TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini373Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Tag: #raqamlar · 1 postingan

当前筛选 #raqamlar清除筛选

Diposting 17 Des

#raqamlar#natija Bugun 2025-yil yakuni arafasida muhim tadbir – xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazdik. Ikki yuzdan ortiq oʻquvchilar, bundan tashqari ularning ustozlarini taqdirladik. Gʻoliblar orasida 1 milliard soʻmdan ortiq mukofot puli olgan yoshlar bor. Ular haqida media, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari faxr va havas bilan yozayotgani quvonarli. Keling, raqamlarga murojaat qilsak. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’lim sohasidagi tub islohotlar o‘zining natijasini koʻrsatmoqda. Xususan, bu yil o‘quvchilarimiz 29 ta xalqaro olimpiadada 210 ta medalni qo‘lga kiritdi, shundan 40 tasi oltin, 78 tasi kumush, 92 tasi bronza. 2017-yil bilan solishtirsak natijalar naqd 14 barobarga oshgan. Ayniqsa, eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medalning qoʻlga kiritilishi O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli bilim egalari bilan tengma-teng raqobat qila olishini isbotladi. Bir narsani alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, xalqaro olimpiada g‘oliblariga o‘tgan yilda 3,5 milliard so‘m mukofot puli ajratilgan bo‘lsa, bu yili ushbu mablag‘ 4 karraga oshib, qariyb 13 milliardga yetdi. Oldimizda turgan rejalar, vazifalarimiz katta. 2026-yilda nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari O‘zbekistonda o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilingani bizga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bilan birga, yurtimizda matematika va informatikadan Al-Xorazmiy, kimyodan Beruniy, fizikadan Farg‘oniy, biologiyadan Ibn Sino, o‘zbek tilidan Buyuk Sharq Renessansi va Alisher Navoiy nomlaridagi xalqaro olimpiadalar o‘tkaziladi. Bular shunchaki raqamlar yoki yangiliklar emas, davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limga, xususan, fan olimpiadalari yoʻnalishiga berilgan katta e’tibor va ularning mevalaridir. Har bir raqam ortida katta mehnat, ulkan mas’uliyat bor. Kelgusi natijalarimiz ham yanada yuqori, faxrli va tarixiy boʻlsin! @hilola_umarova

373 views