TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Reen al kanallisto
Yoʻldoshev | Kontentblog avatar

TGINSIGHT CHAT

Yoʻldoshev | Kontentblog

@copirayt

Blogs

Oʻzbekcha. Hamma-hammasi contact: @copirayter

Abonantoj4,420Nunaj abonantoj
Spuritaj afiŝoj617Nombro da indeksitaj afiŝoj
Lasttempa atingado21,720Sumo de lastatempaj vidoj
Lastaj afiŝoj

Lastaj afiŝoj

Paĝo 2 el 52 · 617 afiŝoj

Publikigita 11 Maj

Hozirgacha yuzlab ekspatlar bilan individual va jamoaviy ishlab ko'rganman Ularning hammasi ham o'zi oladigan maoshni oqlamaydi. Ayrim hollarda faqatgina ekspatligi uchun mahalliy mutaxassisdan $1000-1500 ko'proq maosh oladi. Mirzayor aka ham ancha yaxshi gaplar aytibdi Agar mahalliy mutaxassisga shu maosh berilsa, ekspatdan ko'ra 2-3x samaraliroq ishlaydi *20% ekspatlar haqiqatdan ham noyob mutaxassis bo'lishi mumkin

1,540 views

Publikigita 3 Maj

Assalamu alaykum, men zoʻr videografman. Ishlarim yaxshi, prosmotrlar koʻp boʻgan. Portfolio va narx lichkada Men katta ehtimol bilan bu videografga yozmayman Nega? Chunki bu yerda qadamlar koʻp. Unga yozishim, salom-alikdan soʻng portfolioni soʻrashim, kutishim, koʻrishim kerak Siz kopirayter, videograf yoki dizaynersiz Qandaydir matn, video, dizayn qoʻying. Izidan “Agar kimgadir shunaqa matn/video/dizayn kerak boʻlsa, men xy yillik tajribaga ega kopirayterman. Mana portfolio: havola” kabi yozish kerak Zoʻr boʻlsangiz, avval shuni koʻrsating. Ayniqsa kopirayterlar oʻzini matn bilan “sota olmasa”, xafa boʻlib ketaman Portfolioni ochiq koʻrsating. Mijoz lichkada portfolio izlab yurishga majbur emas Qachongacha shunaqa sotasizlar?)

2,020 views

Publikigita 3 Maj

Kun shaxsiy brend bo‘yicha uchrashuvdan boshlandi. Mijozlarni tanlab olaman. Ularni shaxsiyati juda ham muhim men uchun. Shaxsiy brend loyihalarida mijoz bilan suhbatlar ko‘p bo‘ladi. Har bir koordinatsiyada yanada yaqindan, yanada chuqqurroq u insonni kashf qilamiz. Habibulloh Karimov — Menejerlarni tayyorlash, ichki akademiya qurish bo‘yicha kuchli mutaxassis. O‘zbekistonning Adizesi bo‘lsalar kerak yaqin kelajakda. Ahmad Tea Uzbekistan, Max Way, Zarqand va yana yirik farm korxonalarga xizmat ko‘rsatganlar. Azimjon Zuxurov — iqtisodiy masalalar bo‘yicha advokat. Yirik moliyaviy muammolar, sherikchilik yoki qarz masalalari bo‘yicha bizneslarga xizmat ko‘rsatadilar. Sarvar Zaynutdinov — Sotuv bo‘limlarini qurish va tizimlashtirish bo‘yicha ishlovchi Prosales asoschisi va rahbari. Bu inson O‘zbekistonning Grebenuki bo‘lsalar kerak yaqin orada. 60+ loyihani yopib ulgurishgan shu kungacha. Sevara Muhammedova — Professional Futbol Ligasi bosh buxgalteri, undan tashqari yana 150 tacha firma buxgalteriyasini yuritadigan Finway asoschisi va rahbari. Judayam energiyaga boy tadbirkor ayol. Feruza Usmanalieyva: Afrikada bir necha million dollarlik bizneslar qurgan, yurtimizga katta investitsiyalar kiritgan, katta pullar insoniyligiga taʼsir qilmagan, doktor, ziyoli va muvaffaqiyatli investor, tadbirkor ayol. Hali yozmagan mijozlarimiz ancha. Ular haqida ham bir post qilaman nasib qilsa. CTA: Frontdagi yangiliklarni o‘qish uchun obuna bo‘lib qo‘ying 😁) 📌telegram.me/hasanovblog

