TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini318Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Tag: #academicmobility · 1 postingan

当前筛选 #academicmobility清除筛选

Diposting 11 Feb

🇺🇿🤝🇯🇵Strategik sheriklik amalda: ta’lim hamkorligida yangi bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’lim sohasida ham amaliy ifodasini topmoqda. Ana shu yuksak siyosiy ishonch va hamkorlik muhiti davomi sifatida bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda Yaponiyaning Hiroshima Global Academy (HiGA) direktori Kaoru Yoshimura o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✨ Uchrashuv davomida quyidagilarga erishildi: 🔹 Iqtidorli o‘quvchilar uchun qisqa muddatli o‘quv almashinuv dasturi joriy etiladi; 🔹 Dastur joriy yil sentyabr–oktyabr oylarida tashkil etiladi; 🔹 Tanlov asosida saralangan o‘quvchilar guruhi 1 oy muddatga Yaponiyaga yuboriladi; 🔹 Akademik mobillik va xalqaro ta’lim integratsiyasiga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi. Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarni mustahkamlovchi Anglashuv memorandumi imzolandi. 🎓 Ushbu hamkorlik: 🔶 O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy hamda ta’lim aloqalarini yanada chuqurlashtiradi; 🔶Iqtidorli yoshlarning global ta’lim muhitiga integratsiyasini kuchaytiradi; 🔶O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tajriba almashuvini yangi bosqichga olib chiqadi. Bu tashabbus Prezident tashrifi davomida belgilangan inson kapitalini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadlarining amaliy davomi bo‘lib xizmat qiladi. #Uzbekistan#Japan#Ta_limHamkorligi#AcademicMobility#IqtidorliYoshlar Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

318 views