TGINSIGHT CHAT
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
@kitobxonlar_d
LibriFacebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot
Post recenti
Tag: #longread · 1 post
Pubblicato 28 ago
Kitob o’qimaslik trendi #longread Asli ko’pchilik kundalik hayotda, tanishlar, do’stlar yonida kitob o’qishini aytgisi kelmaydi. Bu o’sha odamga nisbtan qandaydir “botanik” sifatida qarashga, ustidan kulishiga sabab bolishi mumkin. Tarmoqda esa hayotagi tanishlar ko’p bo’lmagani uchun kitoblar haqida bemalol gapirsa bo’ladi. Balki, keyin bu yerdayam tanishlar ko’paygach odamda istihola bo’ladimi. Balki #taqriz_tanlov da ham hali taqrizlar kamligiga sabab shudir.. Nega bugun odamlar kitob o’qimayotganini sababini esa bir necha faktorlarga bog’lasak bo’ladi: vaqt kam, ular o’qiydigan yaxshi adabiyotlar kam(o’zlari topa olishmagan) va allaqachon ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgan. Ularni mutolaaga qaytarish aslida qiyin masala, qachonki buni o’zlari ham istamaguncha. Odam o’zi istagan narsaga vaqt topa oladi. Bugun tarmoqlarda asosiy vaqtimiz chatlashish bilan o’tib ketayotganda “Kitob o’qishga vaqtim yo’q” deyish menga safsatadek eshitiladi. Tashqarida 21-asr. Soatlab vaqtimiz ijtimoiy tarmoqlarga ketib qolayapti. Deyarli barcha adabiyotlarning hatto audio shaklini topib, eshitib ham mutolaa qilish mumkin, yo’lda yurganda ham. Intelligent qatlam badiy kitob o’qishdan foyda yo’qligi, ko’proq ilmiy adabiyotlar o’qish lozimligini ta’kidlaydi. Xurmatli intelligensiya, ilmiy kitoblarni o’qish aslida hamma uchun majburiy holat. Chunki odam hech qachon o’z sohasi va qiziqishiga oid ilmiy adabiyotlarni o’qishni to’xtatmasligi kerak.O’z dunyoqarashi va bilimini oshirishning eng oson va samarali yo’li shu. Badiy adabiyotni o’qish majburiy emas, hamma o’z qiziqishida kelib chiqib o’qiyveradi. Huddi qiziqishiga, xohishiga qarab kino ko’rib, musiqa eshtgandek gap. Ammo, badiy adabiyotlarni o’qish kishini ko’proq fikrlash, mantiqiy tushunish, tahlil qilish va so’z boyligini oshirishga xizmat qilgani uchun ham qayta targ’ib qilinaverishi kerak. Odam badiy kitobni o’qib balki qandaydir ilmiy bilimga ega bo’lmas, ammo tanqidiy tahlilni oshirish, 4 ta odam oldida nutq so’zlay olish, o’z fikrini boshqalarga chiroyli tarzda tushuntirib berishi uchun albatta badiy adabiyotni o’qishi kerak. Bu huddi o‘sha yapon maqoliga o‘xshaydi. Odamga baliq emas, qarmoq berib, baliq tutishni o‘rgating. Bu yerda baliq - ilmiy kitoblar bo‘lsa, qarmoq - badiy adabiyot. Masalan, men hozir badiy kitoblarni o’qish uchun motivatsiya yoki sabab qidirmayman. Shunchaki bu menga yoqimli va qiziqish uchun o’qiyman. Aksariyat o’qigan kitoblarimga taqriz yozaman. Bu orqali o’z fikrimni, kitobdagi fikrlarni boshqalar bilan muhoka qilgim keladi.Bu ham qandaydir lazzat beradi. Shuning uchun kitob o’qing azizlar. O’qiganda ham maroq bilan, miyada tahlil qilib o’qing. Bo’ldi o’qildi, deb shunchaki javonga qaytib qo’ymang.Fikrlaringiz va xulosalarimgiz bilan bo’lishing. Kimgadir bu fikringiz kulguli va oddiy ko’rinishidan qo’rqmang. Muhimi, bu shaxsiy fikringiz, siz tahlil qilishni boshladingiz. Ana endi aldanavermaysiz.Ana endi tarmoqlarda, lentadagi har kungi olomon fikriga uchmaysiz. Bitta mavzuni cho’zma lag’mondek cho’zmaysiz. Ayniqsa guruhdagi faqat postlarni kuzatib, layk bosuvchilarga aytmoqchiman. Bitta fikringiz, tavsiya yoki tanqidingiz bilan odamlarga rosmana foyda berishingiz mumkin. Guruhdagi yana bir kishida mutolaaga mehr uyg‘otishingiz mumkin. Eng muhimi esa o‘zingiz fikrlash doirangizni kengaytira olasiz. Shunday ekan, albatta, o’qing va o’qiganlaringiz bilan bo’lishing! Kanal: @kitobxonlar_d
Hashtags