TGINSIGHT CHAT
BaholashUz
@Baholash
Education🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari 🌐 Manba: www.uzbmb.uz | @BahoIashUz
Kiriman terkini
Kaca 2 saka 40 · 474 kiriman
Diterbitake 30 Jan
❗️2026-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL)nisaqlab qo'ying! 🖨Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang! ❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang; ❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato; ❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas; ❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi; ❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi. ❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi! 👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish. Boshqalarga ham tarqating!↗️ @Baholash✅️- Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 29 Jan
⚡️Rasman: "Talabalar yotoqxonasi" endilikda ayrim talabalar uchun bepul boʻladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. ✅Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi? — Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar — “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 29 Jan
#Foydali Saqlab qoʻying! Avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi? 1. PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari 2. PSS — Oʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati 3. PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari 4. UZB — davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari 5. APC — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari) 6. VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV — ichki ishlar idoralari davlat raqami 7. TSS, TST — davlat xavfsizlik idoralari davlat raqami 8. ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari 9. DXA — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari 10. FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 11. TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar🚕 12. D — diplomatlar (yashil rangli) 13. CMD — elchilar, vakillar (yashil rangli) 14. T — texnik personal (yashil rangli) 15. M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli) 16. X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli) 17. UN — BMTva tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi raqami (koʻk rangli) 18. H - Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli) 19. PSF, PSP, PSV - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diterbitake 24 Sep
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMlariga 500 ta maqsadli kvota O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi. 🔹 Ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin. 📅 Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025-yil 24–30-sentabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadilar. 📚Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 23 Sep
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi! 🎓2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar hambazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📌 Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan 5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin. 📊 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi. 📆Ro‘yxatdan o‘tish muddati:2025-yil 25-sentabr – 3-oktabr 📆 Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktabrga qadar ℹ️Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 22 Sep
Kontrakt narxlari - 2025 🎓Gumanitar soha Pedagogika, kasbiy ta’lim – 7 400 000 so‘m San’at – 8 950 000 so‘m Sharq va chet tillar filologiyasi, tarjima – 8 150 000 so‘m Jahon siyosati – 11 250 000 so‘m Matematika, informatika, tabiiy fanlar – 7 400 000 so‘m ⚖️Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Sotsiologiya, psixologiya – 7 400 000 so‘m Jurnalistika, axborot – 7 400 000 so‘m Iqtisod – 10 500 000 so‘m Huquq – 11 250 000 so‘m ⚙️Ishlab chiqarish va texnik soha Muhandislik – 7 400 000 so‘m Kompyuter texnologiyalari va informatika – 8 150 000 so‘m Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) iqtisodiyoti va menejmenti – 10 500 000 so‘m Arxitektura va qurilish – 8 150 000 so‘m 🌾Qishloq va suv xo‘jaligi Qishloq xo‘jaligi, veterinariya, irrigatsiya – 7 400 000 so‘m 🏥Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot Tibbiyot – 10 500 000 so‘m Ijtimoiy ta’minot – 7 400 000 so‘m 🚍Xizmatlar sohasi Xizmat ko‘rsatish – 8 150 000 so‘m Sport faoliyati – 7 400 000 so‘m Transport – 7 400 000 so‘m Atrof-muhit muhofazasi, hayotiy xavfsizlik – 7 400 000 so‘m 📌Eslatma: Narxlar kunduzgi, stipendiyasiz bazaviy kontrakt miqdorlari hisoblanadi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 22 Sep
❗️6-yo’nalish uchun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha qabul qilinadi ‼️O’tgan safar yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar uchun ham imkoniyat berilmoqda Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi. Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uchun beriladi: 1️⃣ 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, ya’ni o’qishdan yiqilganlar; 2️⃣ roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar, ya’ni o’tgan safar turli sabablarga ko’ra yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar. Ushbu 2 ta toifa uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi: ➖davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; ➖ roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiyrioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi; ➖ ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi; ➖ tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi. ❓Qaysi yo’nalishda vakant joy borligini qayerdan bilsa bo’ladi? Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Boshqacha aytganda, abituriyent 6-yo’nalishni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bo’lgan hamda vakant joyi mavjud bo’lgan yo’nalishlar ro’yxati avtomatik chiqadi. Qayerdandir tekshirib yurish shartmas.Agar tanlash uchun bironta yo’nalish chiqmasa, demak, o’sha fanlar majmuasiga mos keluvchi bironta vakant joy yo’q bo’ladi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 13 Sep
Ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar bo‘ladi! Prezident yig‘ilishidan so‘ng ta’lim sohasida yangi chora-tadbirlarbelgilandi. Maktabgacha taʼlim yo‘nalishida: ➖118 ta bog‘cha xonasi ta’mirlanadi va jihozlanadi. ➖ 8 ta yangi bog‘cha 1-noyabrgacha ishga tushiriladi. ➖ Bo‘sh yerlarda xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil etish bo‘yicha 3 yillik dastur boshlanadi. ➖ Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha ochish tartibi ishlab chiqiladi. ➖“1+5” ta’lim shakli orqali har yili 10 ming oliy ma’lumotli tarbiyachi tayyorlanadi. ➖ Har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinib, metodik yordam ko‘rsatadi. ➖12 ta ixtisoslashgan maktab ta’mirlanadi. ➖ Yuqori sinflarda sun’iy intellekt fanidan darslar o‘qitiladi. ➖Har bir viloyatda Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Ibn Sino maktablari filiallari ochiladi. ➖ Ularning bitiruvchilari texnika oliygohlariga imtihonsiz 2-kursdan qabul qilinadi. ➖2026-yilda xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari O‘zbekistonda o‘tkaziladi. ➖ Yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktab hududlari aniq belgilanadi. ➖ Maktab va bog‘chalarda xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi. ➖ O‘quvchilarning qiziqishi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi, “raqamli portfolio” yuritiladi. ➖ Har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy etiladi. ➖ Direktor o‘rinbosari, psixolog va sinf rahbari muammoli o‘quvchilar bilan ishlaydi. ➖ Mahalla yoshlar yetakchilari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi. ➖ Har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etiladi. ➖100 dan ortiq xitoylik mutaxassis va volontyorlar ta’lim muassasalarida dars beradi. Kasbiy va oliy taʼlim yo‘nalishida: ➖ Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi. ➖ 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizi texnikumlarga qamrab olinadi. ➖ Oliy ta’lim kvotalari investitsiya loyihalaridagi kadrlar ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. ➖ Texnikumlarda investor buyurtmasiga binoan ta’lim dasturlarining 30 foizi o‘zgartirilishi mumkin. ➖ Dual ta’lim joriy etgan korxonalarga imtiyozli kredit beriladi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 13 Sep
ZARMED Universitetida yangi o‘quv yiliga qadam qo‘yildi 🎓 ZARMED Universiteti Samarqand kampusida 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Minglab yoshlar hayotlarining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yib, bilim va izlanishlarga to‘la talabalik safarini boshladilar. 📸 Fotosuratlar orqali ushbu unutilmas kunning ilk taassurotlarini tomosha qilishingiz mumkin. 🔥 Universitetimiz jamoasi har bir talabamizga ulkan zafarlar tilaydi. Ularning ota-onalari va ustozlari ishonchini oqlab, yurtimizga munosib kadrlar bo‘lib voyaga yetishlariga ishonch bildiriladi. 📞 55-704-70-70 | @zarmedqabulbot
Diterbitake 11 Sep
⚡️Rasman: Stipendiyalar soni 13 ta bo‘ldi 📋Ularningyo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati: ➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy; ➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur; ➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy; ➖tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino; ➖gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy; ➖tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod; ➖tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek; ➖kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov; ➖jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud; ➖O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy; ➖Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov; ➖barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari. ✔️Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor. 📌 Keyingi postlarimizda ular haqida alohida batafsil maʼlumotberamiz. Ushbu xabarni iqtidorli talabalarga tezda yuboring! @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 11 Sep
DAVLAT universitetida 50% grant! 🇺🇿 Davlat oliygohida sifatli ta'lim; 🇬🇧 Xalqaro tan olingan Buyuk Britaniya dasturlari va diplomi; 🧬 Dunyo bo'ylab eng dolzarb bo'lgan kasblar Yo'nalishlar: -Farmatsiya; -Biotibbiyot; -Biznes menejment; -Data analitika Talablar: 🔬Tabiiy fanlar - IELTS 5.5 yoki CEFR 55; 🏦Biznes va data analitika - IELTS 5.0 yoki CEFR 48 Hujjat topshirish ALOQA UCHUN: +9989 55-900-05-00 @ptuuz @ptuuz_bot
Diterbitake 11 Sep
DTM testlar bekor bo’ladi? Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? ✅ Yagona davlat imtihoni g‘oyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. ❗️Mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilishi rejalashtirilgan (agar ulgurishsa). Ya’ni kelasi yildan bo’lar ekan, deb vahima qilish shartmas. 📝Yagona davlat imtihoni (YDI) nima? • 11-sinf yakunida topshiriladigan davlat attestatsiyasi boshqa tizimlar bilan birlashtiriladi; • O’quvchilar maktabni bitirayotganda topshirgan imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • YDI o’z navbatida Milliy sertifikat o‘rnini ham bosadi. 🔹Bundan nima maqsad ko’zlangan? • Abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchilikdan qutqarish (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kirish testlari o‘rniga bitta imtihon); • Faqat yodlashga emas, balki fikrlash, esse (insho) yozish, matnni tushunish, mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratish. Chunki hozir kirish imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yo’naltirilgan xolos, fikrlashga emas. 🔸Tartibi qanday bo‘ladi? • Imtihonlar Bilimlarni baholash agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topshiriladi; • Har bir maktab bitiruvchilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topshirib chiqadi. Shu bitta imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • Bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yo’q. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytish mumkin. ❗️Xulosa: bu o‘zgarishlar yaqin yillarda bo’ladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarchilikka barham berib, yoshlarni shablondan chiqarib, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube