TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Swift Academy avatar

TGINSIGHT CHAT

Swift Academy

@swift_academy

Istruzione

Swift Academy - IT o’quv markazi YouTube Channel : https://shorturl.at/UV4vp Read me: https://shorturl.at/ArSML Admin: @MulloyevAzamjon

Iscritti197Iscritti attuali
Post tracciati209Post indicizzati
Reach recente1,282Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Tag: #developer · 5 post

当前筛选 #developer清除筛选

Pubblicato 30 mar

'𝐒𝐨𝐝𝐝𝐚𝐥𝐢𝐤' 𝐪𝐢𝐥𝐝𝐢𝐤𝐝𝐚.... Bugun ijtimoiy tarmoqlar va YouTubega kirsak, hali kimdur Qurilish bo'yicha, yana kimi online shopping yana boshqalari piramida biznesdan aldanganini ko'ramiz. Va hammada bir xil yakuniy gap: Soddalik qildikda... Manba: Kun Uz @kunuzofficial : https://lnkd.in/dRcisHJj, https://lnkd.in/dhAfFT4t Bularni barchasini asosida 'soddalik' emas aslida nafsimizni eng qitiqlaydigan: TEZ, ARZON, BOSHLANG'ICH TO'LOVSIZ, ORTQICHA HUJJATLARSIZ, CHEGIRMA ... kabi so'zlar ishtirok etgan marketingga o'ylab o'tirmay uchish yotibdi. Bir o'ylab ko'rsak bugun Har qanday odamni e'tiborini tortadigan, nafsimizni maksimal uyg'otadigan narsalar: - Tez va koproq daromad; - Biror narsaga Oson va harajatlarsiz erishish; - Arzon yoki Chegirmali haridlar; - O'qish, kasb, mol-mulk nima bo'lsa ham TEZ erishish; Umuman olganda shu TEZ, OSON va HARAJATSIZ bo'lsa ... Eng yomon vaziyatlardan biri shuki sen o'zing bilib tushinib odamlarni qaytarishga urinib tursang qaysidur qarindoshing yoki tanishing allaqachon 'Soddalik' qilib qo'ygan bo'ladi. Yana qachongacha 'soddalik' qilamiz? Balki, kimlarnidur allaqchon bunday holatdan qutqarib bo'lmas, balki kimlargadur kech bo'lgandur, lekin hali yetishib kelayotgan yosh avlodlarimizga, ukalarimiz jiyanlarimizga, oddiy gap bilan bo'lsada biroz o'ylab qadam qo'yishiga sababchi bo'lish imkonimiz bor Ham iltimos ham taklif: Yaqinlarimiz, shogirdlar va jiyanlarimiz bilan muloqot qilaylik. Illoki shunday TEZ, OSON va HARAJATSIZ reklamalarga duch kelasiz, shunda biz bilan muhokama qiling, boshqalardan bo'lsa ham maslahat oling, so'rab surishtiring, vaziyatni bahurja o'rganib qaror qiling deb, ular bilan yaqinroq va iliqroq munosabat qursak ular ham muhokamalar uchun erkin bo'lishadi. Shu yergacha o'qigan bo'lsangiz shunchaki foydali bo'lishi uchun ulashib qo'ying, illoki menga obuna bo'lib, like bosishingiz shart emas, shunchaki yaqinlarimizga foydamiz tegishida hamjihat bo'laylik. #bugun#tashkent#uzbekistan#developer Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

179 views

Pubblicato 16 mar

𝐈𝐧𝐧𝐞𝐫 𝐩𝐞𝐚𝐜𝐞 — 𝐈𝐜𝐡𝐤𝐢 𝐱𝐨𝐭𝐢𝐫𝐣𝐚𝐦𝐥𝐢𝐤... Batafsil post 👆 #solid#mvvm#dry#kiss#developer#experience Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

307 views

Pubblicato 10 mar

𝐍𝐞𝐜𝐡 𝐟𝐨𝐢𝐳 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐨𝐩𝐞𝐫, 𝐧𝐞𝐜𝐡 𝐟𝐨𝐢𝐳 𝐒𝐈 𝐛𝐨‘𝐥𝐢𝐛 𝐛𝐨𝐫𝐲𝐚𝐩𝐦𝐢𝐳? Yana shu AI / SI mavzusiga qaytdim, Chunki oxirgi paytlarda Middle va Senior iOS Developer pozitsiyalari uchun ko‘p texnik suhbatlarda qatnashyapman. Va suhbat jarayonida ba'zi javoblar beixtiyor kandidat haqida salbiy xulosaga borish extimolini oshirmoqda. Masalan, muhim eventlarni handle qilish bilan bog‘liq savollarga shunday javob eshitdim: “Men bu protocol methodlarning nomini eslab qolishim shart emas. SI baribir yechim berganda qayerga yozishni aytadi.” Bir tarafdan qaraganda bu zamonaviy va qulay yondashuvdek ko‘rinadi. Lekin bu yerda hisobga olinishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar bor. Masalan: • Ko‘pincha bir-biriga juda o‘xshash protocol methodlar mavjud bo‘ladi. Ammo ularning orasida ba'zan kichik, lekin yechim sifatini butunlay o‘zgartirib yuboradigan farqlar bo‘ladi. • Agar siz yechimni to‘liq tushunmasangiz, keyinchalik oddiy o‘zgartirish kiritish ham muammoga aylanishi mumkin va yana SI ga murojaat qilasiz. • SI dan to‘g‘ri javob olish uchun kodni ulashasiz, kontekst berasiz va asta-sekin jarayon sizning boshqaruvingizdan chiqa boshlaydi. O‘z o‘rnida konfidetsal ma'lumotlar tarqalish xavfi ham ortadi. • Yechim mavjud codebase va arxitekturaga qanchalik mos kelishi, yoki kelajakdagi o‘zgarishlarga qanday ta'sir qilishi (Open/Closed Principle) ham muhim. Davomi... Siz ish jarayoningizda AI/SI dan qanday foydalanasiz? #ai#claude#gemini#chatgpt#deepseek#developer Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

