TGINSIGHT CHAT
UzCSD | Markaziy depozitariy
@uzcsd
Business and startupsweb: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Dènye pòs
Tag: #kunraqami · 8 pòs
Pibliye Apr 10
#kunraqami 🌐 O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozoriga xorijiy investorlarning ishonchi ortib bormoqda. 2026-yil 10-aprel holatiga ko‘ra: 💻25 ta xorijiy davlat investorlari tomonidan jami 1,03 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 📊 Ma'lumot uchun, bugungi kunda bozordagi 35 ta emitent ishtirokidagi jami chiqarilishlar hajmi 6,13 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa xorijiy sarmoyadorlar ulushi umumiy bozorning qariyb 17 foiziga yetganidan dalolat beradi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Apr 3
#kunraqami 📊Korporativ obligatsiyalar bozori 6 trln so‘mdan oshdi 🌐 2026-yil 3-aprel holatiga ko‘ra, Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan hisobga olingan korporativ obligatsiyalar hajmi 6,13 trillion so‘mga yetdi. Emitentlar soni 35 tani tashkil etdi. 🗂 Ma'lumot uchun, 2025-yil boshida bozor hajmi 1,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 3,2 barobarga oshdi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Feb 13
#kunraqami 📊Rekord ko‘rsatkich: Korporativ obligatsiyalar bozori 5 trln so‘mdan oshdi 🌐2026-yil 13-fevral holatiga ko‘ra, Markaziy depozitariy tomonidan hisobga olingan korporativ obligatsiyalarhajmirekord daraja — 5,28 trillion so‘mga yetdi. 🗂 Tahlillar oxirgi bir yillik dinamika bozorning nafaqat hajm jihatidan, balki sifatjihatidan ham yangi pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. 🗣 Bir yillik o‘sish besh yillikdan ustun ⏺2025-yil boshida bozor hajmi 1,9 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 2,7 barobargaoshdi. Eng e’tiborli jihati, oxirgi bir yilda bozorga kirib kelgan kapital miqdori (3,3 trln so‘m), avvalgi besh yillikdagi(2020–2024) jami o‘sish ko‘rsatkichidan bir necha barobar ko‘pdir. 🗣Emitentlar konsolidatsiyasi ⏺ Garchi emitentlar soni 43 tadan 34 taga kamaygan bo‘lsa-da, bozor hajmi deyarli3 barobar o‘sdi. Bu bozorning sinov emissiyalari davridan ishonchli resurs jalb qilish maydoniga aylanganidan dalolat beradi. 🗣Xususiy sektor - asosiy "o'yinchi" ⏺ Emitentlarning qariyb 76 foizi (26 tasi) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu xususiy biznesning an’anaviy bank kreditlariga muqobil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital bozoridan resurs jalb qilishga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanayotgani belgisidir. 🗣Chakana investorlar uchun imkoniyatlar Muomaladagi obligatsiyalar soni bir yil ichida170 milliondan 223,5 million donaga oshdi. Obligatsiyalar sonining bunday ko‘payishi ularning nominal qiymati optimallashayotganini va kengroq investorlar qatlami, jumladan, jismoniy shaxslar uchun ham jozibador aktivga aylanayotganini tasdiqlaydi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Feb 12
#kunraqami 🗣 “Asakabank” AJ aksiyalarining navbatdagi chiqarilishi depozitar ro‘yxatga olindi ⏺Chiqarilishning umumiy hajmi: 1,2 trln so‘m ⏺Aksiya soni: 8 679 231 710 dona ⏺Aksiya turi: Oddiy ⏺Nominal qiymati: 139,01 so‘m ❕ Qimmatli qog‘ozlar yopiq obuna usulida joylashtiriladi. 🔐 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi ushbu qo‘shimcha chiqarilishni depozitar ro‘yxatdan o‘tkazganligini ma’lum qiladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Feb 10
#kunraqami 💻2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslar (chakana investorlar) tomonidan O‘zbekiston kapital bozoriga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 12,8 trln so‘mdan oshdi. 🗣Bugungi kunda mamlakatimizning 956 667 nafar fuqarosi qimmatli qog‘ozlar bozori orqali o‘z jamg‘armalarini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltirgan. ✅Mazkur ko‘rsatkich aholining moliya bozoriga bo‘lgan ishonchi ortib borayotgani, investitsion savodxonlik darajasi yuksalayotgani hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining xalqchil va ochiq bo‘lib borayotganidan dalolat beradi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Feb 4
#kunraqami 🌐2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, xorijiy sarmoyadorlar tomonidan O‘zbekiston kapital bozoriga kiritilgan umumiy investitsiya hajmi qariyb 12,3 trln so‘mga yetdi. 💻Bugungi kunda dunyoning 61 ta davlati rezidentlari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qimmatli qog‘ozlar orqali investitsiya kiritgan. ⏺Mazkur ko‘rsatkich investorlar geografiyasi kengayib borayotgani, milliy emitentlarning xalqaro maydonda nufuzi oshayotgani hamda kapital bozoridagi investitsiya muhiti barqarorligidan dalolat beradi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Jan 29
#kunraqami 🌐O‘zbekiston kapital bozori tizimidagi aksiyadorlar soni1 mln 20 mingdan oshdi. E’tiborlisi, miqdoriy o‘sish bilan birga, bozorda sifat o‘zgarishlari — xalqaro investorlar ulushining keskin ortishi kuzatilmoqda. 🗣So‘nggi 5 yillikdagi o‘sish dinamikasi: ⏺Chet ellik jismoniy shaxslar: +36,4% ⏺Jami chet ellik investorlar: +31,6% ⏺Mahalliy jismoniy shaxslar: +11,2% Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Jan 20
#kunraqami 🌐O‘zbekiston kapital bozoriga xorijiy investorlarning qiziqishi yuqori! ⏺Umumiy ulush: 336 ta AJ ustav fondlaridagi xorijiy sarmoya miqdori qariyb 12,3 trln so‘mga yetdi. 2025-yil davomida xorijiy ulush hajmi 24% ga (2,35 trln so‘mga) ortdi. ⏺Obligatsiyalar bozoridagi faollik: Korporativ obligatsiyalardagi xorijiy egalar ulushi yil boshiga nisbatan 14 baravarga yoki 1 433,5% ga o‘sib, 689,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags