TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT CHAT

Far·hod·jon

@farhodjon

Edutainment

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Pelanggan1,120Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak586Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini29,065Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Tag: #superdispatch · 18 postingan

当前筛选 #superdispatch清除筛选

Diposting 30 Des

📣 Hiring alert - Senior Data Scientist Yana bir vakansiya. Super Dispatch o’zi ishlab chiqqan Machine Learning modellarini rivojlantirish va yangi modellar qurish uchun Senior Data Scientist izlayapti. Asosiy vazifa: AQShdagi avto transport sohasi uchun kuchli modellar chiqarib, mijozlarga eng yaxshi tajribani yetkazish. Analitik fikrlash, rosa ko’p tajriba qilish sifatlari juda muhim. Nomzodlar bu yerda qabul qilinyapti: https://superdispatch.breezy.hr/p/46dc9ae30188-senior-data-scientist @farhodjon#superdispatch#hiring

822 views

Diposting 30 Des

📣 Hiring alert - Senior QA Automation Engineer Super Dispatch QA avtomatizatsiyasi bilan shug’ullanadigan tajribali injener izlayapti. Bu injener Platform jamoasining bir qismi sifatida kompaniyaning QA jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qurilgan (va quriladigan) platformaning asosi ustida ishlaydi va boshqa QA injenerlar yangi yo’nalishni o’zlashtirishda yordam beradi. Nomzodlar bu yerda qabul qilinyapti: https://superdispatch.breezy.hr/p/40e877318444-senior-qa-automation-engineer @farhodjon#superdispatch#hiring

823 views

Diposting 7 Des

📣 Hiring alert - Senior QA Engineer II Super Dispatch juda tajribali, analitik fikrlaydigan, ingliz tilini juda yaxshi biladigan QA Engineer izlayapti. Bu injener sun’iy intellekt asosida ishlaydigan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish, foydalanuvchilarga eng yaxshi tajribani yetkazish bilan shug’ullanadi. Nomzodlar bu yerda qabul qilinyapti: https://superdispatch.breezy.hr/p/3fddc0fba578-senior-qa-engineer-ii * * * * * Senior QA Engineer II - senior injenerning keyingi darajasi. Dasturchilardan kutiladigan taxminiy talablar bu injenerga ham qo’yiladi. Nisbatan kengroq mas’uliyatni oladi, to’liq avtonom, ishni avtomatlashtirishning yangi usullarini topadi, boshqa jamoalar va odamlar bilan yaxshi kommunikatsiya/munosabat quradi. @farhodjon#superdispatch#hiring

1,360 views

Diposting 3 Okt

📣 Hiring alert (October 2025 Edition) Hozir hamma ham paxta terish bilan band emas, shuning uchun, kuzgi vakansiyalarga nima yetsin? - Backend Engineer II (Python) - Director / VP of Engineering - Senior Product Designer Odamlarning hayotini va ishini o’zgartirish, professional o’sish, yaxshi komanda bilan ishlash imkoniyati. Tanishlarga yuborganlarga mendan (va Nodirxondan) cheksiz minnatdorlik! @farhodjon#superdispatch#hiring

