TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini466Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Tag: #itb · 1 postingan

当前筛选 #itb清除筛选

Diposting 14 Apr

#HCI2025#birinchi_kun#ITB Vazirligimiz vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etyapmiz. Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat. Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvimizda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi. Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi. Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha: - respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi; - maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash; - oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar; - inklyuziv taʼlimni rivojlantirish; - oʻquv dasturlarini takomillashtirish; - maktabgacha taʼlim sifatini oshirish. Forum oʻz ishini davom ettirmoqda. Navbatdagi uchrashuv va kelishuvlar tafsilotlari, yangiliklar haqida yana xabar berib boramiz. @hilola_umarova

466 views