ko’rsatdi. Tasavvur qiling, miya katta bir korxona. Peshona qismi o‘sha korxonaning bosh direktori. U strategiya tuzadi, muhim vazifalarni tanlaydi va intizomni saqlaydi. Muammo shundaki qisqa videolar direktorni "ishdan bo‘shatadi". Siz qisqa videolar ko’rar ekansiz, miya qaror qabul qilishni to‘xtatadi va shunchaki oqimga taslim bo‘ladi. Natijada, hayotdagi haqiqiy qiyinchiliklarga duch kelganda, "direktoringiz" uxlab yotgan bo‘ladi. Diqqatni jamlash, sog’lom fikrlash xuddi sport zalida chiniqtiriladigan mushakka o‘xshaydi. Qisqa videolar esa mushakni ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi. Har safar videoni "scroll" qilganingizda, siz diqqat “mushaklaringizni” kuchsiz qilib borasiz. Tadqiqotlar ham buni isbotlaydi. Qisqa videolarga qaram odamlarda diqqat va nazorat to‘lqinlari pasayib ketadi. Natijada miya foydali ma’lumotni keraksiz "shovqin"dan ajrata olmay qoladi. Siz kitob o‘qimoqchi bo‘lasiz, lekin miyangiz tashqaridagi mashina ovozi, telefondagi bildirishnoma yoki shunchaki xayolingizga kelgan mayda fikrlarni chetga surib tashlay olmaydi.

60,100 views

Publikigita 10 Mar

Och qolish yoki ro‘za tutish insoniyat tarixida shunchaki diniy marosim emas, balki ruhni tarbiyalash, tanani tozalash va irodani charxlash madaniyati sifatida ko‘rilgan. Deyarli barcha qadimiy sivilizatsiyalar ochlikning shifobaxsh va aqliy quvvatini anglab yetgan. Masalan, Pifagor o‘z shogirdlaridan dars boshlashdan oldin 40 kun davomida och qolishni talab qilgan. Uning fikricha, ochlik bilan tozalanmagan miya murakkab matematik va falsafiy g‘oyalarni qabul qila olmaydi. Qadimgi misrliklar har oy kamida 3 kun ketma-ket ro‘za tutishgan. Ularga ko‘ra, misrliklar: "Inson iste’mol qiladigan ovqatning to‘rtdan bir qismiga yashaydi, qolgan to‘rtdan uch qismiga esa shifokorlar yashaydi" deb ishonishgan. Ya’ni, ko‘p ovqatlanish kasalliklarning asosiy manbai deb ko‘rilgan. Shunga o'xshash ishonishlar qadimgi hind madaniyatida ham bo'lgan. Amerika qit’asining qadimiy qabilalarida esa yosh yigitlar balog‘at yoshiga yetganda, tog‘larga chiqib 4 kun davomida mutloq och va suvsiz qolishgan. Bundan maqsad miyaning ochiqligini ta’minlash va hayot maqsadini topish bo'lgan. Islomda esa Ramazon oyi va nafl ro‘zalar nafaqat qalbni poklash, balki tananing "zakot"ini berish sifatida ko‘riladi. Abu Ali ibn Sino ko'p kasalliklarni davolashda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichda, 3 haftalik ochlikni (suv bilan) qo‘llagan. U "to‘qlik barcha kasalliklarning onasi" deb ta’lim bergan. Ibn Sino oshqozon yarasi, bo‘g‘im og‘riqlari va hatto ruhiy xastaliklarni davolashda ochlikdan samarali foydalangan. E’tibor bersangiz, bir-biridan minglab kilometr uzoqlikda va turli asrlarda yashagan madaniyatlar bitta nuqtada birlashgan. Tarix shuni isbotlaydiki, ochlik yetishmovchilik emas, balki ongli ravishda tanlangan kuchli bo‘lish strategiyasi.

67,900 views

Publikigita 5 Mar

☕ Bir qahvaxonada har bir xodim va mijoz AI yordamida kuzatilyapti • Har bir barista nechta chashka qahva tayyorlagani; • Har bir mijoz qahvaxonada qancha vaqt o’tkazishi; • Kim tez, kim sekin ishlayotgani AI tomonidan hisoblanyapti. AQShda Walmart allaqachon bu texnologiyadan barcha do'konlarida foydalanishni boshlagan. Asta-sekin bu texnologiya kichik bizneslarga ham kirib kelishi vaqt masalasi.