1,750 views

Diposting 3 Okt

Individual Contributor / Yakka hissakor Agar qilayotgan ishingiz to’g’ridan-to’g’ri natija keltirsa, tabriklayman, siz “individual contributor” sifatida hissa qo’shyapsiz. O’zbekchasiga: yakka hissakor. Yozayotgan kodingiz, qilayotgan testingiz, yaratayotgan dizayningiz, qurayotgan infratuzilmangiz va hokazolar aynan shu yo’ldan ketayotganingizni bildiradi. Deyarli hamma narvonlarda bu yo’l alohida ajratilgan. Boshqa yo’l - menejment haqida keyinroq gaplashamiz. Dasturiy ta’minot injeneri (software engineer) uchun kod yozish - ish va majburiyatlarning bir qismi xolos. Shuning uchun ham, injener koder va programmistdan farq qiladi: injener narvondagi faqat bitta sifat bo’yichamas, hamma sifatlar bo’yicha rivojlanishi kerak. Darajalar Juda qisqa qilib darajalar haqida to’xtalsak. E’tibor qilish kerak, darajalarga bo’lgan talablar kompaniyadan-kompaniyaga o’zgaradi; agar kompaniyaning ichida standartlashtirilmagan bo’lsa, turli komandalarda ham farq qilishi mumkin. Masalan, kichikroq kompaniyadagi Senior, deylik, FAANG kompaniyasida xuddi shu darajani ololmasligi ehtimoli katta. Engineer I Bu daraja birinchi mustaqilroq ishlaydigan mutaxassislarniki. Xalq tilida “junior” deyiladi. Injener bu darajada kichik va o’rtacha topshiriqlarni boshqa tajribaliroq odamlar yordamida bajara oladi. To’xtamasdan o’rganadi. Engineer II Bu dajaradagi injenerlarga yaxshi aniqlangan topshiriqlar beriladi. Injener topshiriq ustida mustaqil ishlaydi, kerak bo’lganda boshqalarni chaqiradi, komanda bilan ishlaydi, kelishuvlar va sifat darajasiga to’liq amal qiladi. Juniordan farqli ravishda, bu darajadagi injenerning “tepasida turish” shart emas. Senior Engineer I Bu darajadan boshlab injenerga topshiriqmas, muammolar topshiriladi. Senior I texnik tomondan to’g’ri qarorlar chiqara oladi (dizayn, arxitektura), to’g’ri tanlov qiladi, turli tomonlarning qarashlarini hisobga oladi, komandasidan tashqaridagi odamlar bilan ham ishlaydi. Mahsulot va biznesni yetarlicha chuqur bilish ham lozim. Senior Engineer II Yuqoridagi darajaning davomi, lekin qisman texnik stekning katta farqi yo’q. Deylik, Senior II darajasidagi injener asosiy stekining atrofidagi steklarni ham yetarlicha tushunadi. Mahsulot menejerlarining texnik hamkoriga aylanadi: kattaroq muammolarni qanaqa yechish, qanday amalga oshirish, foydalanuvchilarga tezroq va muammolarsiz qiymat olib kelishni ham hisobga oladi. Staff Engineer Katta (bir nechta mahsulot yoki komanalar qatnashadigan) loyihalarni boshidan oxirigacha olib boradigan odamlar. Kompaniyaning mahsulotlari va biznesini juda yaxshi tushunadi. Arxitektura va tizim dizayni, loyiha boshqaruvi, monitoring, turli komponentlar qanaqa ishlashi haqida chuqur bilimga ega. Ko’p narsada “go-to-person”ga aylangan. Principal Engineer Kompaniyada odamlarni boshqarmaydigan eng zo’r, almashtirish qiyin injener. Har tomonlama chuqur bilimga ega, deyarli CTO darajasida. Texnologiya tomondan strategiyani qura oladi va amalga oshiradi. Juda katta muammolar va biznesga yangi imkoniyatlar ochish bilan shug’ullanadi. Ko’nikmalar (soft/hard skills) Narvonning o’zi keng qamrovli: injenerning sifatlarini har tomondan hisobga oladi. Lekin ishga olishda faqat bir tomondan kompromiss qilish kerak bo’lsa, u hard skill bo’ladi. Ochiq fikrlaydigan, komandada yaxshi ishlaydigan, kommunikatsiyasi zo’r, o’sadigan, boshqalarni eshita oladigan odam texnik tomondagi yetishmayotgan bilimlarni tezroq rivojlantirishi mumkin. Ayniqsa, hozir bilimga cheksiz imkoniyat bo’lgan davrda (+sun’iy intellekt). O’zingiz o’sishingizda ham shu sifatlarga juda qattiq e’tibor bering: bular bitta kitob o’qib yoki topshiriq bajarib tuzatadigan sifatlar emas. Xulosa Injenerlarning juda katta qismi yakka hissakor sifatida ishlaydi. Har qanday odam uchun “endi nima?” yoki “keyingi qadam qaysi?” savoliga javob bo’lishi juda ijobiy narsa. Yuqoridagi darajalar juda qisqartirilgan. Agar aniqroq talablarni bilmoqchi bo’lsangiz, boshlig’ingiz yoki komandadagi kuchliroq injenerlar bilan gaplashing. Savollar → izohlarda. @farhodjon#superdispatch#eng_ladder

