TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #777

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,420Jumlah tampilan
Diposting3 Okt03/10/2025, 22.55
Isi postingan

Isi

Individual Contributor / Yakka hissakor Agar qilayotgan ishingiz to’g’ridan-to’g’ri natija keltirsa, tabriklayman, siz “individual contributor” sifatida hissa qo’shyapsiz. O’zbekchasiga: yakka hissakor. Yozayotgan kodingiz, qilayotgan testingiz, yaratayotgan dizayningiz, qurayotgan infratuzilmangiz va hokazolar aynan shu yo’ldan ketayotganingizni bildiradi. Deyarli hamma narvonlarda bu yo’l alohida ajratilgan. Boshqa yo’l - menejment haqida keyinroq gaplashamiz. Dasturiy ta’minot injeneri (software engineer) uchun kod yozish - ish va majburiyatlarning bir qismi xolos. Shuning uchun ham, injener koder va programmistdan farq qiladi: injener narvondagi faqat bitta sifat bo’yichamas, hamma sifatlar bo’yicha rivojlanishi kerak. Darajalar Juda qisqa qilib darajalar haqida to’xtalsak. E’tibor qilish kerak, darajalarga bo’lgan talablar kompaniyadan-kompaniyaga o’zgaradi; agar kompaniyaning ichida standartlashtirilmagan bo’lsa, turli komandalarda ham farq qilishi mumkin. Masalan, kichikroq kompaniyadagi Senior, deylik, FAANG kompaniyasida xuddi shu darajani ololmasligi ehtimoli katta. Engineer I Bu daraja birinchi mustaqilroq ishlaydigan mutaxassislarniki. Xalq tilida “junior” deyiladi. Injener bu darajada kichik va o’rtacha topshiriqlarni boshqa tajribaliroq odamlar yordamida bajara oladi. To’xtamasdan o’rganadi. Engineer II Bu dajaradagi injenerlarga yaxshi aniqlangan topshiriqlar beriladi. Injener topshiriq ustida mustaqil ishlaydi, kerak bo’lganda boshqalarni chaqiradi, komanda bilan ishlaydi, kelishuvlar va sifat darajasiga to’liq amal qiladi. Juniordan farqli ravishda, bu darajadagi injenerning “tepasida turish” shart emas. Senior Engineer I Bu darajadan boshlab injenerga topshiriqmas, muammolar topshiriladi. Senior I texnik tomondan to’g’ri qarorlar chiqara oladi (dizayn, arxitektura), to’g’ri tanlov qiladi, turli tomonlarning qarashlarini hisobga oladi, komandasidan tashqaridagi odamlar bilan ham ishlaydi. Mahsulot va biznesni yetarlicha chuqur bilish ham lozim. Senior Engineer II Yuqoridagi darajaning davomi, lekin qisman texnik stekning katta farqi yo’q. Deylik, Senior II darajasidagi injener asosiy stekining atrofidagi steklarni ham yetarlicha tushunadi. Mahsulot menejerlarining texnik hamkoriga aylanadi: kattaroq muammolarni qanaqa yechish, qanday amalga oshirish, foydalanuvchilarga tezroq va muammolarsiz qiymat olib kelishni ham hisobga oladi. Staff Engineer Katta (bir nechta mahsulot yoki komanalar qatnashadigan) loyihalarni boshidan oxirigacha olib boradigan odamlar. Kompaniyaning mahsulotlari va biznesini juda yaxshi tushunadi. Arxitektura va tizim dizayni, loyiha boshqaruvi, monitoring, turli komponentlar qanaqa ishlashi haqida chuqur bilimga ega. Ko’p narsada “go-to-person”ga aylangan. Principal Engineer Kompaniyada odamlarni boshqarmaydigan eng zo’r, almashtirish qiyin injener. Har tomonlama chuqur bilimga ega, deyarli CTO darajasida. Texnologiya tomondan strategiyani qura oladi va amalga oshiradi. Juda katta muammolar va biznesga yangi imkoniyatlar ochish bilan shug’ullanadi. Ko’nikmalar (soft/hard skills) Narvonning o’zi keng qamrovli: injenerning sifatlarini har tomondan hisobga oladi. Lekin ishga olishda faqat bir tomondan kompromiss qilish kerak bo’lsa, u hard skill bo’ladi. Ochiq fikrlaydigan, komandada yaxshi ishlaydigan, kommunikatsiyasi zo’r, o’sadigan, boshqalarni eshita oladigan odam texnik tomondagi yetishmayotgan bilimlarni tezroq rivojlantirishi mumkin. Ayniqsa, hozir bilimga cheksiz imkoniyat bo’lgan davrda (+sun’iy intellekt). O’zingiz o’sishingizda ham shu sifatlarga juda qattiq e’tibor bering: bular bitta kitob o’qib yoki topshiriq bajarib tuzatadigan sifatlar emas. Xulosa Injenerlarning juda katta qismi yakka hissakor sifatida ishlaydi. Har qanday odam uchun “endi nima?” yoki “keyingi qadam qaysi?” savoliga javob bo’lishi juda ijobiy narsa. Yuqoridagi darajalar juda qisqartirilgan. Agar aniqroq talablarni bilmoqchi bo’lsangiz, boshlig’ingiz yoki komandadagi kuchliroq injenerlar bilan gaplashing. Savollar → izohlarda. @farhodjon#superdispatch#eng_ladder