TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Swift Academy
Swift Academy avatar

TGINSIGHT POST

Post #287

@swift_academy

Swift Academy

Visualizzazioni179Numero di visualizzazioni
Pubblicato30 mar30/03/2026, 09:19
Contenuto del post

Contenuto

'π’π¨πππšπ₯𝐒𝐀' πͺ𝐒π₯𝐝𝐒𝐀𝐝𝐚.... Bugun ijtimoiy tarmoqlar va YouTubega kirsak, hali kimdur Qurilish bo'yicha, yana kimi online shopping yana boshqalari piramida biznesdan aldanganini ko'ramiz. Va hammada bir xil yakuniy gap: Soddalik qildikda... Manba: Kun Uz @kunuzofficial : https://lnkd.in/dRcisHJj, https://lnkd.in/dhAfFT4t Bularni barchasini asosida 'soddalik' emas aslida nafsimizni eng qitiqlaydigan: TEZ, ARZON, BOSHLANG'ICH TO'LOVSIZ, ORTQICHA HUJJATLARSIZ, CHEGIRMA ... kabi so'zlar ishtirok etgan marketingga o'ylab o'tirmay uchish yotibdi. Bir o'ylab ko'rsak bugun Har qanday odamni e'tiborini tortadigan, nafsimizni maksimal uyg'otadigan narsalar: - Tez va koproq daromad; - Biror narsaga Oson va harajatlarsiz erishish; - Arzon yoki Chegirmali haridlar; - O'qish, kasb, mol-mulk nima bo'lsa ham TEZ erishish; Umuman olganda shu TEZ, OSON va HARAJATSIZ bo'lsa ... Eng yomon vaziyatlardan biri shuki sen o'zing bilib tushinib odamlarni qaytarishga urinib tursang qaysidur qarindoshing yoki tanishing allaqachon 'Soddalik' qilib qo'ygan bo'ladi. Yana qachongacha 'soddalik' qilamiz? Balki, kimlarnidur allaqchon bunday holatdan qutqarib bo'lmas, balki kimlargadur kech bo'lgandur, lekin hali yetishib kelayotgan yosh avlodlarimizga, ukalarimiz jiyanlarimizga, oddiy gap bilan bo'lsada biroz o'ylab qadam qo'yishiga sababchi bo'lish imkonimiz bor Ham iltimos ham taklif: Yaqinlarimiz, shogirdlar va jiyanlarimiz bilan muloqot qilaylik. Illoki shunday TEZ, OSON va HARAJATSIZ reklamalarga duch kelasiz, shunda biz bilan muhokama qiling, boshqalardan bo'lsa ham maslahat oling, so'rab surishtiring, vaziyatni bahurja o'rganib qaror qiling deb, ular bilan yaqinroq va iliqroq munosabat qursak ular ham muhokamalar uchun erkin bo'lishadi. Shu yergacha o'qigan bo'lsangiz shunchaki foydali bo'lishi uchun ulashib qo'ying, illoki menga obuna bo'lib, like bosishingiz shart emas, shunchaki yaqinlarimizga foydamiz tegishida hamjihat bo'laylik. #bugun#tashkent#uzbekistan#developer Mukhriddinbek Samidov πŸ”—YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium