TGINSIGHT CHAT
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
@kitobxonlar_d
LibriFacebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot
Post recenti
Tag: #taqriz · 2 post
Pubblicato 25 set
#Taqriz tanlov 2 Volter Zadig yoki Taqdir • Asarning Zadig bilan bevosita bog‘liqligi deyarli barcha voqealar uning atrofida sodir bo‘ladi va Volterning va o‘sha davr kishilarining fikrlarini o‘zida mujassam etgandir. Zadigga deyarli barcha sohalarda o‘z davridagi insonlardan kam bo‘lmagan bilimga ega ekanligi va qalbi pok, to‘g‘riso‘z inson ekanligi yozuvchi tomonidan alohida ta'kidlanadi va shu hislatlari uchun ko‘pincha pand ham yeydi. Asar sujeti bir qarashda 1001kecha ertaklarini eslatib yuboradi va ko‘pchilik asarlardan farqli ravishda baxtli yakun topadi. Endi asar haqidagi fikrlar va Volterning qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Volter ham o‘z davri uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lgan(huddi Zadigdek) bundan tashqari Mirzo Ulug‘bek haqida ham iliq fikrlari mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki Volter ham Sharq madaniyati, falsafasiga qiziqqan va asarlarida unga murojaat qilgan. Buni asar boshlanishida Sa'diydan boshlaganidan ham ko‘rishimiz mumkin. Zadig boshisan o‘tkazadigan voqaelar bevosita o‘sha davrdagi vaziyat haqida fikrlashga undaydi. Biz bilamizki 17-asrgacha asosan rivojlanish sharq davlatlarida bo‘lgan. Shunga ko‘ra asar voqaelari ham Bobilda bo‘lib o‘tishi bejiz emasdir. Zadig astronomiyadan yaxshi xabardor bo‘ladi va bu bilimlari asnosida boshqalardan masalan kohinlardan o‘zgacha fikrlaydi va shuning uchun tanqidlarga uchraydi. Ilm fan rivojlanmagan davrlargacha bu hol mavjud bo‘ganini hayotda ham ko‘rishimiz mumkin. Zadigning halolligi to‘g‘riso‘zligi ko‘pincha unga pand beradi. U asosan nimani qachon qanday aytishda xatolarga yo‘l qo‘yadi. Hayotda bilim va iqtidori bo‘lishiga qaramasdan ko‘p qoqilgach Zadigda ham pessimistik kayfiyat paydo bo‘ladi. Agar qattiqqo‘l bo‘lganimda men bilan bu voqealar bo‘lmasdi ham deydi. Bu bir tarafdan to‘g‘ri hayotda doim ham ko‘ngilchanglik ketmaydi, kerakli vaziyatlarda qat'iyat va iroda namoyish qilish kerak. Volter asarda Zadig hatti harakatlari misolida o‘z davri va undan keyin ham dolzarb bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Masalan uning turli dinga va ilohlarga e'tiqod qiluvchi savdogarlarni yarashtirib qo‘yganini olaylik, o‘sha paytdan hozirgacha ham turli din va insonlar o‘rtasidagi nizolarni tinchlik bilan hal etishni, huddi Zadig aytganidek, hammasining yaratuvchisi bitta, odamlar turli dinlarga ilohlarga sig‘insa ham Xudo bitta degan fikrni ilgari surgandek. Bundan tashqari, qonunlar haqida ham ajoyib fikrni keltirib o‘tadi. Aybdorlarni jazolagandan ko‘ra jinoyatni oldini olish afzalligi, qonunlar kishilarni qo‘rqitish uchun emas balki ularga yordam berish uchun yaratilgan deb hisoblashi bundan bir necha asr ilgari aytilgan bo‘lsa ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu fikrlarni ta'minlashga harakat qilinmoqda(xususan bizda ham). Volter asardagi voqealarni bayon qilar ekan asosan taqdir ilohiyligi insonning undan qochib qutula olmasligiga ishora qiladi, ammo hamma narsa taqdirdan ekan deb kutishni emas insonni o‘zini ham harakat qilishini uqtiradi xuddi Iezradning Zadigni harakat qilishga undaganidek. Yuqoridagilarni Iezradning quyidagi so‘zlari bilan xulosa qilmoqchiman, "Odamlar hech narsa bilmasdan hamma narsa to‘g‘risida hukm chiqaradilar" shunday ekan har bir narsani chuqur o‘rganib,ko‘r ko‘rona emas, bilib xulosa chiqarish, avvalo, o‘ziga va so‘ngra boshqalar taqdiriga bevosita aloqador qarorlar qabul qilagotganda bilmasdan, yuzaki yondashmaslik kerak. Firdavsiy Shoydullayev
Hashtags
Pubblicato 3 set
#taqriz tanlov Mungli ko‘zlar (Baxtiyor yashadim deyapsizmi, shuning o‘zi oz emas ko‘p yashaganingizdir. Telba Dostoyevskiy) Bu asar yozuvchining boshqa asarlaridek bola tilidan hikoya qilinsada, lekin uning salmog‘i birmuncha og‘irroq va unda dard bor. U siz va biz haqimizdagi ajoyib asar. Sababi menimcha hayotda bir martagina bo‘lsa ham korrupsiya yoki pora bilan bog‘liq holat bilan to‘qnashmagan odam bo‘lmasa kerak. Asarda yagona jismoniy jihatdan ojiz inson bu Akbar. Ammo u jismoniy jihatdan kamchiligi bordir, lekin oilaning qolgan a'zolariga nisbatan ancha sofdil, zehnli va iymonli edi. Balki shu jihati bilan u qolgan oilao a'zolari bilan unchalik chiqishmas huddi Ataullo muallimdek. Haqiqatni qiymati doim yuqori bo‘lgani, uni aytuvchilarni ham, lekin hayotda ular doim ham e'zozlanmasligi mumkin. Ota onasining jinoiy ishlarini biroz bo‘lsa ham tiyib qo‘yish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi, ammo natija u kutganidan boshqacha ayanchli tarzda o‘zgarib ketadi. Deyarli bir oy ichida bor budidan va yaqinlaridan ayriladi. Ana shundan so‘ng aslida kim kim ekanligi ko‘rina boshlaydi. Ular ishonib yurgan sudyayu boshqa korchalonlar ularga nafaqat yordam bermaydi, balki ularni talashda bevosita ishtirok etishadi. Og‘ir kuningda kim kim ekanligi bilinganda hatto tug‘ishgan akasi ham bevosita pora evaziga ishni hal qilib berishini aytadi. Ya'ni poraxorga kimdan, qayerda va qay holatda olishni qizig‘i yoq! Asardagi qahramonlarining hayoti misolida insonlarning shakllanishida atrofdagilar asosiy ro‘l o‘ynashini bilib olishimiz mumkin. Said obrazi qishloqdan kelgan oddiy yigit o‘qishga topshirib kira olmaydi va bevosita korrupsiya qurboni bo‘ladi. "Bu shunday yo‘lki u xuddi ajdarhoga o‘xshaydi kirganni butkul kuydirib nobud qiladi. Oxir oqibat shunday bo‘ldi. U qamoqdaligi paytida ham qilgan ishlari barchasi xato ekanini tushunib yetib halol yashayotgan qo‘shnisiga havas qiladi va o‘zi ham chiqqandan keyin qishloqqa qaytib halol yashashga qaror qiladi. Lekin, endi kech so‘nggi pushaymon o‘zingga dushman. Xalqimizda bir gap bor to‘rga doim kichkina hashorotlar tushadi deyishadi. Said va xotini Yoqutxon ana shunday mitti hasharotlar desak adashmaymiz. Sababi ulardan kattaroq nahanglar, qonunni himoya qilishi kerak bo‘lgan Sudya Muhammedov, Sadir Badalovichlar suvdan quruq chiqishdi. Asarda" jinoyat bilan qonun olishadi, shafqatsiz olishadi. Pul goh vositachilik qiladi, goh sudyalik degan gap keltirib o‘tilgan. Bu fikr asar yozilganiga 30 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham hayotimizda uchrab turibdi. Ushbu asarni o‘qish orqali har bir inson o‘ziga tegishli xulosalarni chiqara olishi mumkin. Sababi asarni o‘qish orqali hayot doim ham biz o‘ylaganimizdek oson emas, sinovlarga doim tayyor turishimiz kerakligini, halollik doim qadrlanishini, har bir inson hayotda ezgulik qilib yashash kerakligiga yana bir bora amin bo‘lamiz! Firdavsiy Shoydullayev
Hashtags