1,420 views

Diposting 21 Sep

Engineering Ladder Super Dispatch’da taxminan 20 ta injener bo’lgan paytida professional darajani baholashda ba’zi muammolar paydo bo’ldi: 1. Ishga olishda darajani aniqlash qiyinligi. Odamlarni ishga olayotganda darajani aniq ajratib olishimiz to’g’ridan-to’g’ri byudjet va ishga ta’sir qiladi: junior injenerni senior oyligi bilan olmaslik kerak, albatta. 2. Komandalarda har xil darajalar. Agar injener bir komandada senior, lekin boshqasiga o’tganda middle hisoblansa, bu muammoga olib keladi: sifat talabi har xillashib boradi va bir xil ishni qiladigan odamlar har xil komandalarda turlicha taqdirlanishi mumkin. 3. O’sish uchun aniq ko’rsatma yo’qligi. Bu injenerlar qaysi sifatlarga e’tibor berishi, keyingi darajaga chiqishi uchun aniq ko’rsatmalar olishiga to’sqinlik qiladi. 4. Senior darajasidan keyingi daraja yo’qligi. Senior injenerning keyingi darajasi nima, qanaqa sifatlarni rivojlantirish kerak, kabi savollar tug’ilgan. Bu muammolarning hammasini Software Engineering Ladder yechadi. O’zbekchada karyera zinapoyasi yoki narvoni, deyish mumkin. Maqola davomida shunchaki “narvon” so’zini ishlataman. Xullas, biz ham shunaqa narvon qurishga qaror qildik. Birinchi urinish Birinchi narvonni qurganimizda u juda texnik tomonga va biror narsani bilish-bilmaslikka ko’p e’tibor bilan chiqdi. Masalan, Python dasturchi qo’shimcha yoki yangi freymvorkni bilishi unga bitta sifat qo’shadi. Yoki, QA injener load testing qilishni bilishi ham uni senior qilishi mumkin. Texnik tomondan turli usullar va bilimlarni o’rganish yaxshi. Lekin, bilish - qilishmas. Men bir hafta sarflab Flask’ni o’rganib chiqishim meni seniorga aylantirib qo’ymaydi. Har qanday injener qisqa muddat davomida biror yangi texnologiyani o’rganib olishi mumkin. Ammo, bu uni shu texnologiya bo’yicha tajribali mutaxassisga aylantirmaydi. Bilimdan tashqari injenerlar yaxshi tajribalarni doimiy ishlatishi, ular foydalanuvchi, komanda va kompaniyaga foyda keltirishi ham zarur. Mingta narsani bilib birortasini amalda qo’llamaydigan odam mahsulot quradigan komandalarda foydasiz odamga aylanadi. Ikkinchi urinish Velosipedni qaytadan ixtiro qilmaslikni tanladik. The Manager's Path nomli juda yaxshi kitob bor. Muallif - Camille Fournier - Rent the Runway kompaniyasida CTO sifatida ishlab yurganida injenerlar uchun narvon qilgan (haligacha ochiq turibdi). Bizga kitob ham, narvon ham yoqqan va shuni asos sifatida ishlatishga qaror qildik. Yangi narvon bir nechta sifatlarga e’tibor qaratadi: - Texnik sifatlar - Dexterity - Bajarish qobiliyati - Strength - Ta’sir - Impact - Kommunikatsiya va liderlik - Charisma. Endi faqat biror narsani bilishmas, injenerning topshiriq va loyihalarni bajarishi, hissa qo’shishi, yaxshi kommunikatsiyasi va faolligi o’lchanadigan bo’ldi. Bundan tashqari, bir darajadan ikkinchi darajaga o’tish jarayoni ham o’zgardi. Komanda liderining o’zi shunchaki qaror qabul qilmaydi: nomzod bilan yaqin ishlaydigan, injenerning sifatlarini to’g’ri baholaydigan odamlardan ham fikr olinadigan bo’ldi. Aynan shu narvon yuqoridagi to’rtta muammoni yechdi: 1. Ishga olishda narvondagi sifatlar asosida savollar beriladi va narvon asosida daraja qo’yiladi. 2. Talablar hamma komandalar uchun standart, darajani baholash jarayoni ham aniqlashdi. 3. Har bir injener o’zining narvonida sifatlarni o’rganish jarayonini belgilab borishi, lideri bilan muhokama qilishi mumkin. 4. Senior II, Staff kabi darajalar qo’shildi. Xulosa Albatta, keyinroq narvonni rivojlantirib bordik. Lekin, o’sha paytdagi Super Dispatch uchun aynan ikkinchi narvon juda katta yordam bergan. Injenerlar soni oshgan, bir nechta komandalar paydo bo’lganda shunaqa narvon joriy qilishni qattiq tavsiya qilaman. Kichik komandalar uchun zarurmas, albatta. Ikkinchi narvonga eng katta hissani Bekzod (Telegram,LinkedIn) qo’shgan - o’sha paytdagi Director of Engineering. Dizaynerlarimiz uchun esa Nodirxon narvon qilgan. Quyidagi saytni yaxshi resurs sifatida tavsiya qilaman: progression.fyi - turli (katta) kompaniyalarning karyera freymvorklari (narvonlari). @farhodjon#superdispatch#eng_ladder

