TGINSIGHT CHAT
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
@TIVMatbuot
PolitikTashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Postingan terbaru
Hal. 2 dari 2 · 20 postingan
Diposting 22 Apr
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida roʻy bergan oilaviy kelishmovchilik aks etgan video keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan zudlik bilan oʻrganish ishlari olib borildi hamda voqea ishtirokchilari bilan bevosita muloqot oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasida aniqlanishicha, fuqaro R.O. va uning turmush oʻrtogʻi S.M. oʻrtasida koʻchada oʻzaro oilaviy tushunmovchilik yuzaga kelgan. Muloqot davomida fuqarolarning bildirishicha, mazkur vaziyat davomida hech qanday jismoniy kuch ishlatilmagan. Turmush oʻrtogʻi ham ushbu holatni tasdiqlab, eriga nisbatan hech qanday eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qilgan. Oila — jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, undagi munosabatlar o‘zaro hurmat, mas’uliyat va hamjihatlik asosida qurilishi lozim. Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini har qanday vaziyatda oilani muqaddas bilib, asrab-avaylashi hamda muomala madaniyati va mezbon davlat qonunlariga rioya etishga chaqiradi. @TIVmatbuot
Diposting 16 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan joriy yilning 14 – 16-aprel kunlari Farg‘ona, Andijon, Namangan, Navoiy va Buxoro viloyatlarida navbatdagi “sayyor qabul”lar tashkil etildi. Sayyor qabullar davomida aholi tomonidan ijtimoiy, huquqiy va migratsiya sohalariga oid turli masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Xususan, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish tartib-taomillari, chet elda murakkab vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, xorijiy davlatlarning vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni Vatanga qaytarish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama markazida bo‘ldi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Murojaatlarning salmoqli qismi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, idoralararo hamkorlikni talab etadigan masalalar esa alohida nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilandi. @tivmatbuot
Diposting 16 Apr
Koʻp yillar davomida Qirgʻiz Respublikasi “Kabar” milliy axborot agentligining Oʻzbekistondagi muxbiri sifatida samarali faoliyat yuritib kelayotgan, tajribali jurnalist Toʻlanboy Qurbonov vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik. T.Qurbonov 1952-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. U oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni keng yoritishga munosib hissa qoʻshgan. 2003-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy jurnalist sifatida mamlakatimizdagi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib keldi. Shuningdek, u qirgʻiz va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi madaniy yaqinlikni mustahkamlashga qaratilgan tarjima ishlarida ham faol ishtirok etib, buyuk qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatov asarlarini tarjima qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi. *** We received with deep sorrow the news of the passing of Tulanboy Kurbonov, a seasoned journalist who had long served as the Uzbekistan correspondent of the Kyrgyz Republic’s National News Agency “Kabar.” T.Kurbonov was born in 1952 in the Andijan region. Throughout his career, he made a significant contribution to covering the friendly relations between Uzbekistan and Kyrgyzstan. Since 2003, as a foreign journalist permanently accredited with the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan, he objectively and promptly covered important socio-political developments in the country. He also actively contributed to translation activities aimed at strengthening cultural ties between the Kyrgyz and Uzbek peoples, making a valuable contribution to promoting spiritual heritage through translations of works by the great Kyrgyz writer Chingiz Aitmatov. The Press Service of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan extends its sincere condolences to the family and loved ones of the deceased. *** С глубокой скорбью восприняли известие о кончине Туланбоя Курбонова, опытного журналиста, многолетнего корреспондента Национального информационного агентства Кыргызской Республики «Кабар» в Республике Узбекистан. Т.Курбанов родился в 1952 году в Андижанской области. В ходе своей профессиональной деятельности он внес достойный вклад в освещение дружественных отношений между Узбекистаном и Кыргызстаном. С 2003 года, будучи аккредитованным при Министерстве иностранных дел Республики Узбекистан иностранным журналистом на постоянной основе, он объективно и оперативно освещал важные общественно-политические процессы в нашей стране. Также он активно участвовал в переводческой деятельности, способствующей укреплению культурной близости между кыргызским и узбекским народами, и внес вклад в популяризацию духовного наследия через перевод произведений великого кыргызского писателя Чингиза Айтматова. Пресс-служба Министерства иностранных дел Республики Узбекистан выражает искренние соболезнования родным и близким покойного. @tivmatbuot
Diposting 15 Apr
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с шахматистом Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой на Турнире претендентов Международной шахматной федерации. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Diposting 14 Apr
Javohir Sindorov — FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi O‘zbekistonlik grossmeyster eng yaqin ta’qibchisi, niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va musobaqa yakuniga bir tur qolganda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. @tivmatbuot
Diposting 13 Apr
🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐 Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida kiritildi 🗣Batafsil 📱Рус | Eng| Facebook | X | YouTube | Instagram
Diposting 13 Apr
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda mavjud muammolarga manzilli yechimlar topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Sayyor qabul”larni o‘tkazish davom etmoqda. Navbatdagi qabullar jadvali: 14-aprel — Andijon shahri va Buxoro viloyati 15-aprel — Farg‘ona va Navoiy viloyatlari 16-aprel — Namangan viloyati Vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha Manzil: Andijon shahar Xalq qabulxonasi va tegishli viloyatlar Xalq qabulxonalari. Batafsil ma’lumot uchun: Tel:. +998 97 136-51-51 Mazkur sayyor qabullarda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha bevosita murojaat qilishlari mumkin. @TIVmatbuot
Diposting 12 Apr
🇺🇿🇰🇿Buxoroda o’tgan tashrifning e’tiborga molik lahzalari.