TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #111

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni488Numero di visualizzazioni
Pubblicato25 set25/09/2019, 17:43
Contenuto del post

Contenuto

#Taqriz tanlov 2 Volter Zadig yoki Taqdir • Asarning Zadig bilan bevosita bog‘liqligi deyarli barcha voqealar uning atrofida sodir bo‘ladi va Volterning va o‘sha davr kishilarining fikrlarini o‘zida mujassam etgandir. Zadigga deyarli barcha sohalarda o‘z davridagi insonlardan kam bo‘lmagan bilimga ega ekanligi va qalbi pok, to‘g‘riso‘z inson ekanligi yozuvchi tomonidan alohida ta'kidlanadi va shu hislatlari uchun ko‘pincha pand ham yeydi. Asar sujeti bir qarashda 1001kecha ertaklarini eslatib yuboradi va ko‘pchilik asarlardan farqli ravishda baxtli yakun topadi. Endi asar haqidagi fikrlar va Volterning qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Volter ham o‘z davri uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lgan(huddi Zadigdek) bundan tashqari Mirzo Ulug‘bek haqida ham iliq fikrlari mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki Volter ham Sharq madaniyati, falsafasiga qiziqqan va asarlarida unga murojaat qilgan. Buni asar boshlanishida Sa'diydan boshlaganidan ham ko‘rishimiz mumkin. Zadig boshisan o‘tkazadigan voqaelar bevosita o‘sha davrdagi vaziyat haqida fikrlashga undaydi. Biz bilamizki 17-asrgacha asosan rivojlanish sharq davlatlarida bo‘lgan. Shunga ko‘ra asar voqaelari ham Bobilda bo‘lib o‘tishi bejiz emasdir. Zadig astronomiyadan yaxshi xabardor bo‘ladi va bu bilimlari asnosida boshqalardan masalan kohinlardan o‘zgacha fikrlaydi va shuning uchun tanqidlarga uchraydi. Ilm fan rivojlanmagan davrlargacha bu hol mavjud bo‘ganini hayotda ham ko‘rishimiz mumkin. Zadigning halolligi to‘g‘riso‘zligi ko‘pincha unga pand beradi. U asosan nimani qachon qanday aytishda xatolarga yo‘l qo‘yadi. Hayotda bilim va iqtidori bo‘lishiga qaramasdan ko‘p qoqilgach Zadigda ham pessimistik kayfiyat paydo bo‘ladi. Agar qattiqqo‘l bo‘lganimda men bilan bu voqealar bo‘lmasdi ham deydi. Bu bir tarafdan to‘g‘ri hayotda doim ham ko‘ngilchanglik ketmaydi, kerakli vaziyatlarda qat'iyat va iroda namoyish qilish kerak. Volter asarda Zadig hatti harakatlari misolida o‘z davri va undan keyin ham dolzarb bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Masalan uning turli dinga va ilohlarga e'tiqod qiluvchi savdogarlarni yarashtirib qo‘yganini olaylik, o‘sha paytdan hozirgacha ham turli din va insonlar o‘rtasidagi nizolarni tinchlik bilan hal etishni, huddi Zadig aytganidek, hammasining yaratuvchisi bitta, odamlar turli dinlarga ilohlarga sig‘insa ham Xudo bitta degan fikrni ilgari surgandek. Bundan tashqari, qonunlar haqida ham ajoyib fikrni keltirib o‘tadi. Aybdorlarni jazolagandan ko‘ra jinoyatni oldini olish afzalligi, qonunlar kishilarni qo‘rqitish uchun emas balki ularga yordam berish uchun yaratilgan deb hisoblashi bundan bir necha asr ilgari aytilgan bo‘lsa ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu fikrlarni ta'minlashga harakat qilinmoqda(xususan bizda ham). Volter asardagi voqealarni bayon qilar ekan asosan taqdir ilohiyligi insonning undan qochib qutula olmasligiga ishora qiladi, ammo hamma narsa taqdirdan ekan deb kutishni emas insonni o‘zini ham harakat qilishini uqtiradi xuddi Iezradning Zadigni harakat qilishga undaganidek. Yuqoridagilarni Iezradning quyidagi so‘zlari bilan xulosa qilmoqchiman, "Odamlar hech narsa bilmasdan hamma narsa to‘g‘risida hukm chiqaradilar" shunday ekan har bir narsani chuqur o‘rganib,ko‘r ko‘rona emas, bilib xulosa chiqarish, avvalo, o‘ziga va so‘ngra boshqalar taqdiriga bevosita aloqador qarorlar qabul qilagotganda bilmasdan, yuzaki yondashmaslik kerak. Firdavsiy Shoydullayev