4,160 views

Diposting 19 Sep

📣Hiring Alert Super Dispatch dizayn komandamizga ikki nafar Senior Product Designer qidirmoqdamiz. Murakkab muammolarni chuqur tahlil qilib, foydalanuvchilar bilan tadqiqotlar olib borib, oddiy va intuitiv dizayn yechimlar ishlab chiqa oladigan, odamlarga nisbatan kuchli empatiyaga ega dizayner qidiryapmiz. Dizaynerning har bir qarori odamlar ishini soddalashtirishi va biznes samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Yaxshi komanda bilan ishlash uchun zo’r imkoniyat. Barcha talablar bilan havola orqali tanishish mumkin: 👉Senior Product Designer Repostlar uchun cheksiz minnatdorman! @nodizayn#superdispatch#hiring

1,370 views

Diposting 9 Jul

📣 Hiring alert (July 2025 Edition) Tandirdan yaqinda uzilgan yangi vakansiyalar: - Senior Frontend Engineer - Senior Backend Engineer (Python) Odamlarning hayotini va ishini o’zgartirish, professional o’sish, yaxshi komanda bilan ishlash imkoniyati. Tanishlarga yuborganlarga mendan cheksiz minnatdorlik! @farhodjon#superdispatch#hiring

11,000 views

Diposting 19 Apr

📣 Hiring alert (April 2025 Edition) Yangi vakansiya ochmaganimizga ancha bo’libdi. Super Dispatch QA Engineer izlayapti: - Senior QA Engineer Tanish nomzodlarga yuboramiz. @farhodjon#superdispatch#hiring

1,170 views

Diposting 15 Okt

📣 Hiring alert (October 2024 edition) Super Dispatch’dagi joriy vakansiyalar haqidagi e’lonlarning kuzdagi ikkinchi soni keldi: - Senior QA Engineer🆕 - Senior Engineering Manager - Senior DevOps Engineer - Senior Backend Engineer (Java) @farhodjon#superdispatch#hiring

1,200 views

Diposting 17 Sep

📣 Hiring alert (September 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislarni taklif qiladi: - Senior Backend Engineer (Java)🆕 - Senior DevOps Engineer🆕 - Senior Engineering Manager @farhodjon#superdispatch#hiring

1,180 views

Diposting 22 Agu

📣 Hiring alert (August 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Backend Engineer II (Python) - Senior DevOps Engineer - Senior Engineering Manager @farhodjon#superdispatch#hiring

2,810 views
12
SebelumnyaHal. 1 dari 2Berikutnya