386 views

Pubblicato 26 feb

Hozirda Junior/Middle uchun interviewlarda shu gaplardan kamida bittasini eshitasiz - bu ham kulgili ham achinarli... Men bir narsaga qaror qildim: ITga yangi kirganlar, Junior/Middle ish izlayotganlar va yoki level-up qilmoqchi bo'lganlarga o'z tajribamdan kelib chiqib maslahat va yo'l yo'riq berib boraman. - Hech qanday kurs emas! - Donate/To'lov yo'q! - Qaysidur kanal/guruhlarga a'zo bo'lish yoki Follow qilish shart emas! Shunchaki savolingiz bo'lsa yozing, imkon qadar javob beraman. Agar talab bo'lsa online/offline seminar ham tashkil qilish niyatidaman va albatta mutlaqo tekin. Shu yaxshi niyatimga sherik bo'lib, postni kerakli do'stlarga yuborib qo'ysangiz yoki tag qilib ketsangiz hursand bo'laman. #developer#junior#it#tashkent#uzbekistan Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

190 views

Pubblicato 6 gen

𝐍𝐞𝐠𝐚 𝐤𝐨'𝐩 𝐡𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚 𝐲𝐞𝐜𝐡𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐢𝐧𝐜𝐡𝐚𝐥𝐢𝐤 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐱𝐮𝐬𝐮𝐬𝐢𝐲 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐲𝐮𝐳𝐚𝐤𝐢 𝐛𝐨'𝐥𝐚𝐝𝐢? Chunki odatda muammo paydo bo‘lishi bilan darhol yechim izlashga kirishiladi. Natijada esa muammo to‘liq tushunilmasdan, vaqtinchalik yoki yuzaki qarorlar qabul qilinadi. Tajribali mutahasislar esa, eng avvalo muammoning asl mohiyatini tushunishga harakat qiladi. Muammo nimadan iborat, qayerda paydo bo‘lgan, nimasi aniq, nimasi noaniq — shu savollarga javob topmasdan keyingi bosqichga o‘tmaydi. Chunki aniq ifodalanmagan muammo hech qachon to‘g‘ri yechimga ega bo‘lmaydi. Batafsil o'rganilgandan keyin — mavjud tajribani o‘rganish. Oldin bu masalaga kimlar duch kelgan, qanday yondashuvlar bo‘lgan, qaysi usullar ishlagan yoki ishlamagan. Bu bosqich vaqtni tejaydi va takroriy xatolardan saqlaydi. Siz birinchi bo‘lib bu muammoga duch kelayotgan bo‘lishingiz kamdan-kam holat. Shundan keyingina haqiqiy tahlil boshlanadi. Mavjud yechimlar qayerda to‘xtab qolgan, qaysi joylar e’tibordan chetda qolgan, qaysi taxminlar tekshirilmagan — aynan shu bo‘shliqlarni topish eng muhim qadamdir. Yechim ko‘pincha hamma ko‘rgan joyda emas, aynan shu bo‘shliqlarda yashiringan bo‘ladi. Topilgan fikrlar keyin modelga aylantiriladi. Bu diagramma, jarayon xaritasi, arxitektura yoki oddiy mantiqiy ketma-ketlik bo‘lishi mumkin. Model fikrni tartibga soladi, noaniqliklarni ochib beradi va keyingi qarorlar uchun asos yaratadi. Model tayyor bo‘lgach, u real sharoitda sinovdan o‘tkaziladi. Bu bosqichda xatolar chiqadi, zaif joylar ko‘rinadi va aynan shu orqali yechim takomillashadi. Mukammal model degan narsa yo‘q, lekin ishlaydigan va o‘zini oqlagan model bo‘ladi. Faqat barcha shu bosqichlardan o‘tgandan keyingina yakuniy yechim paydo bo‘ladi. Bu shunchaki g‘oya emas, balki tekshirilgan, asoslangan va mas’uliyat bilan qabul qilingan qarordir. Agar bir muammo sizni qayta-qayta qiynayotgan bo‘lsa, ehtimol muammo masalaning murakkabligida emas, balki siz o‘tkazib yuborgan qaysidur bosqichda bo'lishi mumkin. Kuchli mutaxassislar shoshilmaydi. Siz muammoga yechim ishlab chiqishda qanday yondashuv qilasiz? #problem#problem_solving#skill#phd#ios#developer Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium

220 views