1,620 views

Publikigita 30 Apr

O'zbek tilida kreativni o'rganaman deganlar uchun Duv-Duv gap'da 5-mavsumga qabul boshlanibdi Nimaga bu kursda o'qish kerak? 605 Agency kreativ agentligi O'zbekistonda 2 marta ketma-ket "Yil agentligi" bo'lganining o'zi yetarli (2024-2025 yillar) Batafsil:https://t.me/duvduvedu/67

1,620 views

Publikigita 29 Apr

Kreativ g'oyalar qanday yaratiladi? Raqobatchilardan ajralib turish, eksklyuziv kontent yaratish va mijozlar bilan kommunikatsiyani yaxshilashda kreativ fikrlash qo'l keladi. Bu gal Marketing Bo'limida shu mavzuda Otabek Sharapov, 605 kreativ agentligi asoschisi bilan suhbatlashamiz. Suhbat kimlar uchun: Kreativga qiziqqan hamma ishtirok etishi mumkin Format: onlayn Qachon: 30-aprel, 20:00 da 🔗Suhbatda ishtirok etish Barchani suhbatda kutib qolamiz!

1,120 views

Publikigita 28 Apr

#tavsiya Kopirayterlar uchun TOP-5 kitob 1. David Ogilvy – Reklama haqida: reklamani fundamental tushunish uchun eng yaxshi kitoblardan 2. Maksim Ilyaxov – Yoz, qisqartir. Kopirayting, matn tuzilishi, maqsadlarini oʻrganish uchun eng yaxshi kitob 3. Maksim Ilyaxov – Oddiy, tushunarli. Kopiraytingni “magistratura” darajasiga chiqmoqchi boʻlganlar uchun. 2-kitobning mantiqiy davomi 4. Oʻtkir Hoshimov – Daftar hoshiyasidagi bitikilar. Klassika, oʻzbek tilida eng yaxshi qisqa hikoyalar toʻplami 5. Allan Dib – Bir varaqli marketing reja. Marketing fundamental tushuntirilgan, oʻqishga oson kitob @copirayt

1,590 views

Hashtags

Publikigita 23 Apr

Bir haftadan beri havo toza Maza qilyapman)

2,050 views

Publikigita 18 Apr

Intizom Hammamizda bitta umr bor va doim shu umrni mazmumliroq, yaxshiroq qilish uchun harakatdamiz Koʻpchilikka ma’lumki, aynan intizom sizni maqsadga olib boradi. Masalan, siz oʻz oldingizga rus tilini oʻrganishni maqsad qilib qoʻydingiz. Rus tilini oʻrganish uchun har kuni 1 soatdan 8 oy davomida dars qilmoqchisiz. 1 kun, 2 kun, 1 hafta, 1 oy… Qaysidir paytda dars qilishga ketma-ket 2 kun vaqt yoki vaziyat boʻlmaydi. Nuqta Aynan oʻsha nuqta juda koʻpchilik “kutgan” nuqta. Koʻpchilik qaysidir odatlaridagi “pauza” sabab maqsadiga yomon harakatni toʻxtatib qoʻyadi Bahona: intizom buzildi, zanjir uzildi Intizom – nimanidir har kuni uzluksiz qilish emas. Intizom – zanjir uzilganda toʻxtab qolmaslik, davom ettirish uchun kuch topa olish. Intizom aynan shu narsa @copirayt

