Postingan terbaru
Hal. 7 dari 9 · 103 postingan
Diposting 10 Jul
Sevmoq bu - oʻzingi anglamoq asli…
Diposting 9 Jul
Meditsina sohasidagilar uchun xushmuomilalik muhim Manukoldan qoʻrqaman, bugun ukol olayotganimda singlim bir ajoyib tushunchani berdi. “Aka man hozir shpritzni qopqogʻini yopib sizga tekkizsam ham ogʻriydi deb oʻylaysiz, siz miyangizda shunaqa ogʻriydi, ukol yomon degan tushunchani quyvogansiz, fokusizzi boshqa narsaga qarating” dedi va shunday qildim, endi qoʻrqmayapman) Oʻzi aslini olib qaraganda insonlar shifokor odamni oldiga dardi bilan boradi, bemor kasalligi, dardi deb shundoq ham tushkun ahvolda boʻlishi mumkin. Lekin shunday payt shifokorlar yaxshi kayfiyatda, yaxshi gaplar bilan bemorlarni davolasa, tuzalish osonroq boʻladi deb oʻylayman. Insonmiz barbir, bir ogʻiz shirin soʻzga muhtojmiz. Insonligimizni yoʻqotmaylik. @islmbkhtrv
Diposting 8 Jul
Diposting 6 Jul
Diposting 30 Jun
Ichimda bir qush Qafasda yoshligimdan beri U hatto unutdi qanoti mavjudligin Unutdi qafasdaligin Kichik bir yerni koʻrib Oʻyladi butun dunyo shu deb Asl hayot esa qafasdan tashqarida Kutar edi uni. O'zgalarning gapi esa Qafasga soldi faqat qulf Qulflarni yechmoqlikka Yetarmikin endi umri? Kuz ketdi, qish keldi Qafas ochilmadi, qushim uchmadi.
Diposting 30 Jun
Diposting 25 Jun
Vafo qarimaydi…
Diposting 25 Jun
Kimningdir dardini tushunmasangiz, siz uni tushunmaysiz Agar sizni nafasingiz hech siqmagan bo'lsa, nafasi siqadigan odamni hech tushunmaysiz, unda qanday og'riqlar bo'lishini, hayolidan nimalar o'tishini, nafas siqishi yana qanday fobialar olib kelishini siz hech qachon tushunmaysiz. Agar sizni otangiz bo'lsa, ota mehrini tuya olmaganlarning dardini hech qachon tushuna olmaysiz, agar haqiqiy inson bo'lsangiz, ma'lum miqdorda his qilishingiz mumkin, lekin tushunmaysiz. Insonmiz, ojizmiz baribir, ma'lum dardlarimizni saqlay olamiz, ma'lum dardlarimizni aytmasak ichimizda olam buziladi. Dardlaringizni aytayotganda o'sha dardni his qilib ko'rgan, boshidan o'tkazgan yoki o'tkazayotgan insonlarga aytish kerak deb o'ylayman, to'g'ri dardga davo bo'lishmaydi, lekin tasalli bo'lishadi, inson yolg'iz emasligini his qiladi, buni o'zi ham bir baxt. Barchamizda dardlar bor, Allohim dardlari bir-birinikiga o'xshash bo'lgan insonlarni birlashtirsin, zero insonga inson kerak) @islmbkhtrv
Diposting 22 Jun
Ruhimning rizqiga ilhaqman…
Diposting 22 Jun
“Мутолаа билан инсон саломат қолиши мумкин”, - Хайрулла Ҳамидов. Тўлиқ видео - https://youtu.be/46OwhqC7lUA #архив
Hashtags
Diposting 17 Jun
Taffakkurning keyingi darajasi >>> Siz ojiz nuqtam deb bilganlaringiz aslida sizning kuchli jihatingiz yoki Alloh tomonidan sizga taqdim etilgan imkoniyat boʻlib siz undan toʻgʻri foydalana olmayotgan boʻlsangiz-chi? Men juda koʻp oʻylayman, doim shu koʻp oʻylashimning hikmatini qidiraman, uni toʻgʻri yoʻlga burishga harakat qilaman (har doim ham oʻxshavermaydi). Men haddan tashqari koʻp oʻylashimga muammo deb qarab siqilib yurishim mumkin, lekin men bu holatga boshqacha taraf bilan qarashga va undan foydalanishga harakat qilaman. Siz ham urinib koʻring va hammasini yaxshilikka yoʻyishga harakat qiling) Yana bir narsa, kamchiligim shunaqa ekan deb turavermang, agar u zarar berayotgan boʻlsa, uni toʻgʻirlashga harakat qilishingiz shart! @islmbkhtrv
Diposting 14 Jun