72,800 views

Publikigita 4 Mar

Nega bu haqida gapiryapman? Imanumga har kuni 50 ming so’mdan investitsiya qilishni e’lon qilsam, ba’zilar kripto bundan ko’proq foyda olib keladi deb yozibdi. Bir narsasni tushuninglar, kripto sizlar internetda ko’radigan videolar kabi hamma boy bo’ladigan bozor emas. U juda ham riski yuqori bo’lgan bozor. Tepadagi postda ko’rib turganingizdek eng xavfsiz usulda ham investitsiya qilsangiz ham, zararda o’tirishingiz mumkin. Biror-bir aniq ko’zlangan maqsad uchun pul jamg’armoqchi bo’lsangiz, kripto investitsiyasi eng notog’ri tanlov. Odatiy investitsiya usullarida asosiy narsa siz investitsiya qilgan mablag’ingizni yo’qotmaysiz. Bir, ikki yoki 5 yillik rejalashtirilgan maqsadlar uchun mablag’ jamg’armoqchi bo’lsangiz, odatiy xavfsiz investitsiya usullaridan foydalanishingiz eng to’g’ri yechim bo’ladi. Ramazon chellenjimizning hozirgi holati bo’yicha Imanumga kiritgan investitsiya mablag’imiz 600 ming so’m.

58,000 views

Publikigita 4 Mar

2 yil oldin MAQSAD klubida kriptoga har kuni $10 dollardan investitsiya qilganmiz. 1 yil davomida $3660 dollar investitsiya kiritilgan. Va hozir bu portfelimiz 67,9% zararda. 🔽 Eng qizig’i narx qanday bo’lishidan qat’iy har kuni bir xil miqdorda investitsiya qilish usuli eng xavfsiz usul hisoblanadi. Agar bunday qilmaganimizda shu mablag’ allaqachon yo’qolib ketar edi. Eng xavfsiz investitsiya usuli bilan ham kriptoda zarardamiz. Bu kripto bozori uchun normal holat. Kripto yuqori riskli aktiv hisoblanadi va shu sababli investitsiya qilinadigan mablag’larning asosiy qismini u egallamasligi kerak. Internetda tarqaladigan videolardagidek kriptoda birdan katta daromad qilish ehtimoli juda ham past. Real holat umuman boshqacha.

48,300 views

Publikigita 2 Mar

🪳 Kelajak armiyasida tirik hasharot-josuslar bo’ladimi? Germaniyaning SWARM Biotactics kompaniyasi harbiy texnologiyalarda inqilob qildi. Endi dronlar o‘rnini bio-gibrid hasharotlar egallashi mumkin. Ya’ni oddiy hasharotlarga neyral interfeys, mitti sensorlar va sun’iy intellekt (AI) o‘rnatiladi. Natijada ular masofadan boshqariladigan "jonli" razvedka platformasiga aylanadi. Bu xuddi Rik va Morti animatsion filmalaridagi fantastikaga o’xshaydi. Bio-gibrid hasharotlar umuman shovqinsiz, ularni payqash deyarli imkonsiz. Energiya tejamkor. Quvvat faqat datchiklar uchun sarflanadi, hasharot esa o‘z energiyasi bilan harakatlanadi. Har qanday joyga kiradi. Devordagi teshik, ventilyatsiya yoki vayronalar osti. Ular uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Loyiha allaqachon sinovlaridan o‘tgan va harbiy amaliyotga tayyor. Ko’rib turganingizdek texnologiya deganda faqat qo’lingizdagi gadjet yoki sizga rasm generatsiya qiladigan AI emas balki dunyoni boshqa tomonga burib yuborishi mumkin bo’lgan ixtirolar nazarda tutiladi. Tasavvur qiling kelajakda devordagi oddiy “tarakan” shunchaki hasharot bo‘lmasligi mumkin...

54,400 views

Publikigita 27 Feb

Imanum o’zi nima? O’zbekistondagi ilk Islom moliyasi tamoyillari asosida sherikchilikni taklif etadigan loyiha IMAN hisoblanadi. IMAN loyihasining “Imanum” ilovasi sizga O’zbekiston so’mida yoki AQSh dollarida bizneslarga oson investitsiya kirtish imkonini beradi. Loyihaning umumiy maqsadi, qisqacha aytganda, insonlarda ongli moliya boshqaruvini shakllantirish, insonlarni qarz olish odatidan investitsiya qilish odatiga o’tkazishdan iborat. Loyiha tegishli tashkilotlar tomonidan audit qilingan va O’zbekistonda rasman faoliyat yuritish huquqiga ega. Kompaniya haqida https://imanum.app/ sayti orqali ma’lumot olishingiz mumkin. Agar Ramazon oyida investitsiya odatini shakllantirmoqchi bo’lsangiz Imanum ilovasini yuklab oling va investitsiya qilishni boshlang. App Store | PlayMarket

56,400 views

Publikigita 27 Feb

Har kuni 50 ming so’mdan “Imanum” ilovasiga investitsiya qilish chellenjeni e’lon qilgandim. Bugun chellenjning 4-kuni va umumiy investitsiyam miqdori 350 ming so’mga yetdi. Albatta bu juda ham katta summa emas lekin siz kundalik investitsiyangizni istalgan miqdorda belgilashingiz mumkin. Maqsad investitsiya odatini shakllantirish va moliyaviy intizom qurish. Yana bir qiziq tarafi ilovaning o’zida avto to’lov funksiyasini yoqib qo’ysangiz chellenjingiz uzluzksiz avtomatik ravizshda davom etaveradi. Ya’ni har kuni ilovaga kirib qo’lda to’lov qilishingizga hojat qolmaydi. Bir narsani hisoblab ko’rgan edim. Agar 1 yil har kuni 50 ming so’mdan yig’sangiz jamg’armangiz 18 mln 250 ming so’m bo’lar ekan. Uning ustiga Imanumdagi sherikchilik investitsiyasi bilan mablag’ingiz 20 mlndan ortadi. Har kuni 50 ming ko’zingizga ko’rinmaydi lekin yil yakunida 20 mln hech kimga ortiqchalik qilmaydi.

50,300 views

Publikigita 27 Feb

Uyqu mavzusiga bugun kelganimiz yo'q. 1 yil oldin MAQSAD klubimizga uyqu bo’yicha to’liq qo’llanma ham joylaganmiz. O’sha qo’llanmada UYQU mavzusini ipidan-ignasigacha tushuntirganmiz. O’ylaymanki, uyqu haqidagi postimga qarshi fikr bildirganlar klubga qo’shilmagan bo’lsa kerak. Agar klubda bo’lib uyqu qo’llanmasini ko’rgan bo’lishganda bunday deyishmagan bo’lar edi. YouTube kanalimizga qo’llanmadan qisqa parcha joylaganmiz. Bemalol ko’rishingiz mumkin. 📹: https://youtu.be/8zGe4NwUq_Q?si=yBvToj7hFDlC1Izk

40,600 views

Publikigita 27 Feb

44,300 views

Publikigita 27 Feb

😴6 soat uxlash = 24 soat uyg'oq yurish bilan teng Tadqiqotlarga ko'ra, agar siz 14 kun davomida har kuni 6 soatdan uxlasangiz, 14-kunga borib miyangizning ishlash qobiliyati bir sutka davomida umuman uxlamagan odamniki bilan bir xil darajaga tushib qoladi. 4 soat uxlaydiganlarda esa bu ko'rsatkich 2 sutka (48 soat) uxlamagan odam darajasida bo'ladi. Uyqu yetishmasligining 3-4 kunidan boshlab, inson o'zini endi charchagan deb hisoblamaydi. Tana charchoqqa ko'nikadi. Siz "men yaxshiman, o'rgandim" deb o'ylaysiz. Miya esa ko'nikmaydi. Uning reaksiya tezligi pasayadi, diqqat tarqoqlashadi, xotira yomonlashadi. Siz o'zingizni “yaxshiman” deb hisoblaysiz, lekin obyektiv testlar miyangiz xuddi "mast" holatda ishlayotganini ko'rsatadi. Siz shunchaki normal holat qanday bo'lishini unutib qo'yasiz. Xo’sh nega biz buni sezmaymiz? Surunkali uyqusizlik miyaning o'z faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini ko'r qilib qo'yadi. Siz o'z imkoniyatlaringiz pasayib ketayotganini payqamay qolasiz. Bu xuddi mast odamning "men bemalol mashina hayday olaman" deb ishonishiga o'xshaydi. Uyqu yetishmasligining asosiy oqibatlaridan biri diqqatni jamlash qiyinlashadi va oddiy vazifalar ko'proq vaqt ola boshlaydi. Va yana asabiylik va hissiy beqarorlik ortadi. Uyquda kattalar uchun biologik ehtiyoj 7 soatdan 9 soatgacha hisoblanadi. 6 soat uxlash qahramonlik emas, miyani sekin-asta ishdan chiqarish degani. "Men 6 soat uxlab ham o'zimni yaxshi his qilyapman" degan gap, aslida miyangiz o'z holatini baholay olmayotganini anglatadi. Tanamiz sog'lom bo'lishi uchun emas, shunchaki "normal" ishlash uchun ham 7-8 soat uyqu zarur.

75,500 views

Publikigita 23 Feb

Nega investitsiya uchun Imanum'ni tanladim? IMAN loyihasining “Imanum” ilovasida siz oson va ishonchli pul jamg'arishingiz mumkin. Mablag’ni naqt yoki plastik kartada saqlasangiz uni ishlatib qo’yish imkoningiz yuqori bo’ladi. Uning ustiga Imanumga investitsiya qilingan mablag’ vaqt o’tgani sayin ortib boradi. IMAN mablag’larni so’mda O’zbekiston qonunchiligi asosida boshqaradi. IMAN’ga qanday investitsiya qilandi? 1. Investitsiya qilishni boshlash uchun Imanum ilovasini yuklab olib ro’yxatdan o’tasiz. 2. Investitsiya bo’limida birinchi investitsiya uchun minimal 100 ming so'm investitsiya qilasiz. 3. Undan keyingi kunlar uchun har kuni 50 ming so'mdan avto to'lovni yoqib qo'yishingiz mumkin. Investitsiya shartlari bilan Imanum ilovasida batafsil tanishishingiz mumkin.

59,700 views
1234•••10•••1415