Ci vediamo in diretta questa sera?🎧📺
#live#pubblicareunlibro
📣Io e Fulvio Julita abbiamo una serie di cose da raccontarvi e una news in anteprima.
📞Parleremo di quando un progetto di pubblicazione non va a buon fine - una sconfitta, insomma - e ci si domanda come reagire, che cosa fare.
📽Ci confronteremo su come cercare e raggiungere i lettori, sui canali di distribuzione del libro e sulle risposte alle vostre domande.
Seguiteci sulla mia pagina FB e sul canale Youtube alle 18.30.
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Islohotlar natijasida aholi farovonligi oshmoqda
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2025-yilda davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida aholi farovonligini yaxshilash bo‘yicha katta o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqib, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylangani qayd etildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan strategik yo‘nalishlarga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
✅Telegram|
✅Facebook |
🌐Instagram |
🌐 Web site |
📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ekologik toza hududlarni saqlash bo‘yicha bir qator normalar belgilanmoqda
Fraksiya yig‘ilishida “Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish va sotishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Ekologik toza hududlar tushunchasi kiritilib, ular jumlasiga ekologik tizimlarni saqlab qolish, tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan tabiiy obyekt va majmualari degradatsiyaga uchramagan va ularning holatiga salbiy texnogen ta’sirning oldini olish imkoniyati bo‘lgan hududlar kirishi belgilanmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarishga taqiq kiritish hamda tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida organik o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Dori vositalari savdosida javobgarlik kuchaymoqda
"Retsept bilan beriladigan dori vositalari noqonuniy aylanmashi uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ko'rib chiqilmoqda.
So‘nggi yillarda noqonuniy dorilar savdosi keskin oshgani qayd etilgan: 2022–2025-yillar davomida 18 milliard so‘mlik, 285 ming dona dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra:
• retsept tartibini buzgan dorixonalarga katta miqdorda jarima joriy etiladi;
• kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotgan shaxslarga ma’muriy va jinoiy jazo choralari qo‘llanadi.
Xorijiy tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, Rossiya, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarda bu kabi holatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki litsenziyani bekor qilish jazosi belgilangan.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi aholining sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, dori savdosida tartib va nazoratni kuchaytirish, noqonuniy dorilar oqibatidagi og‘ir holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Endi hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish rejasini ham taqdim etishi kerak
Yig‘ilishda "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
❗️Unga ko‘ra "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida tegishli hududda hokim lavozimiga nomzodi ko‘rib chiqilayotgan fuqaro xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbollariga mo‘ljallangan dasturi bilan bir qatorda hududda korrupsiyaning oldini olish rejasini ham taqdim etishi lozimligi belgilanmoqda.
☝️Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida"gi va "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik nazarda tutuvchi harakatlar rejasidan tashqari tizimda korrupsiyaning oldini olishni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini ham taqdim etishi lozimligi belgilanmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Shovqin darajasi yuqori bo‘lgan transport vositalarini boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Yig‘ilishda "Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida"gi QL–1186-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasiga shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Bu bilan yarim kechasi mahallalarda aholining tinchligini buzib, mashinasida baland musiqa qo‘yib yuruvchi, shuningdek, turli ovoz kuchaytirilgan sport mashinalari va mototsikllarini boshqarayotgan shaxslarni tartibga solishning huquqiy asosi mustahkamlanadi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Yig‘ilishda “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasi bilan biror bir shaxsga yetkazilgan ma’naviy zararni hisoblash usuli hamda o‘rnini qoplash muddati aniq belgilanayotganiga e’tibor qaratildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Shuningdek bugungi yig‘ilishda "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Loyihada bir qator qonun hujjatlariga ularni o‘zaro muvofiqlashtirish, havolaki normalarni tizimlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarini hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi 14 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Renovatsiya talablari belgilanmoqda
Hududlarni me’moriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxshilash, eskirgan, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz, avariya holiga kelib qolgan bino-inshootlarni yangilash, qulay va energiya samarador holatga keltirish shaharsozlikning muhim jihatlaridan biridir.
Albatta bu qonun bilan mustahkamlangan va belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirilishi lozim. "Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bilan renovatsiyaning majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.
Yig‘ilishda qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
O‘tgan vaqt davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga fraksiya a’zolari nomiga fuqarolardan jami 133 ta (73 ta yozma va 60 ta elektron shaklda) murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning 24 tasi yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, 98 tasi ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga yuborildi.
Bundan tashqari o‘tgan davrida fraksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Samaraqand va Buxoro viloyatlarining bir qator tumanlarida o‘rganishlar amalga oshirildi.
Ishchi guruh tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasining mazmun mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan 62 ta mahallada aholi va keng jamoatchilik vakillari hamda 49 ta tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda 11 800 nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
11 mingga yaqin fuqaro, 700 dan ziyod tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi
Fraksiya a’zolarining o‘z saylov okruglarida tashkil etilgan o‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan saylov okrugidagi jami 182 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 270 ta xonadonga tashrif buyurilib, 281 ta uchrashuv o‘tkazildi. Ularda 10 897 nafar fuqaro, shu jumladan 723 nafar tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi hamda 227 ta ijtimoiy soha ob’yektining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Ushrashuvlar davomida jami 774 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularda saylovchilar tomonidan jami 418 ta masalalar ko‘tarildi.Deputatlar tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida aholi tomonidan ko‘tarilgan 45 ta masala joyida hal etildi.
Joyida hal etilmagan tuman va viloyat darajasidagi 362 ta masala deputatlar tomonidan mahalliy ijro hokimiyati bilan birgalikda hal etish choralari ko‘riladigan bo‘ldi. Respublika darajasida aniqlangan 11 ta masalani fraksiya a’zolari tomonidan parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal etish belgilab olindi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Shu bilan birga, hisobot davrida fraksiya yig‘ilishlarida qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan 7 marotaba tegishli mansabdor shaxslarning axborotlari eshitildi.
Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, har oyning oxirgi haftasida fraksiya a’zolarining o‘z saylov okruglaridagi o‘rganishlari tashkil etildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga 26 marotaba deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube