TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #3889

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,520Kantite vizit
PibliyeFeb 1302/13/2026, 12:46 PM
Kontni

Kontni pòs la

#kunraqami 📊Rekord ko‘rsatkich: Korporativ obligatsiyalar bozori 5 trln so‘mdan oshdi 🌐2026-yil 13-fevral holatiga ko‘ra, Markaziy depozitariy tomonidan hisobga olingan korporativ obligatsiyalarhajmirekord daraja — 5,28 trillion so‘mga yetdi. 🗂 Tahlillar oxirgi bir yillik dinamika bozorning nafaqat hajm jihatidan, balki sifatjihatidan ham yangi pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. 🗣 Bir yillik o‘sish besh yillikdan ustun ⏺2025-yil boshida bozor hajmi 1,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 2,7 barobargaoshdi. Eng e’tiborli jihati, oxirgi bir yilda bozorga kirib kelgan kapital miqdori (3,3 trln so‘m), avvalgi besh yillikdagi(2020–2024) jami o‘sish ko‘rsatkichidan bir necha barobar ko‘pdir. 🗣Emitentlar konsolidatsiyasi ⏺ Garchi emitentlar soni 43 tadan 34 taga kamaygan bo‘lsa-da, bozor hajmi deyarli3 barobar o‘sdi. Bu bozorning sinov emissiyalari davridan ishonchli resurs jalb qilish maydoniga aylanganidan dalolat beradi. 🗣Xususiy sektor - asosiy "o'yinchi" ⏺ Emitentlarning qariyb 76 foizi (26 tasi) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu xususiy biznesning an’anaviy bank kreditlariga muqobil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital bozoridan resurs jalb qilishga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanayotgani belgisidir. 🗣Chakana investorlar uchun imkoniyatlar Muomaladagi obligatsiyalar soni bir yil ichida170 milliondan 223,5 million donaga oshdi. Obligatsiyalar sonining bunday ko‘payishi ularning nominal qiymati optimallashayotganini va kengroq investorlar qatlami, jumladan, jismoniy shaxslar uchun ham jozibador aktivga aylanayotganini tasdiqlaydi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin