Lastaj afiŝoj
Paĝo 4 el 52 · 617 afiŝoj
Publikigita 17 Mar
AI = qurol Hozir ishni, kunni, umuman olganda hayotni AI'siz tasavvur qilish qiyin. Dizaynda AI, montajda AI, kreativda AI... *AI — sun'iy intellekt Kopiraytingda ham AI'ning ulushi yaxshigina. O'zim 3 yildan beri 3-4 ta AI modellardan foydalanib kelaman.…
Publikigita 16 Mar
AI = qurol Hozir ishni, kunni, umuman olganda hayotni AI'siz tasavvur qilish qiyin. Dizaynda AI, montajda AI, kreativda AI... *AI — sun'iy intellekt Kopiraytingda ham AI'ning ulushi yaxshigina. O'zim 3 yildan beri 3-4 ta AI modellardan foydalanib kelaman. Bu menga tezlik, sifat va resurslarni tejash imkonini beradi. Ko'pchilik AI kopiraytingni ishini olib qo'yadi, deb o'ylaydi. Aslida AI emas, AI ishlatadigan kopirayterlar raqobatda yutib chiqadi. Shu tufayli, "Kopitayterlar uchun AI" nomli mini kurs ochyapman Kurs 1 oy = 8 ta darsdan iborat bo'ladi. Dastur ichida eng yaxshi AI modellar, ularga sifatli prompt yozish (prompt injiniring), promptlar kutubxonasi, prompt chaining va eng muhim blok "AI natijalarini tahrir qilish" bloki ham bo'ladi Kurs 6-apreldan boshlanadi. Narxi: 100$ Menda avval o'qiganlar uchun: 80$ *Ramazon oyida joy band qilsangiz, 70$ (hamma uchun) Faqatgina tajribali kopirayterlar olinadi. Chunki kurs aynan kopiraytingda AI'ni qo'llash bo'yicha Ro'yxatdan o'tish: @copirayter @copirayt
Publikigita 14 Mar
Yana darslar yozyapmiz *bepul darslar
Publikigita 13 Mar
1 haftacha oldin qayerdadir oʻqidim: AI modellar erasi tugab, AI agentlar erasi boshlanyapti Kecha esa ishxonada 2 ta AI agent oʻrnatishni boshladik
Publikigita 9 Mar
Halol nasiya kreditdan qimmatmi? Oxirgi paytlarda “halol nasiya kreditdan ham qimmatga tushyapti” degan fikrlarni juda ko‘p ko‘ryapmiz. 10 ga yaqin fintex kompaniyalarida ishlagan inson sifatida o‘z fikrlarimni yozib qoldirdim. Toʻliq maqola: https://co…
Publikigita 9 Mar
Halol nasiya kreditdan qimmatmi? Oxirgi paytlarda “halol nasiya kreditdan ham qimmatga tushyapti” degan fikrlarni juda ko‘p ko‘ryapmiz. 10 ga yaqin fintex kompaniyalarida ishlagan inson sifatida o‘z fikrlarimni yozib qoldirdim. Toʻliq maqola:https://connected.uz/posts/69aed790754d29fa63d4606e
Publikigita 4 Mar
Бир неча марта даволанишига ёрдам берганимиз Маъпура опамизга яна ёрдам зарур. Шифокорлар текшируви натижасида унинг тизза соҳасида муаммо аниқланган ва жарроҳлик амалиёти қилиш зарурлиги айтилган. Операция ва даволаниш харажатлари 15 миллион сўмни ташкил қилади. Ҳар бирингизнинг хоҳ кичик, хоҳ катта қўшган ҳиссангиз унинг соғлигига, ҳаётига умид бағишлайди. Аллоҳ таоло қилган хайр-саховатларингизни катта ажр ва савоблар билан мукофотласин. Карта рақами: 8600061077554755 5614 6816 2082 6382 Алоқа учун: +998955950605
Publikigita 4 Mar
Tizim = sifat Tizim = tezlik Tizim = natija Bugun trekerlarning ishga ta'sirini real keysda aytib bermoqchiman Men Yandexda mahalliylashtirish (локализация) va UX bo'yicha konsultant bo'lib ishlayman. Men Toshkentda yashayman. Men bilan ishlaydigan loyiha menejeri (PM) Yekaterinburg shahrida yashaydi. Uning boshlig'i Belgrad shahrida. Ishlayotganimga yaqinda 1,5 yil bo'ladi. Sizningcha biz hozirgacha necha marta meet (onlayn uchrashuv) qilganmiz? Atigi 1 marta, u ham bo'lsa shunchaki tanishish uchun. Bo'ldi Yaxdex yoki kattaroq kompniyalarda ishlasangiz, albatta tracker (vazifalarni kuzatib borish tizimi) bo'ladi. Masalan, Yandexda bu Яндекс Трекер. Hamma vazifalar shu tizimda beriladi va statuslar ko'rsatib boriladi. Bu kim nima ish qilayotgani, TZ qanchalik to'g'ri berilgani, qaysi loyihada qaysi jarayon ketayogani va ishning umumiy kartinasini ko'rishga yordam beradi. *sariq undovchalarga e'tibor bermang, bu vazifa boshlangan kun. Men faqat yakunlangan kunni ko'rsataman Agar tizim bo'lmasa, nima bo'ladi? Suvta'minot bilan Yo'lqurilish bir-birini "his qilmaydi" va kecha yotqizilgan asfaltni buzib, suv o'tkaziladi Kompaniyalarda ham xuddi shunday. Aniq bir platforma bo'lmasa, buyruqlar, vazifalar bloknotlarda, og'izda qolib ketaveradi va ish yurmaydi. Yoki "it itga buyuradi, it quyrug'iga" kabi vazifalar undan bunga, bundan narigiga bo'lib ketaveradi Bu nimaga olib keladi? Majlislarga Ish yurmayaptimi, majlis qilinadi. Vazifa bajarilmadi, majlis. Kimdir o'z vazifasini bilmaydi, majlis. Majlis, majlis, majlis, meet, meet, meet... Shu sababli ishlar doim yozib borilishi kerak. Shundagina muammo aniq qayerda ekanini topish mumkin Xulosa: aniq bir doska yoki treker (qandaydir tizim) ishlating. Shunda tushunmovchilik va chigalliklar kam bo'ladi @copirayt
Publikigita 2 Mar
Connectedga yaxshi tahliliy maqola yozib keldim https://connected.uz/posts/69a55a9b0140681aef94c747
Publikigita 25 Feb
Bobom aytgan edi: Bu dunyoning ishi, tashvishi tugamaydi, tugata olmaysan. Faqatgina ozroq vaqtga to'xtatib turish mumkin Uxlayman)
Publikigita 25 Feb
Mana, marketing kursini ham tugatib oldik Endi yangi marralarga qarab yoʻlga chiqsak boʻladi
Publikigita 22 Feb
Rostini aytsam, gavjum joylar, shahar shovqinini yoqtirmayman Shu sabab ish stolimga gullar qoʻyib olaman. Qishloqni, dalalar, bogʻimizni eslatib turishi uchun *antistress sifatida ham yordam beradi