2,270 views

Publikigita 14 Apr

10 000+ Kopirayting bo‘yicha men mualliflik qilgan bepul manbalardan foydalanuvchilarning soni 10 000 nafardan oshdi *kitob va blogimni o'quvchilardan tashqari Men kopiraytingni ilk bor o‘rganishni boshlaganimda o‘zbek tilida deyarli manbalar yo‘q edi. Shu sababli rus tilidagi manbalardan o‘rganishga majbur bo‘lganman. Va e’tiborli jihati shuki, rus tilidagi men o‘rgangan manbalarning barchasi BEPUL edi. O‘sha payt o‘z oldimga maqsad qo‘yganman: o‘zbek tilida kopirayting bo‘yicha bepul darsliklar yozish. Mana bugun o‘sha maqsadimga qaysidir darajada erishdim, deb o‘ylayman. Chunki hozirgacha men yozgan darsliklardan kopiraytingni o‘rganganlar soni 10 000 dan oshdi. Avval o‘zbek tilidagi kopirayting bo‘yicha ilk kitob. Kanalimdagi 3 yil davomida yozilgan barcha postlarni jamlab, kitob ko‘rinishiga keltirdim va uni ham kopirayterlar uchun o‘z kanalimda bepul taqdim etdim. Keyinroq 2024-yil oxirida Najot Ta’lim bilan hamkorlikda EdFix platformasida ilk kopirayting bo‘yicha bepul kursni yo‘lga qo‘ygan edik. Bugungi kunga kelib, ushbu kursda o‘qiganlarning soni 3000 nafardan oshdi. Eng oxirgi qilingan ish yaqinda SMM Savodxon loyihasi bilan birgalikda SMM darslari tarkibida bepul kopirayting darslarini joyladik. Bu darslar ham hozirgacha 7000 nafardan ortiq o‘quvchiga ega bo‘ldi. Faxr bilan aytamanki, men maqsadimga qaysidir darajada erishdim. SMM Savodxon darslariga @smmsavodxon_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasizlar. Botda ko‘rsatma bor, aynan shu ko‘rsatma orqali bepul darsliklardan foydalanishingiz mumkin. Kopirayting bo‘yicha hozir 2 ta dars mavjud, yana 4 ta dars montaj jarayonida Bu yo‘lda meni hozirgacha qo‘llab-quvvatlagan obunachilarimga, hamkasblarimga va ustozlarimga, barchaga kattadan-katta rahmat aytaman. @copirayt — sizning kopirayter do‘stingiz

2,220 views

Publikigita 10 Apr

Onasini emsin) Men kreativda 2 yil oldin qo'llagan, o'quvchilarim ham biladigan narsalarni Instagramda kontent qilishyapti Izohlarda odamlar ham WoW deyapti...

2,120 views

Publikigita 10 Apr

Brand ambassador ≠ Brand face: farqini bilasizmi? So‘nggi yillarda brendlar kommunikatsiyasida mashhur shaxslar bilan ishlash strategiyasi kuchayib bormoqda. Xususan, brand ambassador yoki brand face formatidagi hamkorliklar marketing va PR kampaniyalarining muhim qismiga aylandi. Bu amaliyot global bozorda allaqachon shakllangan bo‘lsa, hozir O‘zbekistonda ham faol qo‘llanila boshladi. Masalan: ▪️ Shahzoda — Uzum marketplace kampaniyalarida ▪️ Yulduz Rajabova — Safia qandolat tarmog‘i kommunikatsiyasida ▪️ Mirshakar Fayzulloev — Yandex Split loyihasida ▪️ Eldor Shomurodov – TBC Bank uchun loyihalarda Biroq bu kabi hamkorliklarda ko‘pincha ikki tushuncha aralashtirib yuboriladi: brand ambassador va brand face. Birinchi qarashda ular bir xildek ko‘rinadi — har ikkalasi ham reklama kampaniyalarida ishtirok etadi va brendni ommaga tanishtirishga xizmat qiladi. Ammo PR va marketing strategiyasi nuqtayi nazaridan bu ikki rol turli funksiyalarni bajaradi. Brand face (brend yuzi) — bu brendning vizual identifikatsiyasiga xizmat qiluvchi shaxs. U reklama materiallari, bannerlar, video roliklar yoki kampaniyalarda asosiy obraz sifatida namoyon bo‘ladi. Auditoriya brendni ko‘rganda, ko‘pincha aynan shu inson bilan assotsiatsiya qiladi. Brand ambassador (brend elchisi) esa brend qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi uzoq muddatli kommunikatsiya vakilidir. U nafaqat reklama kampaniyalarida, balki turli tadbirlar, ijtimoiy tarmoqlar va PR faoliyatida ham brend nomidan chiqadi. Ambassador brend bilan barqaror aloqani ifodalaydi va auditoriya bilan ishonch ko‘prigini yaratadi. Qisqa qilib aytganda: Brand face — brendning vizual timsoli. Brand ambassador — brendning kommunikatsion vakili. Amaliyotda ba’zi holatlarda bir shaxs ikkala rolni ham bajarishi mumkin. Biroq strategik jihatdan bu ikki pozitsiya turli kommunikatsion vazifalarni bajaradi va brend positioningida alohida rol o‘ynaydi. Sizningcha, yuqoridagi misollarda kim brand face, kim brand ambassador?🤔 Izohlarda yozing — birga tahlil qilamiz. @marketing_asanova

1,950 views

Publikigita 9 Apr

Kotib AI startapida marketing menejer bo'lib ishlayman Call-markazlar uchun AI qo'ng'iroqlar tahlilini o'rnatamiz. 10 kuncha avval Linkedinda servisimiz haqida post qo'yganimda "Sizning modelingiz so'zlarni aniq tushunmaydi" degan izohlar bo'ldi Nima qilish kerak, deb o'yladim. Bu yerda bitta yechim bor edi: fakt bilan javob berish Agar kanalimda biznes egalarni bo'lsa, avval savollar bermoqchiman: • Sotuv bo‘limingiz rahbari yoki sifat nazorati menejeri bir kunda nechta qo‘ng‘iroqni eshita oladi? • Eng muhimi, u hamma qo‘ng‘iroqni ham birinchisidek xolis baholay oladimi? • Charchoqni, xodimga bo‘lgan shaxsiy munosabatini va o‘sha kundagi kayfiyatini bir chetga surib qo‘ya oladimi? Albatta yo'q. Biz insonmiz. Charchaymiz. Bizda his-tuyg‘ular, simpatiya va boshqa vazifalar bor. Bu kamchilik emas — bu shunchaki hayotiy haqiqat. Sun’iy intellekt esa charchamaydi. Uning “yoqtirgan” xodimlari bo‘lmaydi. U birinchi qo‘ng‘iroqni ham, 524-qo'ng'roqni ham bir xil baholaydi. Endi, ovozni tanish sifatiga to‘xtalsak. Biz ko‘pchilikka tanish bo‘lgan videoni topdik. Bu videoga o‘n yildan oshgan va u aynan bir insonning o‘ziga xos shevada gapirgani tufayli virusdek tarqalgan. Ayrim o'zbeklar ham bu shevani, uning nima deyotganini tushunmagan. Biz bu videoni atayin stress-test sifatida tanladik. Agar modelimiz buni eplasa, demak, hammasini eplay oladi. Natijani videoda ko'rishingiz mumkin Bizning model o‘zbek, rus, tojik, qoraqalpoq tillarini 95% dan yuqori aniqlikda tushunadi. Faqat darsliklardagi adabiy tilni emas, balki jonli nutqni: shevalar, rus va o‘zbek tillari aralashgan muloqotni, his-hayajon va tezkor gapirish sur’atini ham tushunadi. Xulosa: tizim qo‘ng‘iroqlarning bir qismini emas, balki barcha 95–97% ini — butun oqimni xolis tahlil qiladi. Agar hozir sizning koll-markazingiz qo‘ng‘iroqlarning atigi 20–30% ini eshitayotgan bo‘lsa, siz biznesingizni ko‘r-ko‘rona boshqarayapsiz. Xizmatimizdan foydalanish uchun @nurbekyuldoshiy profiliga yozishingiz mumkin. Bepul test rejimimiz bor @copirayter

1,600 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••505152