TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini358Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Tag: #ulashing · 1 postingan

当前筛选 #ulashing清除筛选

Diposting 17 Mei

#tashabbus#ulashing Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi. “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi. Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin. Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz! Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin. Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling! @hilola_umarova

358 views