Contenuto
ππππ‘ ππ¨π’π³ πππ―ππ₯π¨π©ππ«, π§πππ‘ ππ¨π’π³ ππ ππ¨βπ₯π’π ππ¨π«π²ππ©π¦π’π³? Yana shu AI / SI mavzusiga qaytdim, Chunki oxirgi paytlarda Middle va Senior iOS Developer pozitsiyalari uchun koβp texnik suhbatlarda qatnashyapman. Va suhbat jarayonida ba'zi javoblar beixtiyor kandidat haqida salbiy xulosaga borish extimolini oshirmoqda. Masalan, muhim eventlarni handle qilish bilan bogβliq savollarga shunday javob eshitdim: βMen bu protocol methodlarning nomini eslab qolishim shart emas. SI baribir yechim berganda qayerga yozishni aytadi.β Bir tarafdan qaraganda bu zamonaviy va qulay yondashuvdek koβrinadi. Lekin bu yerda hisobga olinishi kerak boβlgan muhim jihatlar bor. Masalan: β’ Koβpincha bir-biriga juda oβxshash protocol methodlar mavjud boβladi. Ammo ularning orasida ba'zan kichik, lekin yechim sifatini butunlay oβzgartirib yuboradigan farqlar boβladi. β’ Agar siz yechimni toβliq tushunmasangiz, keyinchalik oddiy oβzgartirish kiritish ham muammoga aylanishi mumkin va yana SI ga murojaat qilasiz. β’ SI dan toβgβri javob olish uchun kodni ulashasiz, kontekst berasiz va asta-sekin jarayon sizning boshqaruvingizdan chiqa boshlaydi. Oβz oβrnida konfidetsal ma'lumotlar tarqalish xavfi ham ortadi. β’ Yechim mavjud codebase va arxitekturaga qanchalik mos kelishi, yoki kelajakdagi oβzgarishlarga qanday ta'sir qilishi (Open/Closed Principle) ham muhim. Davomi... Siz ish jarayoningizda AI/SI dan qanday foydalanasiz? #ai#claude#gemini#chatgpt#deepseek#developer Mukhriddinbek Samidov πYouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium