TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Natrag na kanale
ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ avatar

TGINSIGHT CHAT

ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

@shahrixontumani

News and media

RASMIY SAHIFALAR Facebook : https://www.facebook.com/sa.rihon.tumani.matbuot.hizmati instagram: https://www.instagram.com/shahrixon.press Murojaat uchun: @Xalq_va_Hokimiyat

Pretplatnici4,280Trenutni pretplatnici
Praćene objave1,004Broj indeksiranih objava
Nedavni doseg6,038Zbroj nedavnih pregleda
Nedavne objave

Nedavne objave

Stranica 2 od 84 · 1,004 objava

Objavljeno 17. tra

Shahrixon tuman 4-son texnikumida “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazildi. Mazkur soatda pedagog xodimlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash maqsad qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat va jamiyat boshqaruvi asoslari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, hafta davomida yurtimizda yuz bergan muhim siyosiy jarayonlar, qabul qilingan qaror va farmonlar, xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuvlar hamda ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Bu jarayonlar orqali davlatimiz taraqqiyoti, olib borilayotgan islohotlarning natijalari keng yoritib berildi. Pedagog xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda turli zararli g‘oyalardan ogoh bo‘lish zarurligi ta’kidlandi. Shahrixon tuman 4-son texnikumi ✍️

429 views

Objavljeno 17. tra

📣“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga tanlov! Ichki ishlar organlari huzurida “To‘maris izdoshlari” guruhlari tashkil etilmoqda. 🔰Ishtirokchilar talablari: — 18–30 yoshdagi xotin-qizlar; — O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli; — Doimiy yashash joyiga ega; — Faol va tashabbuskor. 🎯Vazifalar: — Qizlarning muammolarini o‘rganish; — Huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish; — Salbiy holatlarni aniqlab, tegishli tashkilotlarga yetkazish. 📍Faoliyat: — Har hududda 2–3 nafardan a’zo; — 1 yil davomida, 360 soat. 📌 Barcha faol xotin-qizlarni ishtirok etishga chorlaymiz! --------- Shahrixon tumani hokimligi Matbuot xizmati

409 views

Objavljeno 17. tra

🏐 Sport – birlik va sog‘lom turmush garovi Shahrixon tuman 2-son texnikumida pedagog hodimlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z jamoalari bilan faol qatnashib, epchillik, chaqqonlik va jamoaviy hamkorlikni namoyon etdilar. Har bir o‘yin qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Pedagog hodimlar nafaqat bilim beruvchi ustoz, balki sportda ham faol va tashabbuskor ekanliklarini yana bir bor isbotladilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar rag‘batlantirildi. Bunday sport musobaqalari texnikum jamoasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, jismoniy va ma’naviy barkamollikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shahrixon tuman 2-son texnikumi✍️

385 views

Objavljeno 17. tra

Замонавий таълим сари қадам: Андижонда “INFOTEACH – 2026” форуми Андижон вилоятида таълим тизимини янада ривожлантириш, айниқса, информатика ва ахборот технологиялари соҳасида педагоглар салоҳиятини оширишга қаратилган муҳим тадбир — “INFOTEACH – 2026” Республика форуми юқори савияда бўлиб ўтди. Андижон давлат университетида ташкил этилган мазкур нуфузли анжуманда юртимизнинг турли ҳудудларидан ташриф буюрган 400 нафарга яқин информатика фани ўқитувчилари иштирок этди. Форум соҳадаги илғор тажрибаларни оммалаштириш, ўқитувчилар ўртасида ҳамкорликни мустаҳкамлаш ва замонавий таълим ёндашувларини жорий этишга хизмат қилди. Тадбир доирасида тажрибали менторлар, малакали мутахассислар ва амалиётчи ўқитувчилар томонидан бир қатор долзарб мавзуларда семинар-тренинглар ўтказилди. Хусусан, таълим жараёнида сунъий интеллект имкониятларидан самарали фойдаланиш, унинг ахлоқий ва хавфсизлик жиҳатлари, информатика дарсларида замонавий рақамли платформаларни қўллаш, Python дастурлаш асослари, киберхавфсизлик масалалари ҳамда лойиҳа асосида ўқитиш (PBL) методикасини амалиётга жорий этиш каби йўналишлар атрофлича ёритилди. Форум иштирокчилари нафақат назарий билимларини бойитдилар, балки амалий машғулотлар орқали ўз кўникмаларини мустаҳкамлаш имконига эга бўлдилар. Шунингдек, тадбир давомида ўқитувчилар ўзаро тажриба алмашиб, янги ғоя ва ташаббуслар билан танишдилар. Анжуман якунида фаол иштирок этган педагоглар муносиб рағбатлантирилди, барча қатнашчиларга эса сертификатлар топширилди. Таъкидлаш жоизки, “INFOTEACH – 2026” форуми бугунги кунда таълим тизимида кечаётган рақамли трансформация жараёнларини қўллаб-қувватлаш, педагогларнинг касбий маҳоратини ошириш ва информатика таълими сифатини янги босқичга кўтаришда муҳим аҳамият касб этмоқда. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

517 views

Objavljeno 16. tra

Хабарингиз бор тажриба алмашиш ва иш ўрганиш мақсадида афғонистонлик тадбиркорларнинг бир гуруҳи Андижонга ташриф буюрди. Ташриф доирасида Ўзбекистон ва Афғонистон хусусий сектор вакиллари ўртасида танишув ва бизнес учрашувлари ташкил этилди. Шунингдек, меҳмонлар Андижондаги ишлаб чиқариш корхоналари, замонавий технологиялар ва илғор тажрибалар билан яқиндан танишиб, ўзаро манфаатли лойиҳалар учун янги имкониятларни очиш истагини билдирмоқда. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

611 views

Objavljeno 16. tra

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы жилищно-коммунального обслуживания Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

578 views

Objavljeno 16. tra

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Giyohvandlikka qarshi” mavzusida marafon yugurish musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbir orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga undash va jismoniy faollikni rivojlantirish targ‘ib qilindi. #chellenj Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|

552 views

Hashtags

Objavljeno 16. tra

📢 SHAHRIXONDA YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI Shahrixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari M. Mamajonova tomonidan tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 🎓 Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 💬 Tadbir samimiy suhbat va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. 💻 Uchrashuv yakunida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan maktabga zamonaviy kompyuterlar foydalanishga topshirildi. ✨ Bu kabi tashabbuslar yoshlarning bilim olishlari va zamonaviy texnologiyalarni egallashlariga keng imkoniyat yaratadi. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|

498 views

Objavljeno 16. tra

Giyohvandlikka qarshi birlashamiz, Sogʻlom hayot uchun kurashamiz! Shahrixon tumani Maktabgacha va maktab bo'limi jamoasi giyohvandlikka qarshi! #chellenj Telegram ✍

490 views

Hashtags

Objavljeno 16. tra

Andijon viloyatidan Hududlar uchun master-reja asosidagi savdoga chiqarilgan yer uchastkalarini sotib oling! 🔸Hududlar uchun master-reja asosidagi yerlar 76 ta Izoh: Muddatli bo'lib to'lash imkoniyati mavjud! ☎️ 99 207-26-14 ☎️ 99 207-36-14 ______ Telegram✍

520 views

Objavljeno 16. tra

#Биласизми Интеллектуал фаолият бўйича танловлар ташкил этилади Батафсил инфографикада👆 https://t.me/huquqiyaxborot✍

504 views

Objavljeno 16. tra

#Ochiq_muloqot#Yoshlar_kuni #Shahrixon_tumani Bugun birlashma boshlig’i U.Abduvohidovning payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan Segaza, Qum, Ipak yo’li MFYlarda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda 31 nafar yosh turli masalalar bilan murojaat qildi. Murojaatlarning 7 tasi sog‘liqni saqlashga oid bo‘lib, 2 nafar ishga qabul qilindi, 5 nafariga davolanish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qolgan murojaatlar ham ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi. Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi Matbuot xizmati✍ --------- Shahrixon tumani hokimligi Matbuot xizmati

545 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384